5.5. Muzliklar va ularning geologik ishi.Tabiatda past
haroratning mavjudligi suvning qor va muz holida uchrashiga sabab
bo’ladi. Odatda qor va muzlar qor chizig’idan yuqorida baland tog’
o’lkalarida uchraydi. Qor chizig’ining balandligi ekvatordan qutblar
tomon pasayib boradi va janubiy yarim sharda Antarktida va shimoliy
FANGA HISSA QO’SHGAN ATOQLI OLIMLAR VA ULARNING KASHFIYOTLARI 1.Abu Rayhon Beruniy (973-
1048 yillarda yashab o’tgan o’zbek
entsiklopedist olimi) -
shag’al va qum qatlamlarining hosil bo’lishida
suv hamda shamolning muhim ahamiyatga ega ekanligini isbotlagan.
Beruniy quruqlik o’rnini vaqt o’tishi bilan suv, suv o’rnini esa quruqlik
egallashi haqida ham dastlabki nazariyalarini aytib o’tgan.
2.Abu Ali Ibn Sino (980-1037 yillar
da yashab o’tgan o’zbek
tabiatshunos olimi va faylasufi) - geologik dunyoqarashlari uning ilmiy
qomusi - «Ashshifo» («Qalbni davolash»)
3.A.D.Arxangelskiy – geosinklinal viloyatga, dengiz Bilan
qoplangan, kuchli va turli yo’nalishda harakatlanadigan, uzoq muddat
bukilib katta qalinlikda cho’kindi hosil qilinishi mumkin bo’lgan yer
maydonlaridir deb ta‘rif bergan.
4.Anaksimandr (er.av. 611-547 y.y.) -
birinchi bo’lib Yerning
rivojlanishi tarixida hamma organizmlar suvda paydo bo’lganligi va
dunyoning ab
adiy ekanligi haqida o’z fikrlarini bayon etgan.
5.Aristotel (eramizgacha IV-asrda
yashab o’tgan yunon olimi) –
Yer shar shakliga ega degan xulosani eramizdan oldingi IV- asrda ilmiy
asosda isbot qilib bergan.
6.J.Byuffon (1707-
1788 yillarda yashab o’tgan frantsuz olimi)-
Ye r va Quyosh
tizimining boshqa planetalari bir necha o’n ming yil
avval, Quyoshning planeta bilan falokatli to’qnashuvidan ajralib chiqqan
Quyosh jismlaridan hosil
bo’lgan deb isbotlashga harakat qildi.