O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. S. Razikov



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/83
tarix15.12.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#121082
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   83
15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9

Karbonat angidrid gazi. (SO
2
-uglerod dioksidi). oddiy 
holda rangsiz, nordon ta’mga ega, yonmaydi, aksincha yonishni 
pasaytiradi, havodan 1,5 martaba ogʻirroq, suvda yomon eriydi. 
Odam organizmi toʻqimalarida oksidlanish mahsuloti sifatida 
paydo boʻlib, oʻpkadan ogʻiz va burun orqali nafas chiqarish va 
toʻqimalardan ter orqali chiqarib yuboriladi.
Karbonat angidridning organizmda normal holda boʻlishi 
markaziy asab tizimi orqali boshqarib turiladi. Uning havodagi 
miqdori koʻpayishi bilan organizmdagi miqdori ham asta-sekin 
oshib borishi kuzatiladi. Zararsiz miqdori 0,04 % ga teng.
Havo tarkibida SO
2
ning miqdori 3% boʻlganda yurak urishi 
va nafas olish tezlashadi. Organizmning oʻzini bunday tutishi 
undagi SO
2
ning ortiqcha miqdorini chiqarib yuborishga xizmat 
qiladi. Havo tarkibida SO
2
ning miqdori 3 % dan ortiq boʻlganda 
va undan uzoq muddat nafas olish natijasida organizmda 
patologik oʻzgarishlar roʻy beradi, chunonchi markaziy asab 


149 
tizimi, yurak va nafas olish tizimi hamda modda almashish 
tizimi ishlarida boʻzilish holati vujudga keladi. SO
2
bosimning 
oshishini, kislorodning zaharlilik qobiliyatini va azotning 
narkotik ta’sirini kuchaytiradi.
Uglerod oksidi (SO) – rangsiz va hidsiz gaz boʻlib, 
havodan bir oz yengilroq (1,25 g/l), suvda erimaydi, yaxshi 
yonadi. Uglerod oksidining zaharlovchi omili uning qon 
gemoglobini bilan birikib karboksigemoglobin hosil qilishdadir. 
Bu holatda kishi organizmida kislorod etishmasligi yuzaga 
keladi. Organizmning uglerod oksidi bilan zaharlanish darajasi
uning havodagi tarkibiga bogʻliq. Yongʻin sodir boʻlgan 
muhitdagi havoning tarkibi anchagina oʻzgarib, yongʻin 
natijasida ajralib chiqqan zaharli gazlarning miqdori koʻpayadi, 
kislorod miqdori esa kamayadi. Uglerod oksidi ta’sir etganda, 
qon kislorod yutish qobiliyatini yoʻqotadi. Nafas olinayotgan 
havoda SO 0,05% dan oshmasa, kishi bir soat davomida zaharli 
ta’sirni sezmaydi. Havo tarkibidagi SO 0,1% dan oshsa bosh 
ogʻrigʻi, qusish, umuman oʻzini yomon his qilish boshlanadi.
Tarkibida 0,5% SO boʻlgan havodan 20-30 daqiqa nafas 
olish oʻlimga olib keladi. Uning havodagi miqdori 1% ga etsa 1-
2 daqiqada oʻlimga olib keladi.
12. 2-jadval 
Havo tarkibidagi SO va SO
2
ning miqdoriga qarab inson 
organizmida sodir boʻladigan oʻzgarishlar 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin