O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. S. Razikov


Oʻt oʻchirishning dastlabki vositalari



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/83
tarix15.12.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#121082
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   83
15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9

Oʻt oʻchirishning dastlabki vositalari. Oʻt oʻchirishning 
dastlabki vositalari endi boshlanayotgan yongʻinlarni oʻchirish 
uchun ishlatiladi. Ular binoning ichida yoki kiraverishda
omborlar yonida, korxona hovlisida, bu vositalarga oʻt oʻchirish 
uchun ishlatiladigan asboblar (bolta, belkurak, misrang, changak, 
chelak), astbest matosi yoki texnik kigiz, bochkada suv, yashikda 
qum va oʻt oʻchiruvchi (kukunli va korbonat angidridli) asboblar 
kiradi. Shu bilan birga oʻt oʻchirishning ichki vodoprovod tizimi 
ham kiradi. Ular koʻzga yaqqol tashlanadigan joyga olishga 
qulay qilib oʻrnatiladi. QMQ 2. 08. 02-96 ga binoan barcha 
ishlab chiqarish xonalari va omborlar dastlabki oʻt oʻchirish 
vositalari bilan ta’minlanishi kerak.
Yongʻin jarayoni mahsulotlari va ularning odam 
organizmiga ta’siri. Yonish jarayoni oksidlanishdir, buning 
natijasida issiqlik, yorugʻlik va yonish mahsulotlari tutun 
holatida ajralib chiqadi. Yonishda ajralib chiqayotgan tutunning 
tarkibiy qismini “normal gaz” deb ataluvchi moddalar (kislorod, 
azot, karbonat angidrid gazi, suv bugʻlari va uglerod oksidi) 
tashkil etadi. Yongʻinlarda bu moddalarning hosil boʻlish 
miqdori turlichadir.
Yongʻinlarda havoda keskin kislorod yutilish jarayoni sodir 
boʻladi. Shuning uchun yonayotgan materialning bir qismi 
kislorod etmagan holda yonadi. Bu chala yonish deb ataladi. 
Masalan: yogʻoch chala yonganda, koʻmir (qattiq modda), 


148 
korbanat kislota, uglerod oksidi, metan va uglevodorod (gazlar) 
hosil boʻladi. Chala yonish mahsulotlari odam hayoti uchun 
xavfli, ayniqsa uglerod oksidi juda kuchli zaharlovchi moddadir.
Kislorod – inson hayoti uchun zarur boʻlgan gaz. Nafas 
olganda qon gemoglabini bilan qoʻshilib, organizmning barcha 
toʻqimalariga tarqaladi. U hidsiz va rangsiz gazdir. U havodan 
biroz ogʻirroq (1,43 g/l), yonmaydi, lekin yonish jarayonini 
tezlashtirishga koʻmaklashadi va shu joyda kislorodning 
kamayib ketishi kuzatiladi. Shuning uchun yongʻinda nafas olish 
a’zolari himoya qilinmagan sharoitda kislorod etishmasligi sodir 
boʻladi. Boshlanishida havoda kislorodning miqdori 16-18% 
boʻlganda, yurak urishi tezlashadi, harakatlanish koordinatsiyasi 
biroz buziladi, nutq qobiliyati birmuncha pasayadi. Soʻngra 
havoda kislorod miqdori kamaya borishi bilan koʻrsatilgan 
belgilar keskinlashib, odam hushidan ketadi. Kislorod singmas-
ligining xavfli tomoni shundaki, odam jismonan bu oʻzgarish-
larni sezmaydi va kerakli choralarni koʻra olmaydi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin