24
XX asr oxiriga kelib,
tunnel mikroskopi
kashf etildi, moddani juda kichik
zarrachalar, hattoki molekulalar darajasida oʻrganish imkoni tugʻildi. Yuqorida
aytganimizdek, kattaligi nanometrlar bilan oʻlchanganda, moddaning xususiyati
uning ichidagi atomlar soniga bogʻliq ekanligi aniqlandi.
Ana shu holatga XIX asrda birinchi boʻlib ingliz olimi Maykl Faradey oʻz
diqqatini qaratdi. U juda kichik tilla zarrachalaridan tashkil topgan kolloid
suspenziyasini oldi. Lekin, oddiy tilla sariq koʻrinsa ham, suspenziya binafsha
rangda edi. Demak, tillaning qaytarish xossalari uning kattaligi kamayganda
oʻzgarar ekan.
Nanozarrachalarni sintez qilish boʻyicha bajarilgan tajribalar nanokimyoga
boʻlgan qiziqishni yanada kuchaytirib yubordi. Bunday nanozarrachalarning yangi
xossalari ochildi, ya‘ni ularda kimyoviy faollik kuchaygan boʻlib, buning
natijasida
ular
bilan
yuz
beradigan
reaksiyalar
faollashar
ekan.
Nanozarrachalarning bunday xossasi yangi effektiv katalizatorlarni yaratishga olib
keldi.
Oʻlchamlari 10 nm dan katta boʻlmagan metall zarrachalarning (odatda,
bunday zarrachalarni
klasterlar
deb atalar edi) kimyoviy faolligi (aktivligi) katta
boʻladi va ular boshqa jismlar bilan deyarli hech qanday energiya sarflamasdan
reaksiyaga kirisha oladi. Kerakli ortiqcha energiyani zarrachaga uning yuzasi
beradi. Ma‘lumki, klasterlarda tashqi yuzadagi atomlar soni, birinchidan,
hajmdagiga qaraganda katta boʻladi, ikkinchidan bu atomlarning kimyoviy
bogʻlarining bir qismi kompensatsiya qilinmagan boʻladi (7-rasm).
Dostları ilə paylaş: