Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


-rasm. Jism mustahkamligining adsorbsion ravishda kamayishi



Yüklə 5,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/187
tarix15.12.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#140892
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   187
O zbekistоn respublikasi оliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi r

19-rasm. Jism mustahkamligining adsorbsion ravishda kamayishi 
(Rebinder effekti). 
Mexanik dispergatsiya jarayonida qattiq jism mustahkamligini qoʻshimcha 
moddalar yordamida kamayishi 
―Rebinder effekti‖
yoki 
mustahkamlikning 
adsorbsion kamayishi
deyiladi.
Ultratovush usuli. 
Mexanik disperslash usullariga ultratоvush yordamida 
maydalash ham kiradi. Dispers sistemalarni olishning elektrik usulini 1898-yilda 
Bredig taklif etgan. 
Ultratovush usuli
sanoatda keyingi yillarda keng 
qoʻllanilmoqda. Bu usulda, tovush toʻlqinlarining kuchli tebranishi natijasida 
muallaq zarrachalar maydalanib, tekis tarqaladi. Buning uchun kolloid eritmasi 
tayyorlanishi kerak boʻlgan metalldan yasalgan ikkita sim dispersion muhitga 
tushirilib, ularning biri elektr manbaining musbat qutbiga, ikkinchisi esa manfiy 
qutbiga ulanadi; simlar bir-biriga tekizilib, elektr yoyi hosil qilinadi (20-rasm).
20-rasm. Dispers sistemalarni olishning elektrik usuli. 
Bu vaqtda metall erituvchi ichida changlanib bugʻga aylana boshlaydi. Barqaror 
zol hosil boʻlishi uchun ozgina ishqor qoʻshiladi. Bu usulda asosan metallarning 
zollari olinadi. Changlatish usuli bilan kolloid eritma hosil qilishda metall avval 
bugʻlanadi, soʻngra uning nanozarrachalari oʻzaro qoʻshilib, kolloid eritma 
zarrachalarini hosil qiladi; shu sababli, bu usul kondensatsion usullar qatoriga 
kiritiladi.
Agar ultratovush toʻlqinlari maydoniga bir-biri bilan aralashmaydigan ikkita 
suyuqlik solingan idish qoʻyilsa, natijada ikki suyuqlikning emulsiyasi hosil 
boʻladi. Ultratovush usulida oltingugurt, boʻyoq, simob, qoʻrgʻoshin, rux, kauchuk, 
kraxmal va boshqa moddalarni disperslash mumkin. 


39 
Elektr disperslash usuli
sоvutiladigan suvga jоylashtirilgan erigan metalldagi 
elektrоdlar оrasida hоsil boʻladigan Vоlt yoyiga asоslangan. Bu usul 
disperslashning shartli usuli hisоblanadi, chunki 
Vоlt yoyi
temperaturasida metall 
bugʻlanadi, soʻngra sоvuq suvda kоndensatsiyalanadi (21-rasm). 

Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin