5.4.Daryolarning geologik faoliyati. Daryo erroziyasi. Daryo
suvi o’zanini va qirg’oqlarini yuvadi, chuqurlashtiradi va kengaytirib
beradi. Agar daryo suvining tezligi
katta bo’lsa, u o’z tagini jadallik
bilan yuvadi va tagi bo’ylab katta jins bo’laklarini yumalatadi, mayda
bo’laklarni esa oqizadi. Mana shu jins bo’laklari esa tog’ jinslarini
arralashga, chuqurlatib qirqishiga asosiy sabab bo’ladi.
Daryo suvlarining o’z tagini va qirg’oqlarini yuvish jadalligigi va
miqdori vodiyda tarqalgan tog’ jinslarining tarkibiga va
mustahkamligiga bog’liq. Suvlar tog’ jinslarini yuvib, qiyalik asoslarini
o’yadi, chuqurchalar hosil qiladi va qiyalik mustahkamligini
kamaytiradi, so’ngra tog’ jinslari suvga ag’dariladi. Bu tog’ jinslari
ASOSIY TAYANCH IBORALAR VA ULARNING MAZMUNI
Atmosfera
– er sharini o’rab turgan havo qobig’i.
Anizotrop jinslar
– suv o’tkazuvchanligi, g’ovakligi, siljishiga va
qisilishiga qarshiligi, optik va boshqa xossalari har xil
yo’nalishlarda
turlicha
bo’lgan jins.
Arid iqlim
– yog’ingarchilik miqdori o’simliklar vegetatsiyasi
uchun yetarli
bo’lmagan quruq, issiq kontinental iqlim.
Alevrit
– 0,01- 0,1 mm kattalikdagi mineral zarrachalaridan
(kvarts, dala shpati, slyuda, biotit, muskovit va b.q.) tashkil topgan
bo’shaq cho’kindi jins (Zavaritskiy, 1932y.).
Antiklinal
– qatlamlangan cho’kindi, effuziv va o’zgargan
jinslarning yotish
shakli bo’lib, yoyi yuqoriga qaragan bukilmadir.
Allyuviy
– daryo soyliklarida doimiy oqar suvlar hosil qilgan
yotqiziqlar.
Akkumulyativ terrasa
– akkumulyatsiyaning chuqurlikka
nisbatan bitta tsiklidan iborat yotqiziqlaridan tarkib topgan terrasa.
Dostları ilə paylaş: |