130
Elektron tijorat bozor sifatida
Elektron bozor deganda axborot va telekommunikatsiya
texnologiyalari va tizimlarining rivojlangan tuzilmalar sharoitida
o‘ziga xos xususiyatlari bilan tavsiflangan uning ishtirokchilari va
ularning o‘zaro munosabatlari jarayonlarini tushunimiz mumkin.
Elektron bozor an’anaviy jismoniy bozorga qaraganda ancha
mukammal raqobat bilan ajralib turadi. Elektron bozorda ko‘plab
sotuvchilar
va xaridorlar ishlaydi, bozorga yangi ishtirokchilar
kirib borishi uchun hech qanday to‘siqlar yo‘q, barcha ishtirokchi-
lar ma’lumot olish huquqiga ega.
Elektron
bozorda tovarlar
va
xizmatlarning
ishlab
chiqaruvchilari va iste’molchilari ishtirok etadilar .
Aloqa sohasidagi o‘zgarishlar iste’molchilarga tovarlar va
xizmatlar to‘g‘risida ma’lumot olish,
buyurtmalar berish, mah-
sulotlarni to‘lash vositalariga ta’sir etayapti.
Elektron bozor ko‘p jihatdan oddiy bozorga o‘xshaydi, uning
asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
o‘yinchilar (kompaniyalar, yetkazib beruvchilar, vositachi-
lar, do‘konlar va mijozlar);
mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar);
jarayonlar (ta’minot, ishlab chiqarish, marketing, raqobat,
taqsimlash, iste’mol va boshqalar).
Farqi
shundaki, elektron bozor elementlari (hech bo‘lma-
ganda ularning bir qismi) virtual (elektron) bo‘ladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, potentsial xaridor va sotuvchilarn-
ing katta soniga etishish bilan bog‘liq bo‘lgan aniq afzalliklarga
qaramay, elektron bozor an’anaviy bozorlarga xos bo‘lgan barcha
muammolarni hal qila olmaydi. Bundan
tashqari, u o‘z muam-
molarini keltirib chiqaradi. Avvalo, u elektron bitimlar samara-
dorligini kamaytiriradigan yangi turdagi xarajatlar paydo bo‘lishi.
Elektron (raqamli) mahsulotlar talabga moslashuvchanligi
yo‘qori. Xaridorning ehtiyojlariga oid ma’lumotlar
taqdim etila-
yotgan mahsulot turlarini sezilarli darajada kengaytirishi mum-
kin. Bunday yetarlicha tabaqalashtirilgan va segmentlangan bo-
zorda narxlar xaridor to‘lashga rozi bo‘lgan maksimal darajagacha
ko‘tarilishi mumkin.