149
tizimi, yurak va nafas olish tizimi hamda modda almashish
tizimi ishlarida boʻzilish holati vujudga keladi. SO
2
bosimning
oshishini, kislorodning zaharlilik qobiliyatini va azotning
narkotik ta’sirini kuchaytiradi.
Uglerod oksidi (SO) – rangsiz va hidsiz gaz boʻlib,
havodan bir oz yengilroq (1,25 g/l), suvda erimaydi, yaxshi
yonadi. Uglerod oksidining zaharlovchi omili uning qon
gemoglobini bilan birikib karboksigemoglobin hosil qilishdadir.
Bu holatda kishi organizmida kislorod etishmasligi yuzaga
keladi. Organizmning uglerod oksidi bilan zaharlanish darajasi,
uning havodagi tarkibiga bogʻliq. Yongʻin sodir boʻlgan
muhitdagi havoning tarkibi anchagina oʻzgarib, yongʻin
natijasida ajralib chiqqan zaharli gazlarning miqdori koʻpayadi,
kislorod miqdori esa kamayadi. Uglerod oksidi ta’sir etganda,
qon kislorod yutish qobiliyatini yoʻqotadi. Nafas olinayotgan
havoda SO 0,05% dan oshmasa, kishi bir soat davomida zaharli
ta’sirni sezmaydi. Havo tarkibidagi SO 0,1% dan oshsa bosh
ogʻrigʻi, qusish, umuman oʻzini yomon his qilish boshlanadi.
Tarkibida 0,5% SO boʻlgan havodan 20-30 daqiqa nafas
olish oʻlimga olib keladi. Uning havodagi miqdori 1% ga etsa 1-
2 daqiqada oʻlimga olib keladi.
12. 2-jadval
Havo tarkibidagi SO va SO
2
ning miqdoriga qarab inson
organizmida sodir boʻladigan oʻzgarishlar
Dostları ilə paylaş: