O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə29/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

Tailand qirolligi. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, bu yerda har qanday
polisiya xizmati (yo’l, qo’riqlash, jinoyat) juda xushmuomila va xayrihoh, ularga har
qanday masalada bemalol murojaat qilish mumkin. Turistik polisiya ham bor. Uning
xodimlari yanada xushmuomila va inglizcha so’zlasha olishadi. Lekin shu o’rinda
unutmaslik kerak, qo’pollik qilinsa yoki kalondimog’lik qilinsa, ular bularni
kechirishmaydi. Mutaxassislarning aytishicha, bu juda qimmatga tushadi. Turistning
ko’chada o’zini haqida gapiriladigan bo’lsa, unutmaslik kerakki, bu mamlakatda
seksual izchilikka munosabat liberal, shuning uchun birga tailandda nudizm 
taqiqlangan.
Keraksiz vaqtda, keraksiz joyda, keraksiz pulsiz majoro keltirib chiqarish
polisiya uchastkasida ko’ngilsiz bilan tushgashi mumkin.
Tailandda Turkiyadagidek ixtilof holatida yaxshisi oldindan pulni to’lab, keyin
polisiya bilan qo’rqitish ma’qul. Ammo bunda bir salbiy holatni unutmaslik kerak:
polisiya ishni cho’zishni yaxshi ko’radi, uchastkada soatlab o’tirishga majbur qiladi,
oqibatda turist majoraga aralashib qolganidan o’zi pushaymon qiladi.
Birlashgan Arab Amirliklari. Ekspertlarning aytishlaricha, BAAda dunyodagi
eng qonunga quloq tutuvchi fuqarolar yashashadi va bu yerda jinoyatchilik juda kam.
80 yillar oxiridan “Temir parda” qulab tushgach, arab Sharqiga chelnoklar oqimi
76



yopirilib kela boshladi. Ular bilan birga cho’ntak o’g’rilari, fohishalar ham ko’paydi,


oqibatda mahalliy hokimiyat bir qator jiddiy choralarni ko’rishga majbur bo’ldi.
Mahalliy qamoqxonaga hammani – haqiqiy banditlarni ham, sayyoq daydilarni ham
birday tiqishadi.
Sharqda o’g’ri yoki ichkilikbozni (tabiiyki, chet ellik turistni) olomon oldida
100-150 darra urish bilan jazolash mumkin. Shariat sudi hukmiga ko’ra, jazoga
mahkum etilgan maxsus joyda olomon ko’z o’ngida kaltaklanadi, keyin yana
fuqarolik sudiga sudrashadi, u yerda jarima solishadi, qamoqqa hukm qilishadi.
Dubayda vaziyat yengilroq, chet ellik shariat bo’yichv sud qilinmaydi. Lekin
shafqatsizlarcha turmaga tiqiladi.
Ta’kidlash kerak, Amirliklar polisiyasi formada navbatchilik qilishadi,
ko’pincha shtat formasida. Bular polisiya agentlari. Shunday voqyea bo’lgan.
Ramazonda turist o’z otelidan ikki shisha jin bilan chiqib, ko’chani kesib qo’shni
otelga o’tmoqchi bo’lgan, xolos. Agent tomonidan ushlanib bir oy turmaga tashlagan.
Magazinda tilla zanjir o’g’irlagan 6 oy turmaga tashlanadi. O’ldirish bilan
qo’rqitish yetti yilga qamoqqa mahkum etadi, mahalliy ayollarni haqoratlagan
jarimaga tortiladi va qamoqqa tiqiladi. G’arazli ta’qib etish, biror-bir xushomod
haqorat hisoblanadi, masalan, ayolni eshikda oldinga o’tkazib yuborish va qo’l berish
mumkin emas. Boshqa tomondan, Amirlikda jinoyatchilikka qarshi eng sevimli
kurash usuli ig’vogarlikdir. Polisiya fohishani nomerga taklif qiladi, agar turist bunga
rozi bo’lsa, uch yildan besh yilgacha qamoq jazosi oladi. Bunda guvoh bo’lishi shart
emas. Boshqa usul – diskotekada agent turistga kokain hidlashni taklif qiladi va u
rozi bo’lsa, qamoqqa oladi, keyin sud “aybdorni” besh yilga kesadi. Narkotik
moddalarni sotuvchilar shayxning maxsus buyrug’iga ko’ra, qatl etiladilar.
Agar yo’lda biror ko’ngilsizlik ro’y bersa, besh-yetti minut kutgan ma’qul.
Shaharda patrullik shunday tashkil etilganki, har bir nuqtaga polisiyachi har yetti
minutda bir aylanib keladi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin