O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti


Sinov darslarida o’qitishning noan`anaviy usullarini qo’llash



Yüklə 2,95 Mb.
səhifə97/194
tarix21.09.2023
ölçüsü2,95 Mb.
#129246
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   194
1709 (3)

Sinov darslarida o’qitishning noan`anaviy usullarini qo’llash. Test so’rovi dars. Bunda o’quvchilarga ikki xil variantda test materiallari tarqatiladi. Test materiallari variantlar boyicha sinf o’quvchilariga teng etadigan darajada bo’lishi kerak. Bir xil variantdagi o’quvchilarning joylashuvi va munosabatlari dars davomida e`tiborga olinadi. Testlarni echishda o’quvchilarni nazorat qilishni ikkita a`lochi o’quv-chiga bolalar sonini teng ikkiga bo’lib topshiriladi. O’z-o’zini nazorat qilish natijasida test savollarini echishga kirishiladi. Yakunlangan testlarni tekshirish uchun yig’ishtirib olinib, almashtirib tarqatiladi. Javoblar ikkita o’quvchi tomonidan o’qib beriladi. Guruhdoshlari esa tekshirishni amalga oshiradi. Darsda o’quvchilarning o’z-o’zini boshqarish va natijalarini baholashga 10–15 minut vaqt sarflanadi. Qolgan vaqtda darsning boshqa bosqichlari amalga oshiriladi. Bunda o’quvchilarni 100 foiz baholashga erishiladi.
Texnologiya ta`limida topag’onlik darsini tashkil etish. Texnologiya ta`limiga oid darslarda o’quvchilarining mustaqil, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish usullaridan biri mashg’ulotlarda topag’onlik darslarini tashkil etishdir. Masalan, V–VII sinflardagi yog’ochlarga va metallarga ishlov berish texnologiyasiga oid darslarda buni quyidagicha amalga oshirsa bo’ladi. Misol tariqasida “Yog’ochlarga ishlov berishda ishlatiladigan ish va o’lchov asboblarini o’rganish” mavzusini olaylik. Rejada bu mashg’ulot 4 soatga mo’ljallangan. Dastlab o’quvchilarga mavzuga oid tushunchalar beriladi, olgan bilimlarini takrorlash va mustahkamlash jarayonida topag’onlik darsida foydalaniladi. Bunda o’quvchilarga: “Qani o’quvchilar, hozir biz sizlar bilan ajoyib oyin oynaymiz. Oyinimiz sharti quyidagicha. Ikki guruhga ajralamiz: 1- guruh, nomi – quruvchi-duradgor; 2-guruh, nomi – mebelsoz-duradgor. Men sizlarga bitta-bittadan asboblar tasviri tushirilgan rasmni ko’rsataman. E`tibor qiling! Rasm teng bo’laklarga ajratilib, raqamlar bilan ifodalangan. Raqamlar siz topishingiz kerak bo’lgan so’zlarning birinchi harfi boshlanishini bildiradi. Hushyor bo’ling! Qaysi asbob tasviri tushirilgan bo’lsa, shunga oid ma`lumotlar so’raladi. Kim topag’onlik qilib, birinchi bo’lib anglasa ishora qilib aytishga yoki yozishga ruxsat oladi”, - deb aytiladi.
1-misol (2-rasm). O’quvchilarga bolg’a tasviri tushirilgan rasm ko’rsatiladi.Boyiga: 1. Bolg’a muhrasi qaysi markali po’latdan tayyorlanadi?

2-rasm.
2. Muhraning tuzilishi qanday shaklda? 3. Bu asbobdan ko’proq qaysi kasb egalari foydalanishadi ?
O’quvchilar birin-ketin izlana boshlaydilar. Ularning faoliyati kuzatib boriladi. Guruhlardagi o’quvchilar bir-birlari bilan maslahatlashish imkoniyatiga ega bo’ladi. Har bir javob uchun ma`lum ball qoyib boriladi (bu ishni o’qituvchi amalga oshiradi). Tasvirda berilgan shartlar, savollardan to’la qanoatlangandan so’ng, guruhlarning olgan bal-larini e`lon qiladi. Xulosalanadi: Demak, 1-shart: U7; 2-shart: kvadrat; 3-shart: temirchilik. Mustahkamlash: 1. U7 nimani ifodalaydi? 2. Muhra tuzi-lishiga ko’ra necha xil bo’ladi? 3. Metallarga ishlov beruvchi kasb turlari necha xil ? Shu kabi savollarga javob berish orqali mustahkamlash ishlari amalga oshiriladi.
2-misol (3-rasm). Boyiga: 1.Aniqlik qurilmasining nomi. Eniga (soat strelkasi yo’nalishi boyicha): 2. Asbobning qismi. 3. Rangli metall turi.
3-rasm
Demak, shtangentsirkulda: 1) nonius; 2) shtanga; 3) alyuminiy so’zlari joylashgan ekan.
3-misol (4-rasm). Eniga: 1) asbobning nomi; 2) asbobda bajari-ladigan ish amali (operatsiya). Soat strelkasi yo’nalishi boyicha: 3) asbobning bir qismi; 4) to’g’ri burchakli uchburchak shaklidagi tishlarning og’ishi (gradusi hisobida).
Javoblar: 1) dastarra; 2) arralash; 3) polotno; 4) oltmish;
4 -misol (5-rasm ). Boyiga: 1) asbobning bir turi; 2) asbobning nomi; 3) tirnoq ochishda ishlatiladigan ish asbobi.
Javoblar 1) oyuvchi; 2) iskana; 3) arra;

4-rasm.



5-rasm



5-misol (6-rasm): 1) texnologik moslamaning nomi; 2) moslamaning asosi; 3) moslama qismi; 4) ichki silindrik sirt.
Javoblar: 1) vorotok; 2) korpus; 3) stopor; 4) teshik.

6-rasm.

Yüklə 2,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin