23
nanometrgacha boʻlgan ob‘ektlar tushuniladi (
). Albatta, nanoob‘ektlarga xos xususiyatlar oʻlchamlarning 0,1 nm dan
bir necha oʻn nanometrgacha boʻlgan sohasida ayniqsa yorqin namoyon boʻladi.
Bu sohada nanoob‘ektlarning hamma xossalari (fizik-mexanik, termo-, elektr-,
magnit-, optik-, kimyoviy, katalitik va boshqa xossalar) makroob‘ektlarnikidan
keskin farq qilishi mumkin.
Moddalarning fizik va kimyoviy xususiyatlari ham atomlarning turiga,
tuzilishiga va oʻzaro munosabatlariga bogʻliq. Hozirgi vaqtdagi ilmiy-tadqiqotlar
atom oʻlchamidagi nanotuzilmalar hajmiy modda xususiyatlaridan anchagina
farqlanishini koʻrsatmoqda. Nanotuzilmalardagi fizik va kimyoviy jarayonlarni
izohlash esa yangi qonuniyatlarni keltirib chiqarilishiga sabab boʻlmoqda. Sodda
qilib aytganda, bir necha atom oʻlchamlaridagi ob‘ektlarning noan‘anaviy
xususiyatlarini
oʻrganadigan,
ularda
sodir
boʻladigan
jarayonlarning
qonuniyatlarini tatbiq qilish yoʻllarini koʻrsatadigan yangi yoʻnalish bugun
nanotexnologiya
deyiladi.
Nanotexnologiya atamasini birinchi boʻlib, 1974-yilda yapon olimi Norio
Taniguchi alohida atomlarni boshqarib, yangi ob‘ekt va materiallar tuzish
jarayonini izohlash uchun qoʻllagan edi. Ushbu sohada dastlabki texnik vositalar
Shveysariyaning kompyuter texnologiyalari laboratoriyalarida ixtiro qilingan.
1982-yili skanerlovchi zondli mikroskopni ixtiro qilgan Gerd Binnig va Genri
Rohrerlar toʻrt yildan soʻng ushbu ixtiro uchun Nobel mukofotiga sazovor
boʻlishgan. 1986-yilga kelib, atom-kuch mikroskopi ixtiro qilindi. Bu uskunalar
nafaqat nanoolamni tomosha qilishga, balki yangi nanoob‘ektlarni qurishga ham
imkon bermoqda. Shu bois, bugungi kunda dunyo nanotexnologik inqilob
ostonasida turibdi desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Dostları ilə paylaş: