27
katta reaksion tabiatga ega boʻladi va koʻpincha katalizator sifatida ishlatiladilar
(9-rasm).
9-rasm. Metall zarrachalar.
Metall nanozarrachalari koʻpincha oktaedr, ikosaedr,
tetradekaedr shakliga
ega boʻladilar.
Fullerenlar va nanotrubkalar
hozirgi zamon taraqqiyotida
yoki, shuningdek,
nanozarrachalar fan va texnikada juda katta rol oʻynaydilar. Masalan, fullerenlar
yangi xil moylar
va antifriksion qoplamalar, yangi yoqilgʻi turlari, olmosga
oʻxshash oʻta qattiq birikmalar, turli hisoblagich (datchik) lar, boʻyoqlar va boshqa
kerakli narsalarni yaratishda juda ahamiyatlidir (10-rasm).
10-rasm. Fulleren tuzilishi
Lekin, kelajakda oʻta katta istiqbolga nanotrubkalar erishgan boʻlishi
mumkinligi ehtimoli yuqori hisoblanadi. Haqiqatan ham, nanotrubkalarning
tuzilishi mutaxassislar oldida juda katta imkoniyatlar yaratadi. Masalan,
nanotrubka – devori bir qavat boʻlgan ichi boʻsh silindr shaklidagi molekula boʻlib,
u taxminan 1000000 ta uglerod atomidan iborat, diametri 1
2 nm
va uzunligi bir
necha oʻn mikronga tengdir. Uning devorida uglerod atomlari toʻgʻri
oltiburchaklarning uchlarida joylashgan boʻladi. Shuningdek, nanotrubkalarning
unikal (katta yuzasi, yaxshi elektr oʻtkazuvchanlik, mustahkamlik) xossalari
mavjud (11-rasm).
28
11-rasm. Nanotrubkalarning tuzilishi.
Bu xossalar ularning juda koʻp sohalarda qoʻllanilish imkonini yaratadi.
Masalan, ular asosida har xil jarayonlar uchun kerakli katalizatorlarni tashuvchisini
yoki energiyaning yangi manbasini – yoqilgʻi
yacheykalarini yaratish mumkin,
bunday manbalar shunday kattalikdagi oddiy batareykadan 3 marta uzoq vaqt
ishlashi mumkin. Agar shunday yacheykani uyali telefonga qoʻyilsa kutish
rejimida ikki hafta turishi mumkin (hozirgi telefonlar 4 kun tura oladi).
Masalan, yoqilgʻi yacheykasi metil spirti bilan toʻldirilib ta‘minlanadi
(zapravka qilinadi), u reaksiya paytida kislorod va vodorodga parchalanadi va
natijada issiqlik va elektr energiyasi ajralib chiqadi.
Bu jarayonning effektivligi
katalizatorning kattaligiga bogʻliq, shuning uchun nanotrubka devoriga oʻrnatilgan
platina nanozarrachalari juda yaxshi katalizator sifatida xizmat qiladi.
Hozirgi yoqilgʻi yacheykasi oʻrnatilgan noutbuklarni 2005-yilning boshida
chiqara boshlashdi. Dastlabki yillarda noutbuklarning avtonom holda ishlashi 5
soat, 2006-yilda esa 50 soat boʻlgan edi. Hozirgi paytda bir necha haftaga
yetadigan bunday yacheykalarni chiqarish ustida Motorola, Casio, Sony, Hitachi,
Samsung kabi kompaniyalar ish olib bormoqda.
Ma‘lum-ki, kelajakda avtomobillar ekologik toza yoqilgʻi boʻlmish
vodorodga oʻtish ehtimoli yuqori sanaladi. Ana shu vodorodni yigʻish va saqlash
muammosini nanotrubkalar muvaffaqqiyat bilan echa olar ekan. Dvigatellar uchun
kerak
energiya vodorod
va kislorod
oʻrtasida yuz beradigan reaksiya
yordamida olinadi, bunda reaksiyaning mahsuloti
(«chiqindisi»)
sifatida
suv
bugʻi ajralib chiqadi. Avval mutaxassislar bunday avtomobilni chiqarishni
rejalashtirishni tassavvur ham qilmaganlar. Vodorod –
eng yengil gaz, shuning
uchun bir necha kilogramm vodorod juda katta hajmli ballonni talab qiladi.
Demak, har bir avtomobil haydovchisi oʻzi bilan birga katta hajmli ballonni olib
29
yurishi kerak, bu esa juda noqulaylik tugʻdiradi. Palladiy nanozarrachalari
yopishtirilgan nanotrubkalar esa oʻzining hajmidan minglarcha marta katta boʻlgan
hajmdagi vodorodni saqlay olar ekan, demak bu usul avtomobilni yanada quvvatli,
arzon va ekologik toza qila oladi.
Dostları ilə paylaş: