O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»


 Issiq iqlimli mamlakatlarda tibbiy xavfsizlik



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə69/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

8.2. Issiq iqlimli mamlakatlarda tibbiy xavfsizlik
Afrika, Janubiy va Sharqiy Osiyo, Lotin Amerikasi kabi issiq mamlakatlarda
uchraydigan parazitli va yuqumli kasalliklar O’zbekiston va Markaziy Osiyo
territoriyalarida yo’q, tarqalmaydi ham. Vaholanki, o’zbekistonlik uchun issiq iqlim
odatiy hayot faoliyati hisoblanadi. Lekin unutmaslik kerak, bir ekvator bo’ylab
joylashgan hududlarda atmosfera bosimi, quyosh radiasiyasi, harorat, namlik va
boshqa parametrlar o’rtasida farq mavjud. Ular tufayli odam iqlimning odat
bo’lmagan ta’sirini sezishi, bu sog’liqni yo’qotishga olib kelishi mumkin. Bilib
qo’yish kerak, odatiy bo’lmagan tabiiy iqlim organizmga noxush ta’sir qiladi va ter
ajralishi ko’payishi, uyquning buzilishi, ishtahani yo’qolishi, asab buzilishi va boshqa
holatlarga sabab bo’ladi. Bundan tashqari, issiq iqlim va atmosfera bosimi baland
zonalarga kelganda o’pka va yurak-qon tomirlari kasalliklari kuchayishi mumkin.
Shuning uchun jo’nab ketishdan oldin issiq mamlakatlarga borganda qiynalib
qolmaslik va xavfsizlik maqsadida tibbiy tekshiruvidan o’tish tavsiya qilinadi.
Chunki kasallik bo’lsa, boshqa joyga borganda xuruj qilib qolishi mumkin. Qat’iy
belgilangan vaqtda dori qabul qilib turadigan shaxslar (masalan, insulin, homilaga
qarshi preparatlar va boshqalar) albatta maxsus konsultasiya olishlari zarur. Bunday
mamlakatlarga homilador ayollar va 10 yoshgacha bo’lgan bolalarni safar qilishi
tavsiya etilmaydi.
Issiq iqlimli ayrim mamlakatlarda keng tarqalgan xavfli kasalliklardan biri
bezgakdir. U pasha chaqishdan yuqadi. Keyingi yillarda “bezgakli” mamlakatlarda
bo’lgan odamlarni begakni olib kelish hollari ko’paydi. MDH statistikasiga ko’ra,
rossiyalik vrachlarning ta’kidlashlaricha kech aniqlangani, noto’g’ri davolangani
oqibatida halok bo’lganlar bor.
Odamlar ko’pincha kasallikning sababini tushunishmaydi va uning
profilaktikasi yo’llarini bilishmaydi. Shu munosabat bilan Butunjahon Sog’liqni
142



Saqlash Tashkiloti bir necha “oltin qoida”larni (ular shunday deb ataladi) ishlab


chiqdi. Ular bezgak profilaktikasiga taaluqli. Agar turist borishni mo’ljallayotgan
mamlakatda bezgak xavfi mavjud bo’lsa, u quyidagilarga amal qilishi kerak:
- o’z vrachiga yoki muassasaga murojaat qilishi lozim, ulardan ishonchli
maslahat olish mumkin. Albatta, turfirma turistni epidemiolog vaziyatdan xabardor
qilishga majbur, lekin turistning o’zi o’sha mamlakatda bezgak yuqtirish xavfini bilib
olgani ma’qul. Agar shunday xavf mavjud bo’lsa, vrach unga o’zi bilan bezgakka
qarshi qanday dori olishni va undan qanday foydalanishni, qanday reaksiya berishi
ehtimolini tushuntiradi;
- dorini belgilangan dozada qabul qilish va buni xavfli zonadan jo’nab
ketgandan keyin ham 4 hafta davomida davom ettirish;
- bezgak tarqalgan joyda xonada uxlash kerak, eshik va derazalarga to’r mato
tortilgan, iloji bo’lsa ularga dori shimdirilgan, uchi matrasa ostiga qistirilgan bo’lishi
lozim. Bundan tashqari, qorong’u tushgandan to tong otguncha shunday kiyinish
kerakki, qo’l-oyoqlar, tanada ochiq joy qolmasligi zarur. Ochiq joy bo’lsa, badanni
repellentlar bilan ishlash kerak;
- kasallik belgilarini esda tutish zarur. Agar turistda isitma, bosh og’rig’i,
mushaklar uvushishi, qusish yoki ich ketish boshlansa uning o’zi yoki tur yetakchisi
darhol tez tibbiy yordamga murojaat qilishlari kerak. Vrachga turist qayerda
bo’lganini aytishi lozim. Aytish kerakka, turist bezgakka qarshi dorilar qabul qilgan
bo’lsada, sayohatdan qaytgandan keyin bir o’tsada bezgak xuruj qilishi mumkin;
- unutmaslik kerak, bezgak birinchi alomatlari paydo bo’lgach, 48 soat ichida
o’limga olib kelishi mumkin.
Hashoratlar boshqa xavfli kasalliklarni tashuvchilar ham hisoblanishi mumkin.
Ayrim subtropik va tropik iqlim mamlakatlarida tarqalgan – leyshmaniozlar,
filyariiatozlar, tripanosomozlar va boshqalar, gemorragik isitma, sariq bezgak,
ensefalitlar va boshqa kasalliklar shular jumlasidandir. Professorlar A.Bronshteyn va
N.Malishevlarning ta’kidlashlaricha, bu kasalliklarni namoyon bo’lishi – haroratni
ko’tarilishi, bosh og’rig’i, terining rangi o’zgarishi, et uvushishi, uyqusizlik, jinsiy
organlar, barmoqlarda og’riq, terida yaralar ko’rinishida kechadi. Hashoratlar
143



