142
Kukunli oʻt oʻchirish asboblarida oʻchiruvchi sifatida
kukunli tarkiblar ishlatiladi. Bularga OP-1, OP-2- OP-2B- OP-
8B1 va boshqalar misol boʻla oladi.
Kukunli oʻt oʻchirish asboblari (OP) hozirda, ayniqsa, chet
mamalakatlarda koʻplab qoʻllanilmoqda. Ular uch xil turda; qoʻl
asboblari, koʻchma va muqim oʻt oʻchiruvchi asboblar sifatida
ishlab chiqarilmoqda. Oʻt oʻchirish vositasi sifatida umumiy va
maxsus qoʻllaniladigan kukunlar ishlatiladi. Umumiy kukunlar
tez yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar, gazlar, yogʻochlar va
boshqa uglerodli moddalarni oʻchirishga moʻljallangan. Maxsus
kukunlar esa ishqorli metallar, alyuminiy, kremneorganik birik-
malar va boshqa oʻz-oʻzidan yonuvchi mahsulotlarda sodir boʻl-
gan yongʻinlarni oʻchirish uchun moʻljallangan.
OP-10 rusumli kukunli oʻt oʻchirgich quyidagi qismlardan
iborat: poʻlat korpus, qopqoq, tirgakli – ishga tushirish qurilma-
sini ulagich nippeli, ishchi ballon, sifon naychalar va ichki
aerodinamik qismi, ortiqcha bosimni chiqarish klapani, elka,
ninasimon shtok. OP-10 rusumli oʻt oʻchirgichning ishlash tarti-
bi quyidagicha: ishga tushirish elkasi bosilganda qoʻrgʻoshin
tamgʻa buziladi va ninasimon shtok ballonning membranasini
teshadi. Ishchi gaz (karbonat angidrid, havo, azot va boshqalar)
ballondan nippelning me’yorlov teshigi orqali sifon naygacha
oʻtib, ichki aerodinamik qismiga keladi. Sifon naychasining
markazida (uning uzunligi boʻyicha) qator teshikchalar boʻlib,
shular orqali ishchi gazning bir qismi chiqib, kukunni
qoʻzgʻatadi va changsimon holatga keltiradi. Hosil boʻlgan havo-
kukunli massa bosim ostida qopqa orqali tashqariga chiqadi va
uni yongʻin oʻchogʻiga uzatiladi. Kukunli oʻt oʻchirgichdan
foydalanganda, uni agʻdarmasdan qat’iy tik tutish kerak.
Dostları ilə paylaş: