Sinov darslarida boshqotirmalar usulini qo’llash. Amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilarning bilimlarini sinash, mustahkamlash, aqlini peshlash, fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun turli xil oyinlarni tashkil qilish mumkin. Shunday oyinlardan biri boshqotirma oyinidir. Bu oyinni tashkil qilish uchun o’qituvchi tomonidan xattaxtaga boshqotirma jadvali chiziladi va qatorlar nomerlanadi (yoki plakat ko’rinishida chizib tayyorlab olinadi) (7-rasm).
1
6
2
3
4
5
7-rasm. Didaktik boshqotirma
Ushbu qatordagi so’zlarni topish uchun quyidagicha savollar tuziladi.
Eniga:1. Qishin - yozin bir xil kiyimda. Tez o’sadigan terak nomi. Yog’och sirtiga ishlov beruvchi asbob. Yog’och materiallarini yorishda ishlatiladigan asbob.
2..., u hammaga kerak (qurilishda ko’p ishlatiladigan yog’och materiali). Boyiga:6. Eng uzoq yashaydigan daraxt.
Shu savollar bilan o’quvchilarga murojaat qilinadi. Javobini topgan o’quvchi qo’l ko’tarib aytadi yoki javobni xattaxtaga yozadi. O’quvchilar tomonidan topilgan so’zlarning harflari kataklarga mos tushishi lozim. Shu tariqa oyin davom etadi va boshqotirmadagi barcha kataklar so’zlar bilan to’ldiriladi.
Bundan tashqari amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilar bilimini oshirish uchun turli xil topishmoqlar, tez aytishlar, maqollar aytish kabilarni ham tashkil qilish mumkin. Texnologiya ta`limiga oid topishmoqlar yoki texnologiya darslarida ishlatiladigan asboblar to’g’risidagi topishmoqlar o’qituvchi tomonidan berilishi yoki ularni o’quvchilarning o’zlari bir-birlariga berishlari mumkin. Javobini to’g’ri topgan o’quvchilar dars davomida baholab boriladi.