O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya medisinasiinstituti


Fermer xujaligi faoliyatini diversifikasiyalashning iqtisodiy asoslari



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/14
tarix20.04.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#125710
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Samarqand veterinariya medisinasiinstituti iqtisodiyot va agrote

3.3. Fermer xujaligi faoliyatini diversifikasiyalashning iqtisodiy asoslari 
O‘zbekiston Respublikasida fermer xo‘jaliklari faoliyatini diversifikatsiyalash
ularni faoliyatiga zamonaviy texnologiyalarni jalb etish bo‘yicha respublikamizda 
etarli darajada huquqiy asoslar yaratilgan. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi 
“Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi va “Mulk to‘g‘risida”gi qonunlari asosiy huhuqiy 
hujjatlar bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu qonunlarga muvofiq fermer xo‘jaliklari 
asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan tashqari, ishlab chiqarishning boshqa turlari va 
xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanish huquqiga ega. 
Fermer xo‘jaliklarining ushbu huquqi so‘ngi yillarda ham bir qancha qonunlar 
hamda me’yoriy hujjatlar bilan mustahkamlanib kelinmoqda. Bu borada O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2008 yil 6 oktabrdagi “Fermer xo‘jaliklari yerlarini 
optimallashtirish va yiriklashtirish to‘g‘risida”gi Farmoyishi fermer xo‘jaliklari 
faoliyatini diversifikatsiyalash bo‘yicha muhim tadbirlarni o‘z ichiga oladi. 
Farmoyishda fermer xo‘jaliklari yer maydonlarini yiriklashtirish va past rentabellik 
bilan ishlab kelayotgan fermer xo‘jaliklari yer maydonlarini davlat ixtiyoriga 
o‘tkazish ko‘zda tutilgan. 
Keyingi yillarda ham bu tadbir rivojlantirilib borildi. Xususan, 2009 yilning 22 
oktabrida Prezidentimizning “Fermer xo‘jaliklarining yer uchastkalari hajmlarini 
yanada maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-3287-sonli farmoyishiga 
asosan, past rentabellik bilan ishlayotgan fermer xo‘jaliklari yer uchastkalarini yuqori 
samara bilan ishlayotgan fermer xo‘jaliklariga qo‘shib berish hamda ularning faoliyat 
turlarini yanada kengaytirish ishlari amalga oshirildi. 
Ushbu farmoyishlar pirovardida fermer xo‘jaliklari ishlab chiqarish faoliyati 
turlarini kengayishiga hamda qo‘shimcha faoliyat turlarini tashkil qilinishiga olib 
keldi. Fermer xo‘jaliklari yer maydonlarini muqobillashtirish borasidagi qonunchilik 
tizimini yanada takomillashtirish maqsadida 2011 yil 18 aprelda Prezidentimizning 
“Fermer xo‘jaliklarini qayta tashkil etish va ularning yer maydonlarini 
optimallashtirishda qonunchilikka rioya etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni 
e’lon qilindi. Ushbu farmonning 2-bandida quyidagi masala keltiriladi: “Belgilab 
qo‘yilsinki, fermer xo‘jaliklarini qayta tashkil etish va ularning yer maydonlarini 
optimallashtirishga doir barcha masalalar mahalliy hokimiyat organlari yoki boshqa 
vakolatli organlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibga qat’iy muvofiq 
ravishda taqdim etiladigan da’volar asosida sud orqali hal qilinadi” Demak, fermer 
xo‘jaliklari yer maydonlarini optimallashtirish juda muhim masalalardan hisoblanib, 
bu tadbirga doir barcha masalalar vakolatli organlar tomonidan sudda hal qilinadi. 
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2009 yil 15 maydagi 
“Tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish choratadbirlari 
to‘g‘risida”gi PQ-1112-sonli qarorida hamda 2011 yil 7 fevral "Kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlik yili" Davlat dasturi to‘g‘risidagi PQ-1474 –sonli qarorida kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik yanada rivojlantirishni rag‘batlantirishni kuchaytirish, 
20 