chaqishining oldini olishda o’sha eshik va derazalarga to’r parda tortilishi, badanga


dori surtilishi, kiyimni iloji boricha yopiq bo’lishi yordam beradi. Eng qulayi tunda
kondisionerli, hashorat va ilonlardan himoya qilingan binoda qolgan ma’qul. Turli
kasalliklarni ko’proq tashuvchi faol qismi pashshalar hisoblanadi.
Turli xil parazit va yuqumli kasalliklarni shuningdek, suvdan, ovqat
mahsulotlardan ham yuqtirish mumkin. Faqat qaynatilgan suv yoki shishadagi suvdan
ichish kerak. Lekin muzdan foydalanmaslik lozim, chunki u qaynatilmagan suvdan
hosil bo’lgan bo’lishi mumkin. Go’sht, baliq, qisqichbaqasimonlar, mallyuskalarni
yaxshi pishirilganini iste’mol qilish zarur. Issiq iqlimli mamlakatlarda tarkibida xom
mahsulotlar bo’lgan taomlarni iste’mol qilmaslik zarur (shu jumladan, meva-
sabzavotlarni), shuningdek, tarkibida sut va xom tuxum bo’lgan mahsulotlar
(xususan, muzqaymoq, mayonez, sous va boshqalar)ni iste’mol qilmagan ma’qul.
Ovqatlanishda xom holda faqat po’sti qalin, o’zi oson archiladigan mevalar (banan,
olma, apelsin, papayya, mango, avakado, guayva)ni yeyish tavsiya etiladi.
Tozalangan mevalarni sotib olmaslik kerak.
Chuchuk suv havzalarida cho’milganda ehtiyot choralariga rioya etish kerak,
yalang oyoq yurmaslik lozim, ayrim suv havzalari tuprog’ida teri orqali o’tuvchi
parazitlar bo’lishi mumkin. Dengiz suvida cho’milish odatda xavf tug’dirmaydi.
Shunga qaramasdan, turist xavfsiz cho’milish joyini aniq bilib olishi zarur. Chunki,
ayrim meduzalar, dengiz tipratikoni, zaharli baliqlar va boshqa ba’zi bir dengiz
hayvonlariga tegib ketish jiddiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun
cho’milish va qirg’oq bo’yida yurganda, maxsus oyoq kiyimi kiyib olish tavsiya
etiladi. Jinsiy aloqa yo’li bilan turistlar yuqtirgan juda ko’p kasalliklar – so’zak,
gonoreya, xlamidioz, oraliq gerpesi, oraliq kondilami, gepatit “V” rivojlanayotgan
subtropik va tropik mamlakatlar issiq iqlimida keng tarqalgan va turistlar ularni o’sha
yoqlardan orttirib kelishgan. Bu mamlakatlarda SPID ham keng tarqalgan. Uning eng
ishonchli profilaktikasi hozircha to’g’ri foydalanilganda erkaklar va ayollar
prezervativlari hisoblanadi, boshqa davosi chorasi yo’q. Jazirama issiq organizmni
qizib ketishi, suvsizlanishi, oftob urishiga sabab bo’ladi. Bu asoratlarni oldini olish
uchun kunduzgi vaqtda minimal jismoniy faollik, yetarli miqdorda suyuqlik (3 l
144



undan ko’proq) ichish talab etiladi. Yengil va erkin, shamollab turadigan kiyimlar,


bosh kiyim kiyish tavsiya etiladi. Ko’zni quyosh nuridan himoya qilish uchun qora
ko’zoynak taqib yurish lozim. Haroratni keskin tushishi, kondisionerli xona, jazirama
issiq tumov kasalliklarini kelib chiqishiga imkon yaratadi. Yuqori harorat va namlik
ayniqsa bolalarda va ortiqcha semiz odamlarda dermatitlar paydo bo’lishiga olib
keladi. Har kuni dush, keng paxtadan tikilgan kiyim kiyib yurish, terining qurushqoq
joylariga surtish va sepish vosiatlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.
Dunyoning sariq bezgak tarqalgan rayonlari (Afrikaning ayrim mamlakatlari va
Janubiy Amerika)ga tashrif buyurgan shaxslar bu kasallikka qarshi emlangan va
immunitet hosil qilgan bo’lishlari lozim. Qaytganlaridan keyin paydo bo’lgan har
qanday kasallik haqida, issiq mamlakatda bo’lgani to’g’risida zamonaviy diagnostika
va davolanish uchun vrachga xabar berishlari kerak.
Jazirama issiq mamlakatlarga jo’nab ketayotganda o’zi bilan shaxsiy aptechka
olib ketish maqsadga muvofiq. Bu yuqumli kasallikni oldini olish, tibbiy yordamga
murojaat qilish imkoniyati bo’lmay qolganda asqotadi. Nazardan qochirmaslik kerak,
kasallik alomatlari issiq mamlakatga kelgandan bir necha kun keyin, shuningdek bu
mamlakatdan jo’nab ketgandan bir necha kun, oy, hatto yil o’tgandan keyin ham
paydo bo’lishi mumkin.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin