21-rasm. Metallar zolini elektr usuli bilan olish sxemasi:
A-oʻzgarmas tok
manbai, B- Volt yoyi yoki metall elektrod, C- sovitgich aralashma, D- sovutilayotgan suvli idish,
R-reostat
.
Bu usul bilan oltin, kumush, platina va boshqa qimmatbaho metallarning
kolloid eritmalari olinadi. Buning uchun shu metallarning oʻzidan elektr tayoqchasi
tayyorlab, elektr manbaiga ulangandan soʻng elektrodlar dispers muhit (suv)ga
tushirilib, elektrodlar bir-biriga tegishidan elektr yoyi hosil boʻladi. Shundan soʻng,
elektrodning bir qismi maydalanib, muhitga tarqaladi, natijada kolloid eritma hosil
boʻladi.
Bu usulni T.Svedberg takomillashtirib, 1905-yili yuqori chastotali
oʻzgaruvchan elektr tokidan foydalanib, temperaturada elektr yoyi hosil qilishga
muvaffaq boʻlgan. Bu usul bilan ishqoriy metallarning organik erituvchi
(efir)lardagi kolloid eritmalari olingan.
Peptizatsiya usuli.
Kolloid eritmalarni peptizatsiya usuli bilan ham hosil
qilish mumkin. Zolning koagullanish mahsulotini qaytadan kolloid eritma holatiga
oʻtkazish jarayoniga
peptizatsiya
deyiladi. Peptizatsiyani amalga oshirish uchun
kolloid choʻkmasiga (koagulyantga) biror elektrolit qoʻshib, erituvchi bilan
aralashtiriladi. Kolloid eritma olishda ishlatiladigan elektrolit
peptizator
deyiladi.
Peptizator sifatida elektrolitlar va ba‘zi sirt-faol moddalar ishlatiladi.
40
Peptizatsiya murakkab jarayon boʻlib, u peptizatorning dispersion muhitga,
choʻkma sirtiga yutilishiga, solvat qavatlar hosil boʻlishiga va boshqalarga bogʻliq
boʻladi. A.Dumanskiyning fikricha, peptizatsia vaqtida choʻkma bilan peptizator
orasida kompleks birikmalar koʻrinishidagi bir qator oraliq mahsulotlar hosil
boʻladi, agar kolloid zarrachalar sirtiga stabilizatorning oʻzi yutilib kolloid eritma
hosil qilsa, bunday peptizatsiya
bevosita peptizatsiya
deyiladi; agar kolloid
zarrachalar sirtiga stabilizatorning oʻzi yutilmay, balki uning eruvchan modda
bilan hosil qilgan oraliq mahsulotlari yutilsa,
bilvosita peptizatsiya
deyiladi.
Masalan,
choʻkmasiga
ta‘sir ettirib,
ning gidrozolini
hosil qilish bevosita peptizatsiyadir, chunki bu holda temir ionlari kolloid
zarrachalar sirtiga yutilib, ularda musbat zaryadlar hosil qiladi; musbat zaryadli
zarrachalar bir-biridan oʻzaro itarilganligi uchun choʻkma tezda gidrozolga
aylanadi.
{
}
{
}
ning iviq choʻkmasiga HCl ning kuchsiz eritmasini ta‘sir ettirib,
gidrozolini hosil qilish bilvosita peptizatsiyaga misol boʻladi.
Kolloid zarrachaning tuzilishi:
{
}
Bu holda
bilan
orasida sodir boʻladigan reaksiya mahsuloti
ferrioksixlorid
eritmada
va
ionlariga dissotsialanadi. Ushbu
sistemada
ionlari peptizator rolini bajaradi.
Bu usul moddalarni disperslovchi-peptizatorlar yordamida gel holatidan zol
holatiga oʻtishi boʻlib, peptizatorlar eritmadagi zarrachalarning yiriklashishiga
sabab boʻladigan koagullovchi ionlarni neytrallaydi. Natijada bir xil zaryadli
musbat ionlar bir-biridan itarilib tezda gidrozolga aylanadi, ya‘ni choʻkma eritma
holiga oʻtadi.
|