sabzavot, o’simlik, qalamchalar, o’simlik urug’lari, gullar olib kirish mann etilgan.
Venesuelada – tulup, hayvonot olamining noyob turlariga mansub terilarni
olib chiqib
ketish ta’qiqlangan. Shuning uchun turistik xizmatlar eksport iva importi bilan
shug’ullanayotgan turoperatorlar bu borada har xil anglashilmovchiliklar ro’y
bermasligi uchun bunga o’xshash xizmatlar bilan hamkorlikda bo’lishlari talab
etiladi. Aytaylik, Andorrada veterinariya va agronomiya nazorati bevosita chegarada
joylashgan, biror shubhali holat paydo bo’lsa, to’g’ri ularga murojaat qilish mumkin.
Turistlarni kasallik potensial manbai qayerda yashiringan bo’lishi mumkinligi
haqida xabardor qilish lozim. Xususan, ularga o’z bagajlarini tayyorlashda e’tiborli
bo’lish talab qilinadi. Turistlar ba’zan o’zlari bilan oziq-ovqat oladilar, borayotgan
joyidagi mamlakatda mahalliy ovqat ularga to’g’ri kelmasligidan xavotirlanadilar.
Kasalliklarni keltirib chiqaruvchi begona o’tlar, viruslar va bakteriyalar g’allada va u
qayta ishlangan mahsulotlar (un, krupa, guruch)da, ho’l va quritilgan mevalar (shu
jumladan, sabzavotlar, yong’oq, mevalar)da, kofe, choy, turli urug’lar, yem-xashak,
somon, tamaki xom-ashyosi, jun, paxta va boshqa tolalarda, oshlanmagan terilar,
yog’och va yog’och buyumlar, ko’chatlar, tirik o’simliklar va ularning bo’laklarida
bo’lishi mumkin.
Aytganday,
guldastalar alohida xavf tug’diradi: poyasi va yaproqlari ichida
tripslar yoki pashshalar tuxum va lichinka to’dalari bo’lishi mumkin. Ta’kidlash
kerak, guldastani samolyotda bo’lishi, keyin suvda saqlanishi
lichinkalardan katta
hashoratlar urchib chiqishi va atrofga tarqalishi uchun yetarli. Shu munosabat bilan,
masalan, Rossiya territoriyasida guldastalar bilan issiqxona xo’jaliklariga kirish
ta’qiqlangan. Gap shundaki, oranjeriyalarda alohida issiq sharoit yaratilgan, xavfli
hashoratlar uchun bu qulay, buning ustiga teplisalarda ularning tabiiy kushandalari
yo’q. Lekin bu talablarga rioya etilmagani oqibatida Rossiya issiqxonalariga
koliforniya tripsi kelib qolgan. Gollandiyaga Gvatemaladan Palma tripsi o’tdi.
Shimoliy Amerikada yashovchi makkajo’xori qo’ng’izi, diabrotika Serbiyada
aerodrom yaqinidagi makkajo’xorizorida aniqlandi. Hindistondan rasm chizish
cho’tkasi bilan daraxt kemiruvchi qo’ng’iz kelib qolgani ma’lum.
128
Bundan tashqari, turistlarni bo’ladigan mamlakatda hayot va sog’liq uchun
xavfli o’simliklar borligidan xabardor qilib qo’yish kerak. Ayniqsa ular tabiatni bilish
marshruti bo’ylab sayohat qilishganda ehtiyot bo’lishlari zarur. Yava va Kalimantan
orollarida baland, chiroyli daraxt-anchar uchraydi, uning sharbati zaharli, yapon lak
daraxtining bargi ham zaharli. Shimoliy Amerikada sumax butazorlari o’sadi, uning
bargi va tanasi zaharli tuk bilan qoplangan, terini teshishga qodir, jarohatga tushsa
yanada xavfli. Bundan tashqari, sumax o’z zahari bilan atrofni bulg’aydi, shuning
uchun uning yaqinida bo’lish xatarli. Marsinella deb chiroyli nomlanuvchi zaharli
daraxt ham xavfli: yonida ozgina turilsa kifoya, og’ir zaharlanish turgan gap
(botanika bog’ida bu daraxt odamlar yaqin kelmasligi uchun panjara bilan o’rab
qo’yilgan).
MDH territoriyalarida ham juda ko’p zaharli o’simliklar o’sadi, turfirmalar ular
haqida turistlarni oldindan xabardor qilib qo’yishlari kerak. Masalan, uylar oldida
chayon o’t o’sadi, butun tanasi zaharli. Bunday o’simliklar o’rmonlarda ham ko’p
uchraydi. Yaylov o’tlari orasida, daryo qirg’oqlarida ham ularni ko’rish mumkin.
Lyutikning turlaridan biri uyuvchi deb ataladi: uning sharbati tarkibida asab tizimini
zararlovchi modda bor. Tuyoq izini eslatuvchi o’simlik barglari ham uncha katta
emas. Kopiten deb ataladigan bu o’simlik bargi, tomiri jiddiy zaharlanishga olib
keluvchi zaharga ega. Botqoqlik bagaulniki ham zaharli. Butasimon bu o’simlik
hushdan ketgizuvchi o’tkir hidga ega.
Esdan
chiqarmaslik kerak, romantik
landыsh guli o’z mevasi va ildizida
zaharli moddalarga ega. Bo’ri tish degan buta ham zaharli hisoblanadi. Yorqin
mevasi “bo’ri mevasi” sifatida ma’lum.
Turistlar yana shuni bilib qo’yishlari kerakki, odatda zaharli o’simliklarni
zaharlaridan farq qilish qiyin, xato qilib qo’yish esa o’lim bilan barovar.
Misol uchun,
sikuta yoki zaharli vex iste’mol qilinadigan petrushkaga o’xshaydi. Sikuta zaharli
kuchli, o’limga olib boruvchi zahar hisoblanadi. Belokrilnik degan o’simlikning ham
bargini homlay yeb bo’lmaydi. Ko’knorining esa ko’sagi zaharli, olchani eslatuvchi
belladonn ham zaharlidir. Shuning uchun dorivor o’simliklarni yig’ganda ehtiyot
129
bo’lish lozim. Esdan chiqarmaslik kerak, zaharlar juda oz miqdorda foydali bo’lishi
mumkin. Aytaylik belladonn mevasining uch donasi odamni o’ldirishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: