52
ahamiyatga ega. Masalan, eritmalarning ba‘zi xossalari
erigan modda tabiati
qanday boʻlishidan qat‘iy nazar, eritmaning hajm (yoki massa) birligida boʻlgan
zarrachalar (molekula va ionlar) miqdoriga bogʻliq boʻladi. Bu xossalar
eritmalarning kolligativ xossalari
deb ataladi. Ular jumlasiga erimalarda
boʻladigan diffuziya va osmos hodisalari, eritmada toza erituvchi bugʻ bosimining
kamayishi, muzlash temperaturasining pasayishi hamda qaynash temperaturasining
koʻtarilish hodisalari kiradi. Kolloid sistemalarni tekshirish
natijasida ularda ham
kolligativ
xossalar
mavjud
ekanligi
isbotlandi.
Ularda
hatto,
kolloid
zarrachalarning tartibsiz harakatini bevosita kuzatish mumkin ekanligi ham
aniqlandi. Kolloid eritmalarda zarrachalarning shakli va oʻlchami har xil boʻlib,
ularda sodir boʻladigan molekulyar-kinetik xossalar chin
eritmalarnikiga nisbatan
sustroq boʻladi. Diffuziya,
Broun harakati, osmos va sedimentatsiya hodisalari
kolloid eritmalar molekulyar-kinetik xossalarining asosini tashkil etadi. Bu
tajribalar asosida kolloid zarrachalarga oid qonuniyatlar kashf etildi.
Dostları ilə paylaş: