boshlaydi.
3.Vodiyning allyuvial yotqiziqlar bilan to’ldirilishi ikkinchi
bosqich bilan bir vaqtda boshlanadi. Bu bosqichda oqar suvning errozion
faoliyati, qiyalik jud
a kichik bo’lganligi va hamda tarkibida ko’p
miqdorda loyqa bo’lganligi sababli to’xtaydi va vodiy allyuvial
yotqiziqlar bilan to’ldiriladi. Atrof yuzalar esa tekislik shaklini oladi.
Vodiy rivojlanishining bu bosqichida cho’kindi yotqizish
jarayoni tashish jarayoni bilan almashinadi.
Agar daryoning erroziya bazisi pasaysa uning ko’ndalang kesimi
tiklanadi, daryo o’z o’zanini qaytadan jadal yuva boshlaydi va o’z
yotqiziqlari joylashgan tekis yuzalarda
yangi vodiyni hosil qilish
boshlanadi (yangi erozion bosqich boshlanadi). Tektonik harakatning
susayishi bilan daryoning ko’ndalang kesimi tekislanib boradi yonlama
erroziya kuchayib vodiyni kengaytiradi va shu bilan bir vaqtda yangi
allyuviy bilan to’ldiriladi. Ilgari hosil bo’lgan qayir yangisiga nisbatan
yu
qori balandliklarda joylashadi va uning qoldiqlari yangi qayir bo’ylab
cho’ziladi. Daryoda suv ko’tarilishi davrida vodiyning suv bosmaydigan
eski qayiri, qayir usti terrasasi deyiladi. Daryo quyilish joyining bir
necha marta pasayishi natijasida qayir usti terrasalari tizimlari hosil
bo’ladi.
Eng yuqorida joylashgan qayir usti terrasasi yoshi katta, qayir esa
eng kichik yoshdagi terrasa hisoblanadi. Terrasalarga
pastdan yuqoriga
qarab tartib soni beriladi. Bir xil balandlikda joylashgan terrasalar teng
yoshli hisoblanadi. Har bir terrasaning balandligi kengligi, zinasi va
boshqa elementlari bo’ladi.
Hosil bo’lishiga ko’ra terrasalar akkumulyativ, erozion va tsokol
turlariga bo’linadi.
Akkumulyativ terrasalar allyuviy yotqiziqlaridan,
erozion
terrasalar tub jinslardan, tsokol terrasalari esa asosan tub jinslardan,
qisman esa allyuviy yotqiziqlaridan tashkil topadi. Akkumulyativ
terrasalar ikki xil geomorfologik turlarga ya‘ni ustiga qo’yilgan, ichiga
qo’yilgan terrasalarga bo’linadi.
Allyuvial yotqiziqlarning qalinligi odatda bir necha metrdan 80-
100 metrlargacha o’zgarib turadi. Ammo ayrim Yer maydonining uzoq
muddat bukilgan (botiq) yerlarida 400-500 metrlarga yetishi mumkin
(Amudaryo, Turkmaniston hududida).
Dostları ilə paylaş: