O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. S. Razikov



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/83
tarix15.12.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#121082
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   83
15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9

Sprinklar uskunalari. Sprinklar uskunalari avtomatik oʻt 
oʻchirish vositalariga mansub boʻlib, unda xonaning shipiga suv 
yoki koʻpik harakatlanuvchi quvurlar oʻrnatiladi. Ularga ma’lum 
masofalarda shtutserlar yordamida sprinklar kallaklari oʻrnatil-
gan. Har bir sprinklar kallagi 12 m
2
erga moʻljallanadi. Oddiy 
holatda kallaklarning suv yoʻllari qopqoq bilan berk holda turadi. 
Qopqoqni yengil eruvchan metalldan yasalgan qulf ushlab 
turadi.
Sprinklar kallaklari (12. 7-rasmga qarang) shtutser 1 
yordamida shipdan oʻtgan suv quvurlariga buralib kirgiziladi. 
Shtutserning teshigiga zanglamasligi uchun bronza halqa 2 burab 
kiritilgan diafragma 3 oʻrnatilgan. Diafragmaning bu teshigi 
shisha (qopqoq) 4 bilan berkitilgandir. U esa uchta oʻzaro yengil 
eruvchan metall bilan kavsharlab qoʻyilgan mis plastinkalari 
yordamida ushlab turiladi.
Yongʻin chiqqanda, havo qizib sprinklar kallagiga etib borib, 
yengil eruvchan kavsharlagichga ta’sir qilib, qulf 5 ni buzib 
yuboradi. Bosim ostidagi suvning qopqoq 4 ga bosimi natijasida 
u diafragma 3 dan tushib ketadi va suvga yoʻl ochiladi. 
Teshikdan bosim ostida tushayotgan suv tarqatgich (rozetka) 6 
ga urilib, 9-12 m
2
ga yoyilib tushib, yongʻinni oʻchiraboshlaydi.


146 
12. 7-rasm. Yengil eruvchan metal qulfli sprinkler kallagi: 1-shtutser 2-
bronza halqa; 3-metal diafragma; 4-shisha sharcha-qopqoq; 5-yengil 
eruvchan metalldan yasalgan qulf; 6-suvni sochib beruvchi rozetka 
Sprinklar qulflari 72, 93, 141, 182 
0
S haroratlarda erib 
ketishga moʻljallangan.
Drencher uskunalari. Tashqi koʻrinishi boʻyicha u 
sprinklar uskunasidan kam farq qiladi. Faqat unda yengil 
eruvchan qulf va qopqoq yoʻq. Shuning uchun drencher 
sistemasi xonalarda emas, xonalar va binolar orasiga oʻrnatiladi. 
Bularni yongʻin bir sexdan ikkinchi sexga yoki bir binodan 
ikkinchi binoga oʻtib ketmasligi uchun qoʻllanadi (12. 8-rasm).
12. 8-rasm. Suv bilan o’chiruvchi drencher kallagi: 1-shtutser; 2-yoy;
3-deflektor; 4-rozetka. а-to’g’ri tirqishli; б-vintli tirqishli 
Ularni ishga tushirib yuborish qoʻlda yoki avtomatik 
ravishda issiqlik relelarini qoʻllash orqali amalga oshirilishi 
mumkin. Sprinklar va drencher uskunalari uzluksiz takomillash-


147 
tirib boriladi. Hozirgi paytda ularni faqatgina suv bilan emas, 
balki koʻpik bilan ham oʻchira oladigan, boshqarishni esa 
avtomatlashtirilgan xillari mavjud.
Suv bilan ishlaydigan uskunalarning sprinklar kallaklari 
oldidagi quvurlarda suvning bosimi doimo 0,6 MPa ga, koʻpik 
bilan ishlaydigan quvurlarda esa 0,3 MPa ga yaqin boʻlishi 
kerak. Koʻpik bilan ishlaydigan har bir kallak 17 m
2
ga 
moʻljallanadi. Koʻpik hosil qiluvchi moddaning sarfi 3,5 l/s va 
oʻt oʻchirish vaqti 10-15 min deb olinadi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin