61
kolloid eritmalarga ham gaz qonunlarini tatbiq qilish mumkin. Kolloid eritmalar
uchun Klaypeyron-Mendeleyev tenglamasi quyidagicha yoziladi:
N
RT
V
P
yoki
RT
N
PV
bu yerda,
V
- kolloid zarrachalarning konsentratsiyasi, ya‘ni hajm birligida boʻlgan
kolloid zarrachalarning soni, N- Avogadro soni, ν – zarrachalar soni, P – osmotik
bosim.
Kolloid eritmalarning osmotik bosimining aniq qiymatiga ega boʻlgach,
mitsellalarning molekulyar massasi quyidagi formuladan foydalanib topiladi.
MV
gRT
P
Donnanning membrana muvozanati.
Odatda,
chin eritmalarning osmotik
bosimini oʻlchashda devorlari yarim oʻtkazuvchi pardadan iborat boʻlgan idishga
eritma solinib, idish toza erituvchiga masalan, suvga solinadi. Erituvchini
oʻtkazadigan va lekin, eritmani oʻtkazmaydigan parda
yarim oʻtkazgich parda
yoki
membrana
deyiladi. Agar jismni membrana bilan teng ikkiga boʻlsak
va bir
tomoniga erituvchi va ikkinchi tomoniga eritma quysak, erituvchi membrana orqali
eritmaga oʻta boshlaydi. Erituvchining yarim oʻtkazgich membrana orqali eritmaga
bir yoqlama oʻtish hodisasiga
osmos
deyiladi. Ma‘lum bir vaqt va balandlikdan
soʻng, muvozanat qaror topadi. Ya‘ni, erituvchining
va eritmaning membrana
orqali oʻtish tezliklari tenglashadi. Umuman olganda, erituvchini eritmaga
oʻtkazmaslikni ta‘minlovchi, aniqrogi eritma va erituvchi
orasidagi muvozanatni
saqlash uchun eritmaga berilishi kerak boʻlgan, bosim
-
osmotik bosim
deyiladi
(33-rasm).