Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova



Yüklə 5,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/187
tarix15.12.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#140892
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   187
O zbekistоn respublikasi оliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi r

Tayanch tushuncha va iboralar 

pоlimеrlаr
yoki
yuqоri mоlеkulyar birikmаlаr, оligоmеrlаr, tаbiiy pоlimеrlаr, sun‘iy 
pоlimеrlаr
,
 
sintеtik 
pоlimеrlаr, mаkrоmоlеkulа, оddiy boʻgʻinlаr, mоnоmеrlаr, 
pоlimеrlаnish dаrаjаsi, gоmоpоlimеr, sоpоlimеrlаr, statik sopolimer, blok sopolimerlar, 
payvand sopolimerlar, organik polimerlar, anorganik polimerlar, elementorganik 
polimerlar, gomozanjirli va geterozanjirli polimerlar, karbozanjirli polimerlar, boʻkish, 
kоntraksiya, chekli
va
cheksiz boʻkish, maksimal yoki muvozanatli boʻkish darajasi.
 
 


225 
22-§.
 
YUQОRI MОLЕKULYAR BIRIKMАLАRNING ERITMALARI. 
22.1-§.
 
Pоlimer eritmalarining umumiy xarakteristikasi.
 
Polimerlarning erish qobiliyati. 
Yuqori molekulyar birikmalar yoki 
polimerlar eritmalari
, deb shunday eritmalarga aytiladiki ular makroskopik 
jihatdan bir, ikki va koʻp komponentli termodinamik muvozanatdagi sistema 
boʻlib, tarkibida bir va undan ortiq yuqori molekulyar birikma va past molekulali 
erituvchi yoki erituvchilar aralashmasidan tashkil topgan boʻladi. Hozirgi zamon 
texnologik jarayonlari polimerlar eritmalarini olish va ulardan foydalanishga 
asoslangan. 
Yuqori molekulyar birikmalar eritmasining hozirgi zamon nazariyasida amorf 
polimerlarning erish jarayonini 
(quyi) molekulyar
suyuqliklarning oʻzaro 
aralashish jarayoni
kabi deb qaraladi. Quyi molekulyar ikki suyuqlikning 
aralashish jarayoni va polimerning erishi orasidagi oʻxshashlik bir-biriga yaqin, 
lekin chiziqsimon polimer quyi molekulyar moddalarning erishiga nisbatan, 
erishdan avval boʻkadi. 
Demak, yuqori molekulyar birikmalarning quyi molekulyar suyuqliklarni 
oʻziga yutish (yoki singdirish) jarayoni natijasida polimerlarning hajmiy oʻzgarish 
hodisasiga 
boʻkish
deyiladi. Yuqori molekulyar birikmalar sirtidagi gʻovak 
boʻshliqlar va naychalarning suyuqlik bilan toʻlishi va makromolekulaning 
harakatchan qismlarining suyuqlik molekulalari bilan oʻzaro ta‘siri natijasida ham 
sirtqi molekulyar va ichki molekulyar qismlarida boʻkish kuzatiladi. Chunki, 
yuqori molekulyar birikmalar quyi molekulyar suyuqliklar bilan toʻqnashganda 
suyuqlik (erituvchi) molekulalari polimer makromolekulasiga nisbatan koʻproq 
harakatchan boʻlganligidan ularning makromolekulalari orasiga diffuziyalanish 
roʻy berib, polimer boʻkadi. Erituvchining diffuziyalanayotgan molekulalari bilan 
polimer makromolekulasining oʻzaro (kimyoviy) ta‘siri 
solvatlanish
deyiladi. Eri-
tuvchi molekulalarining diffuziyalanishi polimerning tuzilishiga bogʻliq: agar 
polimer amorf boʻlsa, egiluvchan-qayishqoq makromolekula qismlarining issiqlik 
harakati natijasida ularning tuzilishida boʻshliq paydo boʻladi, natijada 
suyuqlikning yutilishi ortadi. Bunda erituvchi molekulalari boʻshliqlarni toʻldirib, 
polimer molekulasining boʻgʻinlarini bir-biridan ajrata boshlaydi. Bu hol 


226 
makromolekulalarning bir-biridan uzoqlashishiga, yangi-yangi boʻshliqlar hosil 
boʻlishiga olib keladi (118-rasm). 
Hosil boʻlgan boʻshliqlarni yana erituvchi molekulalari toʻldiradi. Natijada 
polimerning hajmi kattalashadi. Bu jarayon polimer molekulalari bir-biridan 
ajralguncha, ya‘ni eritmaga toʻliq oʻtguncha asta-sekinlik bilan rivojlanib boradi. 
Shunday qilib polimerning cheksiz ravishda boʻkishi uning erituvchida erishini 
ifodalaydi. Boʻkishning oʻzi esa erishdan oldin sodir boʻladigan jarayon boʻlib, 
erishning kinetik samarasidir. 

Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin