harorat, bosim yoki boshqalar bo’lishiga qarab, metamorfizmning bir
necha turlari ajratiladi:
1.Kontakt metamorfizm magmaning tog’ jinslari bilan
chegarasida mineralizatorlarning ishtirokisiz sodir bo’ladi. Agar tog’
jinsining qayta hosil
bo’lishi, chegaralarda, faqat yuqori harorat ta‘sirida
sodir bo’lmay, suvda erigan va uchuvchan mineralizatorlar ham ishtirok
etsa, bu metamorfizmni kontakt metamorfizmi deyiladi. Masalan:
rogovik va skarnlar shu yo’l bilan hosil bo’ladi.
2.Gidrotermal metamorfizm jarayonida tog’ jinslarining kimyoviy
tarkibi va fizik xossalarining o’zgarishi, ularga qaynoq eritmalarning
ta‘siri bilan bog’liq.
3.Regional metamorfizm
– katta maydonda yer po’stining
burmalangan qismlarida yuqori bosim, katta harorat, qaynoq eritmalar
va gaz birikmalarining ta‘siri natijasida sodir bo’ladi. Natijada
metamorfik jinslarning ko’pgina turlari (fillit, kristallik, slyudali, talkli
slanetslar, gneyslar, kvartsitlar, marmarlar) hosil
bo’ladi.
4.Dinamometamorfizm
tektonik
jarayonlar
mobaynida,
magmaning ishtirokisiz, yuqori bosim ta‘siri ostida vujudga keladi.
Metamorfizm natijasida tog’ jinslari parchalanadi va mineral zarralari
tarkibi o’zgarmasdan o’z o’rnini o’zgartiradi. Dinamometamorfizm
jarayoni uchun kataklazit, milonit minerallari xarakterlidir.
CHo’kinditog’ jinslarining strukturasi va tekstura belgilarining
o’zgarishini ayniqsa gillarning metamorfizatsiyasi misolida yaqqol
ko’rish mumkin.
Metamorfizmning dastlabki bosqichlarida gillar tarkibidagi suvini
yo’qotadi, zichlanadi va argillitga aylanadi. Argillitning gildan asosiy
farqi ular suvda ivimaydi
Argillitdan nurash natijasida o’tkir qirrali toshlar hosil bo’ladi.
Gilli slanetslar, gillar metamorfizatsiyasining keyingi bosqichini aks
ettiradi, tog’ jinsining birlamchi mineral tarkibi o’zgarmaydi, lekin
teksturasi o’zgarib slanetssimon teksturaga aylanadi. Metamorfizatsiya
yanada kuchliroq namoyon bo’lsa, gilli slanetslar fillitga aylanadi.
Fillitlar yupka qatlamliligi va shoyiga uxshab tovlanishi bilan boshqa
jinslardan farq qiladi. Fillitlarning yaltirashi slanetslangan yuzaning
seritsit (slyudalar) minerali plastinkalari bilan qoplanganligi bilan
bog’liq.
Gilli minerallarning fi
llitlar tarkibida bo’lmasligi ularning
xarakterli belgilaridan biridir. Metamorfizm darajasi yanada yuqori
bo’lsa slyudali slanetslar hosil bo’ladi.
Slyudali slanetslar metamorfik tog’ jinslarining xilma-xil mineral
tarkibli katta guruhini tashkil qiladi, chunki ular faqat gillardangina hosil
Dostları ilə paylaş: