O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. S. Razikov


Oʻt oʻchirishning muqim (statsionar) va koʻchma



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/83
tarix15.12.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#121082
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   83
15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9

Oʻt oʻchirishning muqim (statsionar) va koʻchma 
vositalari. Oʻt oʻchirishning koʻchma vositalari avval koʻrib chi-
qilgan qoʻl oʻt oʻchirish asboblariga nisbatan quvvatli qilib tay-
yorlanadi. Hozirgi vaqtda karbonat kislotali OU-10VSE, OU-


143 
20VSE, OU-80VSE (12. 5 a-rasm), havo koʻpikli – OVP-50, 
OVP-100 (12. 5 b-rasm), kukunli OP-100 (12. 5 c-rasm) 
koʻchma oʻt oʻchirish vositalari qoʻllaniladi. Shu bilan bir 
qatorda qurama, ikki zaryad koʻpik hosil qiluvchi modda bilan 
suv qorishmasi va kukundan tashkil topgan OK-100 markali 
koʻchma oʻt oʻchirish vositasi ham qoʻllaniladi. U yengil 
yonuvchi va yonuvchan suyuqliklarni, gaz va choʻgʻlanuvchi 
moddalarni oʻchirishda ishlatiladi. Koʻchma oʻt oʻchirish 
asboblari ishlatilishda biroz noqulaydirlar. Ularni ishga tushirish 
uchun koʻpik generatorini, koʻpik chiqaruvchi klapanni yechib 
olish, koʻpik hosil qilish uchun ichakni chuvatib yechib olish, 
ballondagi qoʻrgʻoshin tamgʻani uzib tashlash va dastakni strelka 
boʻyicha oxirigacha qaytarish ishlarini bajarish kerak.
12. 5-rasm. Koʻchma oʻt oʻchirgichlar. a-karbonat kislotali; 
b-koʻpikli OP-100 koʻchma oʻt oʻchirish vositasi; c-OP-100 
kukunli oʻt oʻchirish vositasi.
Bulardan farqli ravishda, muqim oʻt oʻchirish vositalari 
yongʻinni oʻchirishda doimo tayyor holda boʻladi. Bu ularning 
katta afzalliklaridan biridir. Hozirgi paytda karbonat kislotali 
OSU-5, OSU-5P, havo-koʻpikli OVPU-250; xladonli OS-8M, 
b) 
a) 
c) 


144 
OS-8MD, OF-40, kukunli OP-250 muqim oʻt oʻchirish 
uskunalari ishlab chiqarishda qoʻllaniladi. Muqim oʻt oʻchirish 
uskunalari qoʻlda va avtomatik ravishda yongʻin haqida xabar 
beruvchi asboblar yordamida ham ishga tushirib yuborilishi 
mumkin. Muqim oʻt oʻchirish uskunasining ishlash uslubi 12. 6-
rasmda koʻrsatilgan.
12. 6-rasm. Muqim oʻt oʻchirish uskunasi sxemasi.
Yongʻindan himoya qilinishi zarur boʻlgan xona 1 shiftiga 
avtomatik ravishda oʻt oʻchirish uskunasining quvurlari 2, ularga 
oʻrnatilgan oʻt oʻchiruvchi kallaklari 3 va yongʻin haqida xabar 
beruvchi vosita 4 bilan xabar beruvchi tarmoq ulangandir.
Xonaning biron erida yongʻin chiqsa, oʻsha yerdagi xabar 
beruvchi vositaga ta’sir qilib va elektr tarmogʻi boʻylab buyruq 
beruvchi apparat 7 ga xabar keladi va bu xabar ijro etuvchi 
mexanizm orqali ishlatib yuboruvchi uskuna 8 ga beriladi. Oʻz 
navbatida bu uskuna oʻt oʻchirish sistemasi 9 ni ishlatib yuboradi 
(sxemada azot toʻldirilgan balonlar koʻrsatilgan) undagi oʻt 
oʻchiruvchi modda 6 va 2 quvurlardan oʻtib oʻt oʻchirish 
kallaklari uchiga etib boradi. Yongʻin haqida xabar beruvchi 
vosita 4 ishlagach, boʻyruq beruvchi apparat 7 yongʻin vahimasi 
haqida xabar beruvchi uskuna 11 ni ishlatib yuboradi. Muqim oʻt 
oʻchirish sistemasini ishlatib yuborish, yuqoridagidek avtomatik 
ravishda hamda 10-qoʻlda yurgazib yuborish boshqarmasi orqali 
amalga oshirish mumkin.


145 
Temir yoʻl korxonalarida aksariyat yuqorida zikr qilingan 
oʻt oʻchirish tizimi suv ta’minoti tarmoqlari bilan ulangan 
boʻladi. Avtomatik oʻt oʻchirish tizimi bilan xom ashyo va 
tayyor mahsulot omborlari, yigiruv fabrikalarining saralash, 
chiqindilarni qayta ishlash, changli havoni tozalash xonalari, 
toʻquv va pardozlash fabrikalarining mahsulot sifatini nazorat 
qilish sexlari, tayyor mahsulot omborlari va umuman yonuvchi 
moddalar koʻp miqdorda toʻplanadigan sex yoki xonalarga 
oʻrnatiladi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin