Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


-rasm. Nanozarrachaning tashqi koʻrinishi



Yüklə 5,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/187
tarix15.12.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#140892
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   187
O zbekistоn respublikasi оliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi r

7-rasm. Nanozarrachaning tashqi koʻrinishi. 
7-rasmdagi 1 – zarrachada (nanozarrachada) atomlarning asosiy qismi uning 
yuzasida joylashgan, 2 – zarrachada (katta zarrchada) hajmdagi atomlar soni 
yuzasidagiga qaraganda ancha katta. Shu sababli yuza atomlarida ortiqcha energiya 
boʻladi, shu energiya yuza tarangligiga va kapillyar effektga olib keladi. 


25 
Tadqiqotlar koʻrsatishicha, ortiqcha energiya zarrachalarning suyuqlanish 
temperaturasiga, eruvchanligiga, elektr oʻtkazuvchanligiga, oksidlanish darajasiga 
va boshqa xossalariga sezilarli darajada ta‘sir koʻrsatadi.
«Nanosistemalar» iborasi SI birliklar sistemasiga qabul qilingandan sо‗ng 
mashhur bо‗lib ketdi. Sо‗nggi 30-40 yil davomida nanosistemalarni (ultradispers 
sistemalarni) о‗rganish kolloid kimyoning tasarrufidan chiqib ketdi. Hozirgi kunda 
nanosistemalarni о‗rganish doirasi kengayib, ularni tayyorlashni zamonaviy 
usullari yaratildi va xossalari keng tadqiq qilinmoqda. Nanosistemalar amalda turli 
sohalarda qо‗llanilishi, haqiqatda ham, inqilobiy jarayon sodir bо‗lganini 
anglatadi.. 
Nanosistemalarning xossalari xuddi shunday moddaning makroskopik 
miqdorlari xossalaridan shu qadar keskin farq qiladi-ki, natijada ularni mustaqil 
fan – 
nanokimyo
nomli fan oʻrganadi. Quyida keltirilgan 4-jadvalda nanokimyo 
fanining ob‘ektlari keltirilgan: 
4-jadval. 
Nanokimyo fanining ob’ektlari 
Nanozarrachalar 
Nanosistemalar 
Fullerenlar 
Kristallar, eritmalar 
Nanotrubkalar 
Agregatlar, eritmalar 
Oqsil molekulalari 
Eritmalar, kristallar 
Polimer molekulalari 
Zollar, gellar 
Noorganik nanokristallar 
Aerozollar, kolloid eritmalar 
Mitsellalar 
Kolloid eritmalar 
Nanobloklar 
Qattiq jismlar 
Lengmyur – Blodjett plyonkalari 
Yuzida plenkaga ega jismlar 
Gazlardagi klasterlar 
Aerozollar 
Jism qatlamlaridagi nanozarralar 
Nanostrukturali plyonkalar 
Umuman olganda, klassik fan nuqtai-nazaridan, nanokimyo fanini 
nanosistemalarning fizikaviy kimyosi
desa ham boʻladi. Ta‘kidlash lozim-ki, XX 
asrning birinchi yarmida nanokimyoning rivojlanishiga kolloid sistemalarni 
oʻrganadigan mutaxassislar eng katta hissa qoʻshgan boʻlsa, ikkinchi yarmida bu 
fanning yanada katta sur‘atlar bilan rivojlanishiga polimerlar, oqsillar, fulleren va 
nanotrubkalar bilan ishlaydigan mutaxassislarning ilmiy izlanishlari sabab boʻldi. 

Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin