O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»


-mavzu. Ixtisoslashgan turizmda xavfsizlik muammolari va



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə76/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

9-mavzu. Ixtisoslashgan turizmda xavfsizlik muammolari va 
jahonning turli regionlaridagi ixtiloflar
Reja:
9.1. Ixtiloflarni turistik jarayonlarga ta’siri
9.2. Ksenofobiya turizmda ijtimoiy ixtilofning omili sifatida
9.3. Jahonning turli mamlakatlarida o’zini tutishning xususiyatlari
155





9.1. Ixtiloflarni turistik jarayonlarga ta’siri
Eng avvalo, turizm jahon hamjamiyatida barqarorlikni mustahkamlashga
imkon beradi. Mahalliy va hududiy harbiy majorlarni bartaraf etadi. Turizm
haqiqatan ham, tinchlikni saqlashning amaliy vositasidir. Harbiy harakatlar, iqtisodiy
beqarorligi, jinoiy vaziyat – bu omillarning barchasi turistlarni jalb etish imkonini
bermaydi, ayrim hollarda turistik oqimlarni batamom to’xtatib qo’yadi (daromadlar
bilan birga bu yerda turistik regionning boy berilgan imkoniyatlari haqidagi gap
yuradi). Aqlli rahbarlar va hukumatlarga ega boshqa xavfsiz regionlar, osoyishta
joylar qarab chiqiladi.
Dunyo tarixidan ma’lumki, urush va turizm mutlaqo bir-biriga mos kelmaydi.
Yugoslaviya hamisha Adratika turizmining gavhari hisoblab kelinardi. O’zaro
fuqarolar urushi oqibatida turistik regionlar qatoridan chiqib ketdi. Uni yana qaytishi
uchun uzoq yillar zarur bo’ladi.
Infratuzilma vayron bo’lgan, yer minaga to’lib ketgan, odamlar qashshoqlikka
mahkum, qurilishlar xarobaga aylangan, g’am-alam, ko’z yoshi oqqan, xaroba joyga
kimning borgisi, kimning ko’rgisi keladi? Kim hayotini xatarga qo’yadi?
Abxaziyaning butun sobiq ittifoq salomatlik maskani hisoblanardi. Qora dengizning
so’lim qirg’oq bo’ylari sovet davrida dam olishning elita rayonlari sanalardi. 90-
yillardagi gruzin-abxaz ixtiloflari tufayli turizm uchun yopiq rayonga aylandi.
Salomatlik koshonalari xarob ahvolda, tarixan turizm orqali kun kechirishga
o’rgangan xalq ishsizlikdan qiynalmoqda. Rossiya davlati Pisundaga o’tib dam
olishga urinayotgan rossiyaliklarning har qanday talabini rad etmoqda. Chunki
turistlarning xavfsizligini ta’minlash (nafaqat ularning mulki, balki hayotini ham)
iloji yo’q.
Urush majoralari kechayotgan rayonlar va hududlar turizmni to’xtab
qolganidan aql bovar qilmas darajada zarar ko’rmoqda. Boshqa regionlari olaylik.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin