Karbonat angidrid gazi. Bu gazni yongʻin chiqqan zonaga
yoʻnaltirish natijasida u yerdagi havoning tarkibida kislorod
miqdorini kamaytirish orqali yongʻinni oʻchirishga qaratilgan.
Bu gaz yonmaydi. Agar havoda kislorod miqdori 15% gacha
tushirishga erishilsa, yongʻin mavjud boʻlish imkoni yoʻqoladi.
Karbonat angidrid gazi, yongʻin oʻchogʻiga gaz holatida hamda
suyultirilgan karbonat angidridli holatida berilishi mumkin.
Suyultirilgan karbonat angidridli oʻt oʻchirgichda u havo bilan
reaksiyaga kirishib -70
o
S haroratli qorsimon modda hosil qiladi,
bu yonayotgan buyumlar yuzasini yaxshi sovutadi.
Inert gazlar.Yongʻinni oʻchirishda inert gazlar – azot va
argon gazlari ham ishlatiladi. Ular ham karbonat angidrid gazi
singari havodagi kislorod miqdorini aralashtirib kamaytiradi va
bu yongʻinni oʻchirishga olib keladi. Bu gazlar karbonat angidrid
gazi singari samarali emas.
Tutun gazlari. Tutun
gazlarida
kislorod
miqdori
havodagidan bir muncha kam boʻlib, taxminan 18-19%ni tashkil
qiladi. Bu gazlar oxirigacha yondirilsa, undagi kislorod miqdo-
rini 5-6%gacha tushirish mumkin. Bunday gazlar yongʻinni
oʻchirishda bemalol qoʻllanilishi mumkin. Oʻt oʻchirish texnika-
sida samolyotlarning oʻz ish muddatini oʻtagan reaktiv dviga-
tellarni ishlatish ham yoʻlga qoʻyilgan. Bular oʻt oʻchirishi
mashinalariga oʻrnatiladi va tutun gazlari suv oqimi bilan birga
yongʻin yuzalariga beriladi.
Ingibitorlar. Galoidlangan uglevodorodlar yonish reaksiya-
siga kimyoviy susaytirgich orqali ta’sir koʻrsatib yongʻinni
toʻxtatadi. Bular inert gazlarga nisbatan ancha samaralidir. Bu
maqsadda bromli etil, bromil etilen, dibromtetroftoreton (freon
114 V
2
)lar ishlatiladi. Freon suv bugʻiga nisbatan 20 marta,
uglerod oksidiga nisbatan 12 marta samaraliroqdir. Goloidlangan
uglevodorodlar choʻgʻlangan paxta xom ashyosi va tolasini
oʻchirishda ayniqsa qoʻl keladi. Ular elektr tokini oʻtkazmaydi
va sovuq havoda muzlab qolmaydi. Qaynash haroratining
136
pastligi (38-98
o
S) va oʻchuvchanligi ochiq joylardagi
yongʻinlarni oʻchirishda qoʻllashga mone’lik qiladi.