O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»


 Soat mintaqalari almashish xavfsizligi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə71/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

8.5. Soat mintaqalari almashish xavfsizligi
Tibbiyot statistikasining ko’rsatishicha, havo bo’ylab sayohat qiluvchilarning
ko’pchiligi parvozdan keyin uyqusizlik muammosini boshdan kechiradilar. Albatta,
uyqusizlik qisman iqlim o’zgarishi tufayli ham bo’lishi mumkin. Ammo ko’pchilik
holatlar aynan boshqa soat mintaqasiga tushib qolish bilan bog’liq. Fan-texnika
yutuqlarining ruhiyatga ta’sir oqibati (tungi elektr yoritish, samolyotlar va yer usti
texnikalari shovqini), bularning ta’siri natijasida 24 soatlik sutkalik rejim buziladi.
148



Odatda., parvozdan keyin odamlarni moslashishi uchun bir necha kun kerak bo’ladi.


Ma’lumki, Sharqdan G’arbga qarab uchish og’irroq kechadi va bunda sutkaning vaqti
hyech qanday ahamiyatga ega emas. Bir mintaqa vaqtidan ikkinchi mintaqaga o’tish
va yana orqaga qaytishda uyqu buzilishi mumkin. Bu jismoniy charchash bilan
bog’liq bo’lib, uni qayta tiklashga uzoq vaqt talab qilinmaydi.
Bir vaqt mintaqasidan ikkinchi vaqt mintaqasiga safar uyushtiruvchi
turfirmalar va sayohatchilarga uchish chog’ida bir necha maslahatlar beramiz.
Uchish oldidan turist manzilga qaysi vaqtda yetib borishni aniqlab olishi zarur.
Bu uchishdan bir kun oldin va uchishda hamda keyingi birinchi sutkada rejimni
rejalashtirib olishga yordam beradi. Boshqa vaqt mintaqasiga ko’nikish uchun ikki
mintaqa orasidagi soat farqiga sutka vaqt talab qilinishini esdan chiqarmaslik va
shunga tayyor bo’lish lozim. Ideal vaziyat, ertalab samolyotdan tushgan turist
uyqudan keyin miriqib dam olganday, kechqurun tushganda uchish azobidan
charchaganday his etadi o’zini. Chunki samolyot bortida o’zini miriqib dam oldim
deb his etish qiyin, yaxshisi o’z marshrutini kechki uchishga rejalashtirgan ma’qul.
Kunduzgi uchish chog’ida turistning uxlamagani ma’qul, kechqurun uxlashi
oson bo’ladi, ertalab esa bardam uyg’onadi. Agar tunda uchishga to’g’ri kelsa, uchish
kuni uxlamaslik kerak. Aeroportga charchoq holda kelish lozim, ana shunda tungi
uchish chog’ida uxlashga imkon tug’iladi. Yengilgina uyqu dori tavsiya etish ham
mumkin. Manzilga uchib kelgach, kechgacha uxlamaslik kerak, bunga sovuq dush
qabul qilish, bir chashka achchiq kofe yordam beradi. Bu tavsiyalarga amal qilgan
holda, ertasi kun turist o’zini “o’z vaqt mintaqasi”da hisob qila boshlaydi.
Ayrim aviayo’nalishlarda uzoq davom etadigan parvozlar chog’ida
yo’lovchilarga yorug’lik o’tkazmaydigan bog’ich berishadi. Agar turist uni yo’lda
berishlariga ishonmasa, uydan qora ko’zoynak yoki bog’ich olishi mumkin.
Qorong’ulikda uxlash odam uchun fiziologik xos – ko’z to’rlari “uyqu garmoni” –
melatonin ishlab chiqara boshlaydi va uyqu qattiq va uzoq davom etadi. Hozirgi
zamon farmokologiyasi shuningdek, sintetik melatonin – melaksen tabletkalarini
taklif etadi.
149



Bo’yin ostexondrozidan aziyat chekayotgan odamlar uchun o’tirgan holda


uxlash azob. Bunday sayohatchilarga havo to’ldiriladigan yoqa yoki hyech bo’lmasa,
kichkinagina yostiqcha tavsiya etish mumkin. Ulardan foydalanilganda bo’yin
umurtqalari siqiladi va odam uchun uxlash ancha yengillashadi.
Turist shuningdek samolyotga chiqayotganda yengil oyoq kiyimi olishi lozim,
tanani qisib qo’yadigan tor kiyimlarni kiymaslik zarur (tana bemalol yayrab, qulay
joylashish kerak). Uzoq uchish davomida bir necha marta turib, qo’zg’alib tanasining
holatini almashtirib turish tavsiya etiladi.
O’zini yaxshi his etishi, salbiy ta’sirlardan saqlanish uchun vrachlar uchish
chog’ida quyidagilarga amal qilishni tavsiya etishadi:
- oyoq kiyimini yechib qo’yish yoki ipini bo’shatish;
- kamar va bo’yinbog’ning tugunini bo’shashtirish;
- oyoqni oyoqqa chalishtirmaslik kerak, bu qon tomirlarda bosimni oshib
ketishi oldini oladi, qon tomirlarda tiqin hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaydi;
- tez-tez kerishib, holatni o’zgartirib turish;
- yetarli miqdorda suyuqlik ichish;
- alkogol va achchiq ichimliklar ichishni cheklash (choy, kofe)ga o’rganish
kerak, chunki ular suvsizlanish ta’sirini keltirib chiqaradi.
Bu qoidalarni samolyotda safarli uyushtirgan tur yetakchi ham bilishi, rioya
qilishi kerak. Unga yana bir necha jismoniy mashqlarni bilish, ularni yo’lovchilarni
tan charchoqlarini yozishda qo’llanish maslahat beriladi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin