15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9
Kukunli birikmalar. Ular yonayotgan gazlar, yengil
alangalanuvchan, yonuvchan suyuqliklar, kuchlanish ostida
boʻlgan elektr uskunalarini oʻchirishda ishlatiladi. Ular arzonligi
tufayli tobora koʻproq qoʻllanilmoqda.
Kukunli oʻt oʻchiruvchi moddalar – bu yaxshi maydalangan
meniral tuzlar boʻlib, tarkibida yopishqoqlikni va qumoqlanib
qolishni kamaytiruvchi turli qoʻshimchalar mavjud. Bularning
boshqa oʻt oʻchirish vositalariga qaraganda afzalliklari quyidagi-
lardan iborat: oʻt oʻchirish qobiliyatining juda yuqoriligi (xatto
goloidlangan uglevodorodlarnikidan ham bir necha marotaba
yuqori), universalligi ular bilan xatto suvda, koʻpikda, gazli yoki
golloidlangan moddalarda oʻchirib boʻlmaydigan materiallar
(ishqor hosil qiladigan materiallar, kremniy va metalloorganik
aralashmalar)ni oʻchirishi mumkin; turlicha oʻt oʻchirish
uskunalarida qoʻllanish imkoniyati va arzonligidir.
Kukunlardan foydalanishda yongʻinni yuqori oʻchirish
samaradorligi quyidagi omillarning birgalikdagi ta’siri hisobiga
erishiladi. Bular: yongʻin zonasida kimyoviy reaksiyani ingibir-
lash (tormozlash); issiqlikni kukun zarrachalarini qizdirishga va
qizdirib parchalashga sarflash natijasida yongʻin zonasini
sovutish; yonuvchi muhitning kukun zarrachalari va uning
parchalangan mahsulotlari bilan aralashtirish va boshqalar.
Koʻpgina modda va materiallar kukun yordamida 5-7 soniyada
oʻchiriladi.
Kukunli tarkiblarning afzalligi nafaqat ularning yuqori oʻt
oʻchirish samaradorligi, balki ularning dielektrik xususiyatlarida
ham namoyon boʻladi. Bu ularni kuchlanish ostidagi uskunalarni
oʻchirishda ham qoʻllash imkonini beradi.
Metalloorganik birikmalarni oʻchirishda SI-2 kukuni
ishlatiladi. Uning asosiy qismi freon 114 V
2
bilan tindirilgan
selikogen zarrachalarni tashkil etadi. Yongʻinga tushgach kukin
137
zarrachalarida alangaga kuchli tormozlovchi (ingibator) sifatida
ta’sir qiluvchi freon ajralib chiqadi. Bu esa ularning
kamchiligidir.