O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti


O`qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etish



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/98
tarix24.11.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#133661
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   98
Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti

O`qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etish 
 
Respublikamiz hukumati xalq ta'limi sohasida o’rtaga qo’yayotgan vazifalarni bajarish 
ko’p jihatdan o’qituvchiga bog’liq. Hozirgi sharoitda ta'lim tarbiyadan ko’zda tutilayotgan 
maqsadlarga yetishish, o’kuvchilarning xilma - xil faoliyatlarini uyushtirish, ularni bilimli, 
e'tiqodli, 
mehnatsevar, 
barkamol 
inson 
qilib 
o’stirish 
o’quvchi 
zimmasiga 
yuklatilgan 
xalqimizning kelajagi
, mustaqil O’zbekistonning istiqloli ko’p jihatdan o’qituvchiga, 
uning saviyasiga, tayyorgarligi, fidoyiligiga, yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash ishiga bo’lgan 
munosabatiga bog’liq. Uzluksiz pedagogik ta'lim g’oyasi amalga oshirilmoqda. Shu munosabat 
bilan o’qituvchilar malakasini ishirish va ularni qayta tayyorlash ishi davlat va jamoatchilik 
diqqat markaziga qo’yildi. 
O’qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasbdir. Yaxshi o’qituvchi bo’lishi uchun 
pedagogik nazariyani egallashning o’zigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni 
o’qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun qoidalar umumlashtirilgan, usuliy g’oyalar bayon 
etiladi. O’qituvchilarning yosh individula xususiyatlarini e'tiborga olish ta'kidlanadi. 
Maktab hayoti amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma xildir. Pedagogik nazariyaga mos 
kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa o’qituvchidan 
keng bilimdonlikni
, puxta amaliy 
tayyorgarlik, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi.
Shuning uchun ham mustaqil O’zbekiston davlatining umumiy ta'lim maktabida ishlaydigan 
o’qituvchi
•pedagogik faoliyatga qobiliyatli ijodkor, ishbilarmon; 
•milliy madaniyat va umuminsoniy, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan diniy ilmlardan 
ham xabardor, ma'naviy 
barkamol

•O’zbekistonning mustaqil davlat sifatida taraqqiy etishiga ishonadigan vatanparvarlik burchini 
to’g’ri anglagan e'tiqodli fuqaro; 
•ixtisosga doir bilimlarni, psixologik pedagogik bilim va mahoratli shuningdek, nazariy ishlarni 
mukammal egallagan bo’lishi kerak. 
Biror kasbning haqiqiy ustasi bo’lish uchun kishida tabiiy qobiliyat, ma'lum jismoniy va 
ruhiy xislatlar jo bo’lishi kerak. Pedagogik o’qituvchilik faoliyatini yoshlarni o’qitish va 
tarbiyalash ishini samarali bajarish, ota - onalar va bolalarni izzat - hurmatiga sazovor bo’lishi 
uchun ham kishida qobiliyat, mahorat, qiziqish bo’lmog’i lozim.

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin