Ishni rejalashtirmasdan turib shaxsni va jamoani ijtimoiy jihatdan
samarali rivojlantirib
bo'lmaydi, bu esa jamiyatga ham ijtimoiy, ham iqtasodiy zarar ksltiradi.
Pedagogik mehnatni
nazorat qilish va hisobga olish prinsipi o'qituvchi ishini muntazam va rejali kuzatib borish, yutuq
va kamchiliklarni aniqlash, muhimlarini ajratib olish ko'zda tutiladi.
Hisobga olishning eng
maqbul yo'li statistik hisobga olishdir. Pedagogik nazorat esa ob'ektivlilik, omilkorlik,
samaradorlik, muntazamlilik va oshkoralikni talab qiladi.
O'qituvchi mehnatini nazorat qilish va xisobga
olishning muntazamliligi, izchilligi
quyidagilardan tashkil topadi:
•
o'quv materiallari va tarbiyaviy tadbirlarga tayyorarlikda o'z-o'zini nazorat qilish;
•
darsdan tashqari vaqtlarda ta'lim-tarbiyani nazorat qilish va o'z-o'zini kuzatish;
•
o'qituvchining darsdan
tashqari vaqtda nazorat qilish;
•
ota-onalar va jamoatchilik bilan bajariladigan ishlarni nazorat qilish;
•
o'z ustida ishlashni nazorat qilish.
Tekshirish va o'z o'zini nazorat qilish uchun savollar
1. O'qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish nima?
2. O'qituvchining kun tartibini ochib bering.
3. Mehnatni ilmiy tashkil etish tamoyillarini sanab o'ting.
Adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasi «Tatlim to'g’risida»gi Qonun. Barkamol avlod-
O'zbekiston taraqqiyotiniig poydevori. -T. 1997.
2. Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotiniig poydevori.-T. 1997.
3. I. A. Karimov. O'zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. -T, O’zbekiston,
1993.
4. Sayidahmedov H. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar. T. 2003.
5.Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnologoya va pedagogik mahorat. T. 2003.
6. Musurmonova O. Ma’naviy qadriuatlar va yoshlar tarbiyasi. T. 1996
Dostları ilə paylaş: