65
oʻzgarishi shovqin kuchining boshlangʻich darajasi deb ataladi
va etalon sifatida qabul qilingan.
Boshlangʻich daraja (etalon) qilib tebranish chastotasi 1000
Gts, tovush bosimi
5
10
2
−
Pa qabul qilingan. Bu eshitish qobiliyati
normal boʻlgan kishilardagi eshitish chegarasi bilan mos keladi.
Bu chastotasi 2000 Gts boʻlgandagi tovush quvvati 10
-12
Vm/m
2
ga mos keladi.
Shovqin kuchini oʻlchash uchun logarifmik shkala qabul
qilingan, har bir keyingi pogʻona, oldingi pogʻonadan oʻn marta
kattadir. Shovqinlarning bunday nisbati shartli ravishda bel (B)
deb atalib, quyidagi formula bilan ifodalanadi.
𝐵 = 𝑙𝑔
𝐽
𝑖
𝐽
0
(6. 1)
bu yerda:J
i
– tovush bosimining oʻlchangan qiymati, Pa
J
0
– tovush bosimining etalon qiymati, R
0
=
5
10
2
−
Pa
Agar bir qancha shovqinlar birgalikda ta’sir qilganda, birin-
chisi boshlangʻichidan,yani asos qilib olinganidan 10 marta katta
boʻlsa, J
i
/ J
o
=10. Bunda shovqin 1B ga katta deb olinadi, chunki
lg 10=1. Agar J
I
/J
O
=100 boʻlsa 2B ga katta deb olinadi, chunki
lg100=2 va hokazo. Bel ancha katta qiymat. Odamning qulogʻi
odatda tovush kuchi oʻzgarishining 0,1B ni payqaydi. Shuning
uchun tovush kuchining oʻlov birligi
qilib amaliyotda Belning
oʻndan bir boʻlagi boʻlgan detsibel (dB) qabul qilingan. Eshitish-
ning yuqori maksimal chegarasi 13 B (130 dB) ga toʻgʻri keladi.
Bundan yuqori shovqinlarda quloqda ogʻriq paydo boʻladi.
Chastotasi boʻyicha shovqinlar uch sinfga boʻladi:
Past chastotali – 350 Gts gacha;
Oʻrta chastotali – 350 dan 800Gts gacha;
Yuqori chastotali – 800 Gts dan yuqori.
Inson tanasiga ta’siri boʻyicha yuqori chastotali shovqinlar
zararli hisoblanadi.
Shovqinlar tovush bosimi, chastotasi, shovqin turi (tonal,
keng mintaqali, impulsli) va tasir qilish vaqtining uzunligi bilan
meyorlashtiriladi. Har xil chastotali shovqinlar kishi qulogʻiga
66
har xil tasir qiladi. Shuning uchun har bir oʻrta geometrik chasto-
taning oktava chizigʻi shovqinning yoʻl qoʻysa boʻladigan me’-
yori belgilangan.
Oktava chizigʻi – tovushlar chastotasining
yuqorigisi past-
kisidan ikki marta katta qiymatga teng boʻlgan intervalidir, ya’ni
√
𝑓
𝑦𝑢𝑞𝑜𝑟𝑖
𝑓
𝑝𝑎𝑠𝑡𝑘𝑖
= 2 (6. 2)
Shovqinlarni me’yorlashtirishda oʻrta geometrik chastota-
larning quyidagi oktava chiziqlari qabul qilingan: 63, 125, 250,
500, 1000, 2000, 4000, 8000, Gts.
Oktava chiziqlarining oʻrta geometrik chastotasi quyidagi
formula boʻyicha aniqlanadi:
𝑓 = √𝑓
𝑦𝑢𝑞𝑜𝑟𝑖
⋅ 𝑓
𝑝𝑎𝑠𝑡𝑘𝑖
(6. 3)
Shovqinlar chastotasining spektri boʻyicha keng mintaqali
(bunda tarkibida koʻp tovush chastotalari boʻladi, masalan, toʻ-
quv dastgohidan chiqayotgan shovqin) va tonal turlariga boʻlina-
di. Tonal shovqinlarda ma’lum ton aniq eshitilib turadi. Masalan,
ventilyatordan ajralib chiqayotgan shovqin.
Tonal shovqin keng
mintaqali shovqinga nisbatan kishi organizmiga koʻproq salbiy
ta’sir koʻrsatadi (6. 1-rasm).
6. 1-rasm. Shovqinning spektral tarkibi.
а-keng mintaqali, б-tonal.
San PiN №0065-96 boʻyicha ishlab chiqarish korxona-
larining doimiy ish joylarida
va korxona hududlarida shov-
67
qinning quyidagicha yoʻl qoʻysa boʻladigan darajalari qabul
qilingan (6. 1-jadval).
6. 1-jadval
Tovush bosimining yoʻl qoʻysa boʻladigan darajasi
Xonalar
Oktava chizigʻining oʻrta geometrik
chastotalari, Gts
Tovush
darajas
i,
dBA
63
125 250 500 1000 2000 4000 8000
AT
korxonalari-
ning ishlab chiqa-
rish sexlari (doi-
miy ish joylari) va
hududlari
103
96
91
88
85
83
81
80
90
AT
korxonalari-
ning idora xonalari
79
70
63
58
53
52
50
49
60
Yashash
joylari
hududlari mikrora-
yonlarining
dam
olish maydonlari
67
57
49
44
40
37
35
33
45
AT sanoati korxonalarida shovqinni umumiy darajasiga qa-
rab chamalab baholash mumkin. Buning uchun shovqin oʻlchash
asbobining A-shkalasidan foydalaniladi va bu dBA da oʻlchana-
digan standartlashtirilgan va barcha shovqin oʻlchash
asboblari-
da mavjuddir. Shovqin me’yorlariga, uning ta’sir qilish vaqtining
uzunligiga qarab tuzatishlar kiritiladi. Bu tuzatishlar quyidagi 6.
2-jadvalda keltirilgandir.
6. 2-jadval
Yoʻl qoʻyish mumkin boʻlgan tovush bosimiga tuzatishlar
Shovqin ta’siri vaqtining
uzunligi, soat
Shovqin xarakteri
Keng mintaqali
Tonal
4 dan 8 gacha
1 dan 4 gacha
15 min. dan 1 soatgacha
5 min. dan 15 min. gacha
5 minutgacha
0
-6
-12
-18
-24
-5
-1
-7
-13
-19
68
AT sanoatining koʻpgina mashina va dastgohlarining shov-
qin darajalari gigiyena me’yorlaridan yuqoriroq boʻlar edi.
Yigiruv – pishituv sexlarining ish joylarida tovush darajasi A
shkalasi boʻyicha 80-98 dBA, tayyorlov – toʻquv va yigiruv
sexlarida 75-95 dBA, piliklash va piltalash sexlarida 80-100
dBA ni tashkil etadi. Shovqin chiqishi boʻyicha eng yuqori
darajani toʻquv sexlari tashkil qiladi.
Ayniqsa mokili avtomatik
toʻquv dastgohlari oʻrnatilgan sexlarda umumiy shovqin darajasi
yuqori chastotali spektrlarda 100-104 dBni tashkil etadi. Bu esa
ishchilarning organizmiga salbiy ta’sir koʻrsatadi. Hozirgi paytda
respublikamizda qurilayotgan yangi AT korxonalarida oʻrnatil-
gan uskuna va dastgoxlarda shovqin 15-20 dBA ga kamaygan va
me’yoriy darajalardan katta farq qilmaydi.
Dostları ilə paylaş: