O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. S. Razikov



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/83
tarix15.12.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#121082
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9

Gaz 
Havodagi 
miqdori, % 
Inson organizmiga ta’siri 
SO 
0,01 
Bir necha soat ichida sezilmaydi 
 
0,05 
Bir soat ichida sezilmaydi 
 
0,1 
Bosh ogʻrigʻi boshlanadi, 1 soat ichida koʻngil 
ayniydi 
 
0,5 
20-30 daqiqada oʻldirishi mumkin 
 
1,0 
Bir necha marta nafas olgandan keyin hushdan 
ketish 1-2 daqiqadan soʻng zaharlanish mumkin 


150 
SO
2
 
1-2 
Nafas olish mobaynida oʻzgarish sezilmaydi 
 
4-5 
Quloqlarda shovqin kuchayadi va nafas olish 
tezlashadi 
 

Bosh ogʻrishi va aylanishi kuzatiladi 
 
10 
Inson hushidan ketadi.
12. 6. Mexanizatsiyalashgan oʻt oʻchirish vositalari 
Mexanizatsiyalashgan, ya’ni asosiy oʻt oʻchirish vosita-
lariga suv nasoslari va avtomashinalar kiradi.
Suvnasoslar (motopompalar) umumiy asosga oʻrnatilgan 
dvigatel va markazdan qochma nasosdan tarkib topgan 
agregatdir.
Toʻqimachilik sanoatida asosan MP-800 va MP-1400 
markali va mutanosib ravishda 800 va 1400 l/min ish 
unumdorligiga ega boʻlgan suv nasoslari ishlatiladi. MP-800 suv 
nasosi payvandlangan yengil rama ustiga oʻrnatilgan boʻlib, 
koʻtarish uchun dastaklar yoki yongʻin chiqqan joyga gʻildiratib 
borish uchun ikki gʻildirakli aravacha ustiga oʻrnatiladi.
Oʻt oʻchirish avtomobillari bajaradigan ishlaridan kelib 
chiqib asosiy, maxsus va yordamchi avtomobillarga boʻlinadi.
Asosiy oʻt oʻchirish avtomobillari oʻt oʻchiruvchilarni, oʻt 
oʻchirish anjom va vositalarni yonayotgan obyektga olib borishni 
hamda yonish zonasiga oʻt oʻchirish vositalarini uzatib berishni 
ta’minlaydilar.
Maxsus oʻt oʻchirish avtomobillari yongʻinni oʻchirish 
paytida maxsus ishlarni bajarishni ta’minlaydilar.
Yordamchi 
avtomobillar 
tezkor 
boʻlinmalar 
ishini 
ta’minlaydilar, ammo ulardan toʻgʻridan-toʻgʻri yongʻinni 
oʻchirishda foydalanilmaydi.
Maxsus va yordamchi oʻt oʻchirish avtomobillari yongʻin-
larda qanchalik tez ishga tushirilsa, shunchalik yaxshi natijalarni 
beradi. Ular uchun yongʻin joyiga qanchalik tez yetib borish va 
vazifasiga kirishish, xuddi asosiy oʻt oʻchirish avtomobillaridek 


151 
zarurdir. Shuning uchun maxsus oʻt oʻchirish avtomobillari ham 
huddi asosiy avtomobillar singari, yongʻin xavfsizligi qismlarida 
jangovor xolatda shay turishlari kerak. Maxsus oʻt oʻchirish 
avtomobillariga benzovozlar, vodovozlar, traktorlar, avtobuslar, 
yengil avtomobillar, avtokranlar, buldozerlar va boshqalar kiradi.
Asosiy oʻt oʻchirish avtomobillari avtosisternalar (AS) yoki 
sisternali oʻt oʻchirish avtomobillari barcha yongʻin avtomobil-
larining asosiy qismini (80%) tashkil etadi.
AS-asosiy va umumiy oʻt oʻchirish avtomobili boʻlib, yon-
gʻin sodir boʻlgan joylarga shaxsiy tarkibni, oʻt oʻchirish 
vositalarini va anjomlarini olib boradi va yongʻinni oʻchiradi. 
Ular olib boraoladigan suv hajmi boʻyicha uch turga boʻlinadi.
- 2000l. gacha - yengil hajmli AS; 
- 2000-4000l. gacha – oʻrta hajmli AS; 
- 4000l. dan yuqori – ogʻir hajmli AS lar.
Hozirgi paytda mustaqil Respublikamizda yengil hajmli 
sisternali oʻt oʻchirish avtomobillari ishlab chiqarish rejalashtiril-
moqda. Bu Uzotoyol shassisida Germaniyaning “MAGIRUS” 
firmasi va Ukrainaning “TITAL” firmasi yordamida yigʻilgan va 
hozirgi paytda Toshkent shahar Yunusobod tumani 18-yongʻin 
xavfsizligi boʻlimida sinovdan oʻtayotgan avtosisternalardir.
“Magirus” firmasi yordamida yigʻilgan sisternali oʻt 
oʻchirish avtomobili 1800 l suv va 150 l koʻpik hosil qiluvchi 
moddani, haydovchi bilan olti oʻt oʻchiruvchini, diametri 25 mm 
li 60 m. kauchukli ichak oʻralgan gʻaltakni oʻzi bilan olaoladi. 
Oʻt oʻchirish anjomlari “Magirus” firmasiniki, suv nasosi 30 l/s 
suvni soʻrib, uzatib beraoladi. Korpus kabinasi haydovchi va 
shaxsiy tarkib uchun alohida joylashgan.
“Tital” firmasi yordamida yigʻilgan sisternali avtomobil 
2400l suv va 150l koʻpik hosil qiluvchi moddani, haydovchi bi-
lan olti oʻt oʻchiruvchini, diametri 25 mm li 60 m rezinali ichak 
oʻralgan gʻaltakni oʻzi bilan olaoladi. Oʻt oʻchirish anjomlari 


152 
“TITAL” firmasiniki, suv nasosi 20 l/s suvni soʻrib, uzatib bera-
oladi. Korpus kabinasi haydovchi va shaxsiy tarkib uchun bitta.
Oʻt oʻchirish mashinalari uchun toʻqimachilik korxona-
larida maxsus depo quriladi. Ular magistral yoʻllar yoniga, 
barcha obyektlarga mashinalar bemalol bora oladigan qilib 
quriladi. Zarur boʻlib qolsa qoʻshni korxonalarga ham tez 
yordam bera olishi uchun depolar korxonadan chiqish dar-
vozalari yaqiniga qurilgani ma’qul. Ularning xizmat qilish 
radiusi A, B va V toifali korxonalar uchun 2 km olinadi. Xizmat 
radiusi bundan katta boʻlgan korxonalarda qoʻshimcha ravishda 
yongʻin postlari quriladi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin