Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova



Yüklə 5,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/187
tarix15.12.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#140892
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   187
O zbekistоn respublikasi оliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi r

Tayanch tushuncha va iboralar 

eritmalarning kolligativ xossalari
,
diffuziya hodisasi, konsentratsiya gradienti, diffuziya 
koeffitsienti, Fikning birinchi qonuni, Broun harakati, zarrachaning siljishi, Eynshteyn -
Smoluxovskiy tenglamasi, sedimentatsiya, osmometr, yarim oʻtkazgich parda, osmos, 
osmotik bosim, Donnan tenglamasi, Donnanning osmotik bosimi.
 
6-§. KOLLOID SISTEMALARNING OPTIK XOSSALARI. 
6.1-§. Faradey-Tindal effekti va Reley qonuni. Nefelometriya. 
Faradey-Tindal effekti.
Kolloid eritmalarning optik xossalari chin eritmalar 
va dagʻal dispers sistemalarning xossalaridan katta farq qiladi. Kolloid eritmalar 
tabiati, konsentratsiyasi va kolloid zarrachalarning katta-kichikligi kolloid 
eritmalarning optik xossalariga koʻra aniqlanadi. Chunki, zarrachalarning 
oʻlchamiga qarab tushayotgan yorugʻlik ta‘sirida kolloid eritma har xil rangga ega 
boʻladi. 
8-jadval

Kumush zolining disperslik darajasiga koʻra rangi 
Zarrachaning oʻlchami, nm 
hisobida 
Zolning rangi 
79 
90 
110 
160 
toʻq sariq 
qizil 
koʻk-binafsha 
koʻk 
Masalan, zarrachalarning oʻlchami 80-90 nm boʻlgan kumush kolloid 
eritmasining rangi toʻq sariq zarrachalari oʻlchami 110 nm da binafsha, 160 nm da 
koʻk rangli boʻladi. Bu hodisa tushayotgan nurning toʻlqin uzunligiga va 
zarrachalarning oʻlchamiga bogʻliq. Agar nurning toʻlqin uzunligi dispers faza 
zarracharidan kichik boʻlsa, u holda nur zarrachalar orqali toʻsiladi va natijada 
sinib qaytadi, nurning toʻlqin uzunligi zarrachadan katta boʻlsa, u holda zarrachalar 
orqali yorugʻlik nuri tarqaladi. 


65 
Yorugʻlikning zarrachalar sirtidan qaytishi faqat dagʻal dispers sistemalar 
(suspenziyalar, emulsiyalar) da kuzatiladi. Bu sistema zarrachalarining oʻlchami 
yorugʻlik toʻlqin uzunligidan ancha katta hisoblanadi. Yorugʻlikning qaytishi 
dispers sistemalarning lоyqalanishida namоyon boʻladi. 
1857-yilda M.Faradey oltinning kolloid eritmasida bu hodisani mukammal 
oʻrgangan. Soʻngra uning shogirdi D.Tindal kolloid dispers sistemadagi 
zarrachalar yorugʻlikni tarqatishi natijasida dispers muhitda konussimon yorugʻlik 
nuri hosil boʻlishini tumanlarning xossalarini oʻrganganda aniqlagan. Xuddi shu 
hodisani, chang koʻtarilgach fonarni nur taratish yoʻli qorongʻi qilinib, bir kichik 
joyi (teshik) dan yorugʻlik oʻtkazilganda, konussimon yorugʻlik yoʻli koʻrinishidan 
kuzatish mumkin (34-rasm). 
Bu hodisa ikki olim nomiga 
Faradey-Tindal konusi
deb yuritiladi va 
hodisaning oʻzi 
Faradey-Tindal effekti
deyiladi. Faradey-Tindal effektini koʻrish 
uchun toʻrt qirrali shisha idishga (kyuvetaga) dispers sistema (3) solinadi va qora 
parda oldiga qoʻyilib, proeksion fonar (1) bilan yoritiladi. Bu tajriba natijasida 
yorugʻ konus hosil boʻladi, buning sababi shundaki, kolloid zarrachalarga tushgan 
yorugʻlik zarrachalar tomonidan tarqatiladi, natijada har qaysi zarracha xuddi 
yorugʻlik beruvchi nuqtadek boʻlib koʻrinadi. Mayda zarrachalarning yorugʻlik 
tarqatish hodisasi 
opalessensiya
deyiladi. 

Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin