O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. S. Razikov



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/83
tarix15.12.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#121082
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   83
15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9

Oʻt oʻchiruvchi asboblar. Tajribalar oʻt oʻchirgichlar 
amalda qoʻllash va yongʻin xavfsizligi xizmatida bebaho 
ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlagan. Sanoatning koʻplab 
sohalarida yongʻin xavfining ortib borishi, Vatanimizda va chet 
davlatlarda oʻt oʻchirgichlarning sifatini yaxshilash, sonini 
yanada koʻpaytirish hamda ulardan foydalanuvchilarni oʻrga-
tishni yanada yaxshilash, foydalanish tarmoqlarini kengaytirish 
masalalarini hal etishni talab etilmoqda.
Oʻt oʻchirgichlar yongʻinning boshlangʻich davrida
4 daqiqa ichida oʻchirish qobiliyatiga ega ekanligi tajribada 
aniqlangan, ya’ni oʻt oʻchiruvchilar komandasi yongʻin joyiga 
etib kelguncha. Fransuz olimlarining tadqiqotlariga asosan, 75% 
yongʻinlar kunduzgi paytlarda sodir boʻladi. Ma’lumotlarga 
qaraganda, boshqa texnik vositalarga nisbatan oʻt oʻchirgichlar 
bilan ishlab chiqarish korxonalarida 15%, ma’muriy – jamoa 
binolarida 30% atrofida va omborxonalarda esa 20% yongʻin 
oʻchirilmoqda.
Oʻt oʻchirish asboblari dastlabki oʻt oʻchirish vositasi boʻlib 
yongʻinni boshlangʻich davrida uning kuchayib, tarqalib 
ketmasligi uchun ishlatiladi. Ular oʻt oʻchiruvchi moddaning 
turiga qarab quyidagi xillarga boʻlinadi: 
1-suyuqlik vositasidagi (aktiv yuzali moddalar qoʻshilgan 
suv yoki turli kimyoviy birikmalarning suvdagi eritmalari); 


139 
karbonat kislotali (suyultirilgan karbonat dioksidi); kimyoviy-
koʻpikli (kislota va ishqorlarning suvdagi eritmasi); havo – 
koʻpikli (koʻpik hosil qiluvchi moddalarning suvdagi eritmasi 
bilan 
siqilgan 
karbonat 
angidrid 
gazi 
yoki 
havoning 
aralashmasi); xlodonli (galloidlangan uglevodorod asosidagi 
kukunli moddalar-bromli etil, xladon va boshqalar); kukunli 
(karbonat ikki oksidli soda asosidagi quruq kukunlar); aralashma 
holidagi (kukunlar va koʻpik hosil qiluvchi) moddalar.
2-oʻt oʻchiruvchi moddaning miqdori va oʻlchamlari 
boʻyicha kam hajmli (hajmi 5 va 10litrli), koʻchma va hajmi 25 l 
dan kam boʻlmagan muqim uskunalar.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin