samolyotni zinasida yana shunday hol yuz bersa yoki aeroportda zaharlansa, turistga
sug’urta amal qilmaydi.
Eng achinarlisi, dam olishga borayotganda odam yomon fikrga ham, eng
yomon fikrga ham bormaydi. Bular haqida o’ylamaslikka harakat qiladi. Lekin
xorijda turistlarimiz halok bo’lgani yoki vafot etgani oshkor etilmasada, shunday
hollar uchraydi. Shunday ekan, qanchalik qayg’uli bo’lmasin, sug’urtani
rasmiylashtirish ortiqchalik qilmaydi. Sug’urtalanganda esa qiziqib ko’rish kerak:
unda xarajatlar kompensasiyasi ko’zda tutilganmi, ya’ni u mamlakatdan jasadni uyiga
olib kelish, Dafn etish ko’rsatilganmi, yo’qmi.
Agar yo’q bo’lsa, qarindoshlarga dam olishga ketgan kishining jasadini olib
kelgan uni dafnga tayyorlagan chet ellik Dafn byurosiga, avia yuk tashuvchilar va
boshqa xizmatlarga haq to’lashga to’g’ri keladi.
Beshinchi qoida. Turist ba’zan voz kechgani ma’qul.
Turagentlik taklif etgan sug’urta polisi ishonchsizroq tuyulsa, menejerdan bir
necha o’n dollar qimmatroq bo’lsada, yangi sug’urta rejasi rasmiylashtirishini so’rash
kerak. Agar firma bu taklifga loqayd qarasa, uning xizmatidan foydalanish kerakmi,
yo’qmi, o’ylab ko’rish lozim.
Dostları ilə paylaş: