Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova



Yüklə 5,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/187
tarix15.12.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#140892
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   187
O zbekistоn respublikasi оliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi r

30-rasm
.
 
Issiqlik harakatidagi dispersion muhit (2)molekulalarining 
dispers faza (1) zarrachalariga ta’sir etishi. 
Fluktuatsiya diffuzlanish hodisasining aksidir, lekin shu bilan bir vaqtda 
ularning ikkalasi ham issiqlik harakatining natijasidir. Masalan, 1 nm oʻlchamdagi 
zarracha 
ta suv molekulasi bilan oʻralgan boʻladi. Demak, bunda zarrachaning 
toʻqnashishlar soni 
marta boʻlib, shunga mos ravishda shuncha marta 
zarracha oʻz yoʻnalishini oʻzgartirishi mumkin. Agar zarracha oʻlchami nihoyatda 
katta boʻlsa, uning toʻqnashishlari soni ham ortadi va zarracha siljimaslik ehtimoli 
ortadi, yakunda fluktatsiya sodir boʻladi. 
Fluktuatsiya termodinamikaning ikkinchi qonuniga binoan qaytmas jarayon 
boʻlishi kerak, ammo fluktuatsiya bunga teskari hodisa boʻlganligidan va uning 
oʻz-oʻzicha roʻy bera olishini termodinamikaning ikkinchi qonuni statistik 
xarakterga ega ekanligini koʻrsatadi, ya‘ni uni alohida yakka zarrachalarga yoki 
ularning kichik bir guruhiga tadbiq qilib boʻlmaydi.
Sedimentatsiya.
Kolloid zarrachalarning oʻz ogʻirlik kuchlari ta‘sirida 
choʻkmaga tushishi 
sedimentatsiya
deb ataladi. Lekin, eritmada Broun 
harakatining borligi sedimentatsiya boʻlishiga qarshilik koʻrsatadi. Kolloid 
zarrachaning oʻlchami qancha kichik boʻlsa, Broun harakatining ta‘siri shuncha 
kuchli boʻladi.
Suspenziya zarrachalarining oʻlchamlarini aniqlash uchun sedimentatsion 
analiz usulidan foydalaniladi. Sedimentastion analiz turli usullar bilan amalga 
oshiriladi. Masalan: 

harakatsiz suyuqlik ichida zarrachalarning choʻkish tezligini aniqlash; 

suspenziyani chayqatib yuborib, harakatdagi suyuqlik ichida dispers fazani 
fraksiyalar shaklida ketma-ket choʻktirish;


58 

suspenziya zarrachalarini havo oqimi ta‘sirida bir-biridan ajratish; 

markazdan qochuvchi kuch maydonida dispers faza zarrachalarini choʻktirish.
Bu usullardan eng koʻp qoʻllaniladigani birinchi usuldir. Sedimentatsion 
analizda N.Figurovskiyning sedimentatsion tarozisidan foydalaniladi (31-rasm). 
Rasmda koʻrsatilganidek, qurilma juda oddiy tuzilgan. Kvarsdan yasalgan (yoki 
shisha) shayn (tayoqcha) (1) ning bir tomonidan metall shtativga oʻrnatiladi; uning 
ikkinchi tomonida ilmoqchasi boʻlib, unga ipsimon shisha (2) nay va tarozi (3) 
pallachasi ilinadi; pallacha dispers sistema (suyuqlik) ichiga tushurilgan boʻladi. 
Buning natijasida pallacha massasi oʻzgaradi, shaynning vaziyati ham 
oʻzgaradi. Uning oʻzgarishini mikroskop yordamida bilib olish mumkin. 
Shaynning oʻzgarishidan foydalanib pallachaga tushgan choʻkma massasi hisoblab 
topiladi. 

Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin