O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi samarqand davlat universiteti aminov I. B., Bustanov X. A., Raximov S. Z


“Вставка” sarlavhali muloqot oynasidan kerakli faylni tanlab,  oynadagi  “Вложить



Yüklə 15,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/197
tarix10.10.2023
ölçüsü15,41 Mb.
#129907
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   197
b45f8bb901485cba334ec72b5fe007cd AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

Вставка
sarlavhali muloqot oynasidan kerakli faylni tanlab, 
oynadagi 
“Вложить
buyrug’i ishlatiladi (5-rasm).
5-rasm 
Natijada ilova qilinayotgan fayl nomi 
“Присоединить”
maydonida hosil bo’ladi (6-rasm).


291 
6-rasm 
Shundan so’ng xat odatdagidek kerakli manzilga jo’natiladi. 
 
11.3. Ta’limga oid axborot resurs web saytlari. 
Misol tariqasida ZiyoNET ахborot-ta’lim portalining yangi talqini 
keltiramiz.
 
 
Ma’lumki, mamlakatimizda yoshlar ta’lim-tarbiyasi davlat 
siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Bu borada olib borilayotgan islohotlar 
zamirida yoshlarni har tomonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalash, 
dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallashlarini ta’minlash ustuvor 
vazifa qilib belgilangan. 
Prezidentimiz tomonidan kelajak avlod tarbiyasiga hamda 
mamlakatimizda axborot texnologiyalari sohasiga qaratilayotgan katta 
e’tibor — ta’lim tizimini va pedagoglar zimmasiga ulkan vazifalarni 
yuklaydi. Bu vazifalarni amalga oshirish chuqur bilim va katta 
mahoratni talab etadi. O‘zbekistonning turli tuzilmalari tomonidan 
axborotlarni uzatish tarmoqlarida ta’lim va yoshlar bo‘yicha 
yaratilayotgan axborot-resurslari yagona «ZiyoNET» axborot ta’lim 
tarmog‘iga birlashtirilgan. Uning vazifalari: yoshlar uchun milliy 
axborot-resurslarini 
shakllantirish 
va 
rivojlantirish; 
yoshlarning 


292 
ma’naviy va aqliy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashadigan 
axborotdan keng ko‘lamda foydalanishlarini ta’minlash: sog‘lom 
turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy tarbiya va sport turlarini 
ommalashtirish, o‘quvchi-yoshlar uchun masofadan turib ta’lim olish 
usullarini va boshqa axborot-kommunikatsiya xizmatlarini ta’lim 
tizimiga joriy etishda ko‘maklashish, ularning huquqiy madaniyati va 
ma’naviyatini yanada yuksaltirish va boshqalardan iboratdir. 
 
Shu maqsadda tashkil etilgan «ZiyoNET» axborot-ta’lim 
portalining faoliyat yuritayotganiga joriy yilning sentabr oyida 9 yil 
to‘ladi. Ana shu davr mobaynida «ZiyoNET» tarmog‘i «qaddini rostlab» 
oldi, millionlab qalblarga, minglab dargohlarga o‘z «ziyosi»ni sochishga 
ulgurdi, desak bo‘ladi. Axborot-resurslarini «ZiyoNET» tarmog‘i resurs 
markazining texnologik maydonchasida joylashtirish, saqlash va 
qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, elektron pochta xizmatlari maktablar, 
akademik litseylar, kollejlar, oliy ta’lim muassasalari, yoshlar 
tashkilotlari, kutubxonalar, muzeylar hamda boshqa ta’lim, ilmiy va 
madaniy-ma’rifiy muassasalardagi foydalanuvchilarga bepul taqdim 
etiladi. Hozirgi kunda barcha o‘qituvchilar, o‘quvchilar va talabalar 
ushbu tarmoqdan foydalanish imkoniyatiga ega. 
Yangi tarmoq imkoniyatlari: «ZiyoNET» tarmog‘ini yanada 
rivojlantirish, uning imkoniyatlarini kengaytirish, ma’lumotlarini to‘liq 
qaytadan yangilash, tarmoqni ommalashtirish maqsadida, bugungi kunda 


293 
mutaxassislarimiz tomonidan tarmoq to‘liq yangicha talqinda, yangicha 
dizayn va ko‘rinishda ish boshladi. 
Bugungi «ZiyoNET» ta’lim tarmog‘i uch xil tilda — o‘zbek, 
rus, ingliz tillarida o‘z foydalanuvchilarini foydali axborot, yangilik va 
xabarlar hamda metodik tavsiyalar bilan ta’minlab kelmoqda. 
Shuningdek, talaba-yoshlarga, o‘quvchi va pedagog-o‘qituvchilarga oid 
turli fanlar bo‘yicha ma’lumotlar yoritilib, bilimlarini mustahkamlashda 
beminnat va bepul yordamchiga aylangan. 
Mazkur tarmoqda «Guruhlar», «Savol-javoblar», «Xorijiy tillar», 
«Kutubxona», 
«Saytlar», 
«Ta’lim 
muassasalari», 
«Arboblar», 
«O‘yinlar» va «Iqtidorli yoshlar» deb nomlangan katta ahamiyatga 
molik bo‘limlar mavjud. Har bir bo‘limda o‘z mavzulari bo‘yicha 
ixtisoslashgan ma’lumotlar yoritiladi. Bundan tashqari, yurtboshimiz 
tomonidan joriy yilni «Sog‘lom bola yili» deb e’lon qilinishi munosabati 
bilan, portalning yirik loyihasi — Fikr.uz’da «Farzandlari sog‘lom 
yurt»…, «Sog‘lom bola yili: malakali pediatrlar tavsiyalari», «Yosh 
onalar va kichkintoylar uchun» nomli bloglar tashkil etilgan bo‘lib, 
ularda mavzu yuzasidan maqola, tavsiya, metodik qo‘llanma va 
yangiliklar yoritib kelinmoqda. 
«Chet tili» bo‘limi. Chet tillarini o‘rganish tarixiy jarayon bo‘lib, 
bizning ota-bobolarimiz azaldan o‘zga tillarni mukammal o‘rganishga 
va ijod qilishga intilganlar. Farobiy, Ibn Sino, Alisher Navoiylar ko‘plab 
tillarni jiddiy tarzda o‘zlashtirganlar, o‘sha tillarda asarlar yaratganlar. 
Shu maqsadda portalda, yangi bo‘lim sifatida ishga tushirilgan «Chet 
tillari» bo‘limi chet tillarini mukammal o‘rganmoqchi bo‘lgan 


294 
kichkintoy, o‘smir va talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, birgina 
uTube.uz loyihasining o‘zidan 1429ta turli chet tillarini o‘rgatuvchi 
videoroliklar o‘rin olgani ham diqqatga sazovordir. O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi «Chet tillarini 
o‘rganish 
tizimini 
yanada 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi PQ-1875-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, 
2013-yilning yanvar oyidan boshlab ZiyoNET Resurs markazi Britaniya 
Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikni yo‘lga 
qo‘ydi va ushbu hamkorlik doirasida maqsadli seminar-treninglar 
tashkillashtirildi hamda tegishli bo‘limlarga jami 340taga yaqin material 
joylashtirildi. 
 
Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan olib 
borilayotgan hamkorlik ta’lim tizimi rivojida, jumladan, Xalq ta’limi 
tizimida chet tillarini o‘qitishning kompleks tizimi, ya’ni uyg‘un kamol 
topgan, o‘qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishda 
katta hissa qo‘shib kelmoqda. Shuningdek, kengash tomonidan ingliz 
tilini o‘rgatuvchi 379ta o‘yinlar hamda didaktik materiallar taqdim 
etilgan bo‘lib, ular ham ZiyoNET portaliga joylashtirilgan. Britaniya 
Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan taqdim etilgan 
veb-resurslar o‘quvchilar, o‘qituvchilar hamda ota-onalar uchun ingliz 
tilini o‘rgatishga mo‘ljallangan bo‘lib, mazkur manbalar bugungi kunda 
portal foydalanuvchilari o‘rtasida tobora ommalashib bormoqda. 
Biz ishonamiz, bugun ilk bora chet tillarini o‘rganayotgan bolalar 
kelajakda yurtimiz ravnaqiga o‘zining munosib hissalarini qo‘shadilar. 


295 
Mamlakatimizning dovrug‘ini yanada ko‘klarga ko‘taradilar. Zero, 
ertamiz ularning qo‘lidadir. Tarmoqning yana bir katta imkoniyatlaridan 
biri uTube.uz deb nomlangan videoportalda bugungacha jami 15 600ta 
resurs joylangan bo‘lib, shundan birgina mazkur «Sog‘lom bola yili»ga 
bag‘ishlangan 150ta videoroliklar mavjudligini ko‘rish mumkin. 
ZiyoNET portalini yanada ommalashtirish va foydalanuvchilarga 
qulaylik yaratish maqsadida ta’lim muassasalari uchun bepul veb-
xosting xizmatlarini taqdim etib kelmoqda, ya’ni foydalanuvchilar portal 
tarkibida sayt-satellit yaratib, o‘z ma’lumotlarini joylashtirib borishlari 
mumkin. Mazkur xizmatni yanada takomillashtrish ishlari amalga 
oshirilishi rejalashtirilgan. 
 
«Iqtidorli yoshlar» bo‘limi. Bugungi kunda bilimli va iqtidorli 
yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ma’naviy kamolotini yanada 
yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Mamlakatimizda 
amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol 
ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin 
fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirayotgan har 
tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan 
yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish maqsadida davlat 
va jamoat tashkilotlarining takliflarini inobatga olgan holda, O‘zbekiston 
Respublikasida 2014-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga 
oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi. 
Mazkur dasturni ishlab chiqishdan asosiy maqsad, kelajak avlodni 
har tomonlama barkamol, yetuk va salohiyatli kadrlar qilib voyaga 


296 
yetishishida huquqiy madaniyatni shakllantirish, ularning jamiyatdagi 
o‘rnini yanada yuksaltirish, ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, 
bugungi rivojlangan jamiyatda o‘z o‘rni va so‘zini ayta oladigan mard, 
jasur bo‘lib voyaga yetishlarida munosib sharoitlar yaratib berish asosiy 
vazifa qilib belgilangan. Zamon talablaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, 
bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan 
rivojlanib bormoqda. Axborot asri deb atalgan bugungi kun o‘z 
tahdidlari ila yoshlar ongiga ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. Yoshlarning 
axborot hurujiga bo‘lgan immunitetini yanada kuchaytirish maqsadida 
ularning bilim va ko‘nikmalarini bunyodkorlik, yaratuvchilik sohalariga 
jalb etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylanmoqda. 
Bugungi kun talablaridan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, 
yoshlarimizga boy ilmiy-adabiy merosimizni tanitish bilan bir qatorda, 
tengdoshlari orasida yuqori natijalarga erishib kelayotgan ilm-fan 
sirlarini yuqori egallagan yosh olimlar, xalqaro Mendeleyev hamda 
matematika olimpiadalarida oltin, kumush, bronza medallarini qo‘lga 
kiritgan iqtidorli yoshlar, sportning turli sohalarida Vatanimiz bayrog‘ini 
jahon arenalarida baland ko‘tarayotgan jahon chempionlarimiz, 
madaniyat, san’at va turli sohalarda eng faol hamda yuqori natijalarga 
erishgan yoshlarimiz haqida turkum maqolalar, ko‘rsatuvlar hamda 
ma’lumotlarni berib borish va ularda havas tuyg‘ularini shakllantirish 
lozim. Shu munosabat bilan ZiyoNET jamoat ta’lim tarmog‘ida yangi 
«Iqtidorli yoshlar» rukni tashkil etildi. Ushbu ruknda fan, ta’lim, 
madaniyat, san’at, sport va boshqa turli sohalarda yuqori natijalarga 
erishayotgan, tengdoshlariga har tomonlama o‘rnak bo‘layotgan yoshlar 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritib borilmoqda. Bugungi kungacha mazkur 
ruknga xalqaro sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishgan 225 
nafar iqtidorli talabalar, o‘quvchi-yoshlar to‘g‘risida ma’lumotlar 
joylashtirildi. Kelajakda ushbu ruknning davomiyligi va ommabopligini 
ta’minlash maqsadida yangi-yangi g‘oyalar amaliyotga tatbiq etilishi 
rejalashtirilmoqda. 
«E-darslik» mobil dasturi: Yuqoridagi ishlar bilan birga, «E-
darslik» mobil dasturini ushbu yo‘lda amalga oshirilayotgan muhim 
qadamlardan biri sifatida baholasak, maqsadga muvofiq bo‘ladi. «E-
darslik» mobil dasturining yaratilish jarayonida avvalambor, 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
aloqa, 
axborotlashtirish 
va 
telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining ishtirokini 
alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Chunki loyiha mazkur Qo‘mita 
tomonidan moliyalashtirildi. Mobil dastur UZINFOCOM Markazi 


297 
hamda Global Solutions mahalliy dasturiy ta’minotlar ishlab chiqaruvchi 
kompaniyasi ishtirokida yaratildi. Bugungi kunda umumta’lim 
maktablarida mavjud darsliklar matnlari Xalq ta’limi Vazirligi 
tomonidan taqdim etildi. «E-darslik» mobil dasturini yaratish bo‘yicha 
ishlar 2013-yilning ikkinchi yarim yilligida amalga oshirildi va texnik 
jihatdan tayyor bo‘lgan dasturga 2014-yil 1-choragida mavjud 
darsliklarni barcha talablarga muvofiq kiritish ishlari ZiyoNET Resurs 
markazining Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim 
vazirliklari qoshidagi bo‘linmalari xodimlari tomonidan amalga 
oshirildi. «E-darslik» mobil dasturi bugungi kunda umumta’lim 
maktablari uchun mo‘ljallangan 40dan ortiq darsliklarni o‘z ichiga 
olgan. 
uMail.uz pochta qutisining imkoniyatlari: 2013-yil 15-may kuni 
UZINFOCOM Markazi tomonidan uMail.uz — bepul elektron pochta 
xizmati ishga tushirildi. 2013-yil 16-iyun kuni pochta o‘zbek tilidagi 
talqiniga ega bo‘ldi. uMail.uz pochtasi barcha foydalanuvchilar uchun 
qulay interfeysga ega bo‘lgan, viruslar va spamdan ishonchli 
himoyalangan elektron pochta qutisini bepul taklif etadi. Pochta xizmati 
quyidagilar asosida xizmat ko‘rsatadi: 

pochta qutisini ochish uchun albatta ID.UZ tizimidan 
ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak; 

bitta xatning maksimal hajmi 20 Mb; 

pochta qutisining maksimal hajmi 1 Gb; 

pochta qutisidan bir yildan ortiq foydalanilmasa, u o‘chirib 
tashlanadi. 
Xizmatning 
veb-interfeysidan 
ham, 
POP3 
protokolidan 
foydalangan holda xatlarni sinxronlashtirish orqali foydalanuvchining 
kompyuterida pochta mijozi orqali ham foydalanish mumkin. Bugungi 
kunga kelib, 60 mingdan ortiq foydalanuvchi tizimda ro‘yxatdan o‘tgan 
va xizmatdan foydalanib kelmoqda. 
Tanlov.uz — Tanlov va grantlar. Ta’limga katta e’tibor 
berilayotgan bugungi davrda insonlar Respublikamizdagi, shuningdek, 
xorijda faoliyat olib borayotgan ta’lim fondlari, grantlari, o‘quv 
muassasalari haqida ko‘proq ma’lumot olishga harakat qiladilar. 
Zamonamiz yoshlari innovatsion bilimlarni olishga hamda ularni 
hayotga tatbiq qilishga harakat qilmoqdalar. Ushbu loyihada 
o‘tkazilayotgan tanlovlar, talabalarni, yosh mutaxassislarni qo‘llab-
quvvatlovchi grant, stipendiya, tadbirlar haqida ma’lumotga ega 


298 
bo‘lishni xohlaganlar uchun axborotlar jamlangan sayt hisoblanadi. 
Tanlov.uz saytining asosiy vazifasi — Respublikada o‘tkazilayotgan 
tanlov, tadbir, grantlar haqida ma’lumotlarni oldindan berib borishdan 
iborat. 
Rivojlanayotgan XXI asrni axborotlar asri deb atayapmiz. Son 
ko‘paygani sari sifatning pasayishi ehtimoli mavjud. Ta’limdagi 
yangiliklar haqida o‘z foydalanuvchilariga qulayliklar yaratib 
berayotgan ZiyoNET tarmog‘i o‘zining alohida tuzilishi bilan ajralib 
turadi. Saytda fan va ta’limga oid yangiliklar matn, foto, video format 
shakllarida joylashtirilganligi axborot olishda qulaylik yaratadi. Saytga 
pedagogika va metodikaga oid eng so‘nggi yangiliklar, dars 
ishlanmalari, fanlar kesimidagi test va savol-javoblarning kiritib 
borilishi foydalanuvchilar uchun yanada imkon yaratmoqda. 
Yoshlarda Vatanga muhabbat, yuksak ma’naviyat, milliy g‘urur va 
milliy iftixor, axloqiy fazilatlar, globallashuv sharoitida milliy o‘zlikni 
anglash, ma’naviy kamolotga intilish tuyg‘ularini shakllantira olish 
uchun pedagog yuksak ma’naviy kamolotga ega bo‘lishi talab etiladi. 
Yoshlarni yot va zararli ta’sirlardan himoya qilish, ularni hayotga, yon-
atrofda yuz berayotgan voqea-hodisalarga daxldorlik hissi bilan 
yashashga o‘rgatish, iymon-e’tiqodli, barkamol insonlar etib tarbiyalash, 
ular qalbida sog‘lom hayot tarziga intilishni, milliy va umuminsoniy 
qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘ularini shakllantirish, o‘z fikrini 
bayon qila olish, ilmiy asoslay bilishi uchun pedagog mafkuraviy 
immunitet va g‘oyaviy kurashchanlik, diniy ekstremizm va terrorizmga 
qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslarini puxta egallagan bo‘lishi 
kerak. 
Yurtboshimiz 
ta’kidlaganidek: «Barchamiz 
bugungi 
hayot 
oldimizga qo‘yayotgan bir achchiq haqiqatning ma’no-mazmuniga yetib 
borishimiz zarur. Bu achchiq haqiqat shundan iboratki, agarda kimda-
kim bizning mustaqil taraqqiyot yo‘limizni, orzu-maqsadlarimizga 
erishish yo‘lini, yangi jamiyat qurish yo‘lini to‘smoqchi bo‘lsa, avvalo, 
hali suyagi qotmagan, mustaqil dunyoqarashi shakllanib ulgurmagan 
yoshlarimizning qalbi va ongining mo‘rtligidan foydalanib, ularning 
ma’naviyatini buzib, bizning azaliy tabiatimiz va muqaddas 
odatlarimizga mutlaqo zid bo‘lgan g‘oyalar bilan chalg‘itib, o‘zining 
g‘arazli va jirkanch niyatlarini amalga oshirish yo‘lida qurol qilib 
olishga urinadi. Milliy manfaatlarimiz va maqsad-muddaolarimizga 
begona bo‘lgan bunday zararli mafkuralar tajovuzi, boshqa xavf-
xatarlar, 
ayniqsa, 
bizning 
mintaqamizda 
kuchayib 
bormoqda. 


299 
Yoshlarimizni bu balo-qazolardan asrash uchun jamiyat ma’naviy 
hayotida bo‘shliq paydo bo‘lishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bunday 
bo‘shliq yuzaga kelgan taqdirda esa, uni yoshlarning ilmga, kasb-
hunarga, sog‘lom turmush tarziga, bunyodkorlik ishlariga qiziqishlari 
bilan hamohang bo‘lgan yangicha hayot mazmuni, yangicha qadriyatlar 
bilan to‘ldirish lozim. Eng muhimi, shuni unutmasligimiz kerakki, 
yoshlarimizga, binobarin, kelajagimizga tahdid solib turgan bu 
xavflarning oldini olish uchun bugun qat’iy harakat qilmasak, ertaga 
kech bo‘lishi mumkin». Bu borada esa ZiyoNET axborot ta’lim tarmog‘i 
barcha uchun birdek do‘st, hamfikr, asosiysi, ishonchli hamkor va 
yordam kerak paytida ularga zaruriy manba bo‘la oladi. 

Yüklə 15,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin