3-ilova Ta’lim jarayoni – bu о‘quv materiali mazmunini yoritishga xizmat qilvchi va mazkur mavzu bо‘yicha talim oluvchilarda nazariy va amaliy bilimlar majmuini о‘zlashtirish imkonini beruvchi 45 yoki 80 daqidadan iborat jarayondir.
Texnologiya ta’limi bo‘yicha o‘zlashtirishni xisobga olish o‘quvchilarni mehnat faoliyati jarayonida ularni bilimlari, mehnat ko‘nikmalari va malakalari darajasini tekshirish va baholashdan iboratdir. Mehnat ta’limining hamma bosqichlarida o‘quvchilarni o‘zlashtirishni aniqlash, ya’ni materialni mustahkamlash mehnat topshiriqlarini, grafik ishlarini uy vazifalarini bajarish vaqtida o‘quvchilarni mehnat ta’limiga oid bilimlari hamda ko‘nikma va malakalari tekshiriladi va baho qo‘yiladi.
O‘quvchilarni o‘quv – mehnat faoliyatini muntazam tekshirib borish va baho qo‘yish ularni berilgan topshiriqlari o‘z vaqtida va puxta bajarishlarini ta’minlaydi, bilimlarni, ko‘nikma malakalarini astoydil egallashga undaydi.
O‘quv mehnat faoliyatni tekshirish va unga baho qo‘yish jarayonida mehnat o‘qituvchisi, o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalarida mavjud bo‘lgan kamchiliklarni sababini aniqlaydi va ularni tuzatish yo‘llarini ko‘rsatib beradi.
O‘quvchilarning o‘zlashtirishini tekshirish o‘qituvchi, o‘zining pedagogik faoliyati natijalarini ham baholashiga ya’ni o‘quvchi o‘quv materialini qanchalik tushunarli qilib bayon qilaolishi va mehnat usullarini ko‘rsatishi, mehnat ta’limining tashkiliy formalari metodlaridan ham ko‘rsatmali qo‘llanmalarda samarali foydalanishga, mustaqil ishlarni tashkil etish ularni bajarilishiga raxbarlik qila olishga baho berish imkonini beradi. O‘zlashtirish to‘g‘risida olingan ma’lumot o‘qituvchiga, o‘quvchilarning bilish va amaliy faoliyatiga samarali raxbarlik qilishi imkonini tug‘diradi. O‘quvchilarning bilimlarini, mehnat ko‘nikma va malakalarini har qanday tekshirish asosida baho qo‘yish (rag‘batlantirish) yotadi. O‘zlashtirishni sistema usulida xisobga olishda quyidagi talablar qo‘yiladi: