19-rasm. Jism mustahkamligining adsorbsion ravishda kamayishi (Rebinder effekti). Mexanik dispergatsiya jarayonida qattiq jism mustahkamligini qoʻshimcha
moddalar yordamida kamayishi
―Rebinder effekti‖ yoki
mustahkamlikning adsorbsion kamayishi deyiladi.
Ultratovush usuli. Mexanik disperslash usullariga ultratоvush yordamida
maydalash ham kiradi. Dispers sistemalarni olishning elektrik usulini 1898-yilda
Bredig taklif etgan.
Ultratovush usuli sanoatda keyingi yillarda keng
qoʻllanilmoqda. Bu usulda, tovush toʻlqinlarining kuchli tebranishi natijasida
muallaq zarrachalar maydalanib, tekis tarqaladi. Buning uchun kolloid eritmasi
tayyorlanishi kerak boʻlgan metalldan yasalgan ikkita sim dispersion muhitga
tushirilib, ularning biri elektr manbaining musbat qutbiga, ikkinchisi esa manfiy
qutbiga ulanadi; simlar bir-biriga tekizilib, elektr yoyi hosil qilinadi (20-rasm).
20-rasm. Dispers sistemalarni olishning elektrik usuli. Bu vaqtda metall erituvchi ichida changlanib bugʻga aylana boshlaydi. Barqaror
zol hosil boʻlishi uchun ozgina ishqor qoʻshiladi. Bu usulda asosan metallarning
zollari olinadi. Changlatish usuli bilan kolloid eritma hosil qilishda metall avval
bugʻlanadi, soʻngra uning nanozarrachalari oʻzaro qoʻshilib, kolloid eritma
zarrachalarini hosil qiladi; shu sababli, bu usul kondensatsion usullar qatoriga
kiritiladi.
Agar ultratovush toʻlqinlari maydoniga bir-biri bilan aralashmaydigan ikkita
suyuqlik solingan idish qoʻyilsa, natijada ikki suyuqlikning emulsiyasi hosil
boʻladi. Ultratovush usulida oltingugurt, boʻyoq, simob, qoʻrgʻoshin, rux, kauchuk,
kraxmal va boshqa moddalarni disperslash mumkin.
39
Elektr disperslash usuli sоvutiladigan suvga jоylashtirilgan erigan metalldagi
elektrоdlar оrasida hоsil boʻladigan Vоlt yoyiga asоslangan. Bu usul
disperslashning shartli usuli hisоblanadi, chunki
Vоlt yoyi temperaturasida metall
bugʻlanadi, soʻngra sоvuq suvda kоndensatsiyalanadi (21-rasm).