mamlakat iqtisodiyotining barqaror faoliyat yuritishida uning rolini oshirish, yangi 
ish joylarini shakllantirish va aholi bandligini ta’minlash, shuningdek, xususiy 
tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish hamda yuritish uchun qo‘shimcha ravishda qulay 
shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlik sub‘ektlarining huquqlari va qonuniy 
manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari yoritilgan. Bu qarorga muvofiq 
mamlakatimiz va uning hududlarida yanada qulay biznes-muhit yaratish, xususiy 
mulkchilikning ustuvorligini mustahkamlashga yo‘naltirilgan qonun hujjatlarini 
takomillashtirish va bu borada ishonchli kafolatlarni ta’minlash, tadbirkorlikka 
ko‘proq erkinlik berish, davlatning boshqaruv funksiyalari va ruxsat beruvchi 
normalarini qisqartirish, byurollatik to‘siq va g‘ovlarni olib tashlash, kichik biznes 
subektlarining moliya-kredit va xomashyo resurslaridan, ular ishlab chiqaradigan 
mahsulotlarga davlat buyurtmalari berilishidan keng foydalanishini ta’minlaydigan 
bozor vositalari va mexanizmlarini tadbiq etishni yo‘lga qo‘yish amalga 
oshirilmoqda. 
Fermer xo‘jaliklarini modernizatsiyalash ularni ishlab chiqarish faoliyatini 
diversifikatsiyalashda 
muhim 
omil 
hisoblanadi. 
Fermer 
xo‘jaliklarini 
modernizatsiyalash mexanizmini yanada takomillashtirish borasida O‘zbekiston 
Respublikasi birinchi Prezidentining 2008 yil 16 iyuldagi “Innovatsion loyihalar va 
texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori muhim me’yoriy hujjat hisoblanadi. 
Ushbu qaror barcha kichik biznes sub‘ektlari qatori fermer xo‘jaliklarida ham ishlab 
chiqarishni modernizatsiyalashning tashkiliy-huquqiy asoslarini mustahkamlaydi. 
Ushbu qaror ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsionishlanmalarni rivojlantirish 
hamda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash 
jarayonlariga tadbiq etishni rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy mexanizmlar yaratish, 
fan va ishlab chiqarishning yanada mustahkam aloqasini ta’minlash, shuningdek, 
ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda real iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari o‘rtasida 
uzviy hamkorlik aloqalarini o‘rnatish mexanizmlarini yanada takomillashtirish 
masalalarini qamrab olgan. 
Respublikamizda fermer xo‘jaliklari faoliyatini diversifikatsiyalash bo‘yicha 
etarli darajada ilmiy va tashkiliy-huquqiy asoslar yaratilgan. Tadbirkorlikning 
qonunda ko‘zda tutilgan har qanday shakllari faoliyati tegishli davlat organlari 
tomonidan qo‘llab quvvatlaniladi. Bu esa o‘z navbatida fermer xo‘jaliklari faoliyatini 
diversifikatsiyalash 
tadbirlari 
oldida 
turgan 
ilmiy 
hamda 
tashkiliyhuquqiymuammolarni yumshatadi. 
Mamlakatning qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish tarkibi shakllanishida birlamchi 
ravishda uning geografik o‘rni, tabiiy-iqlim resurslari va resurs salohiyati muhim 
ahamiyat kasb etadi. Mavjud tabiiy imkoniyatlar etarli bo‘lgan holatda, qishloq 
xo‘jaligi hududiy ixtisoslashuvi shakllantiriladi hamda mamlakat aholisining oziq-
ovqat mahsulotlariga va sanoat tarmoqlarining xom-ashyoga bo‘lgan talabidan kelib 
chiqib, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini beruvchi 
samarali ishlab chiqarish tanlanadi. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish tarkibi 
tanlanganidan so‘ng, bozor qonuniyatiga ko‘ra zarur bo‘lgan tovar ishlab chiqarish 
jarayoni boshlanadi, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqaruvchi 
21 


tomonidan yaratilgan mahsulotga bozorda talabning bo‘lishi ishlab
chiqaruvchi 
daromadini ta’minlasa, mahsulotning haddan
tashqari ortiqchaligi esa mavjud 
bozorning to‘yinishiga va bozorda mahsulot
turlarining ortishiga olib kelishi 
oqibatida daromadning oshishiga aks ta’sir etadi. 
Diversifikatsiyalashuvning asosiy maqsadi bir necha yo‘nalishda faoliyat olib 
borgan holda tavakkalchilikni kamaytirish va daromadni oshirish bo‘lib, u o‘ziga xos 
ravishda davriylik kasb etishi mumkin (bir tarmoqning tanazzulni boshidan 
kechirayotgan davrida, boshqasi o‘zining rivojlanish cho‘qqisiga erishishi 
mumkinligi). Diversifikatsiyalashgan korxonalar raqobat kurashida ancha barqaror 
bo‘lib, ularda siklik, tarkibiy va kon’yunkturaviy tebranishlardan hosil bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan zararlar xavf-xatari kamayadi. Diversifikatsiya sub‘ektlar xo‘jalik 
faoliyatini rivojlantirishning umumqabul qilingan va zaruriy usullaridan hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktyabrdagi PF-5199-sonli 
“Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali 
foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
farmonida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini yanada rivojlantirishda, qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini barqaror oshirib borishda hamda 
yer maydonlaridan samarali foydalanishda qator muammo va kamchiliklar 
kuzatilganligi,fermer xo‘jaliklarining asosiy qismi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini 
yetishtirish bilan cheklanib qolayotganligi, ularning qayta ishlash, saqlash, tayyor 
mahsulotlarni sotish va xizmatlar ko‘rsatish kabi ko‘p tarmoqli faoliyatini yo‘lga 
qo‘yishda mavjud imkoniyatlardan foydalanilmayotganligi e'tirof etilgan holda 
“...2022 yilning 1 yanvaridan boshlab ko‘p tarmoqli faoliyatni yo‘lga qo‘ymagan 
fermer xo‘jaliklari bilan yer ijarasi shartnomalari qonun hujjatlariga muvofiq bekor 
qilinadi” deb belgilab qo‘yildi. 
“Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi” ning asosiy tarmog‘i sifatida – fermer xo‘jaligi 
tashkil etilishi paytida yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasida 
belgilangan asosiy ixtisoslashuv yo‘nalishi qabul qilinishi to‘g‘ri bo‘ladi. 
“Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi” – fermer xo‘jaligi tashkil etilishi paytida yer 
uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga olish
shartnomasida belgilangan
asosiy 
ixtisoslashuv yo‘nalishidan boshqa qonunchilik bilan ta'qiqlanmagan sohalarda ishlab 
chiqarish va xizmat ko‘rsatishni tashkil etgan xo‘jalik yuritish sub'ekti hisoblanadi. 
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarishning qo‘shimcha tarmog‘i 
asosiy tarmoq bilan bog‘liq holda yoki asosiy tarmoq bilan bog‘liq bo‘lmagan 
sohalarda tashkil etilishi mumkin
5
. Xususan: 
· qo‘shimcha tarmoq asosiy tarmoq bilan bog‘liq holda tashkil etilganda – 
masalan, fermer xo‘jaligi sabzavotchilik yo‘nalishida (asosiy tarmoq) faoliyat yuritsa 
qo‘shimcha tarmoq sifatida sabzavotni qayta ishlash sexlari faoliyatini
yo‘lga 
5
Mamarasulov X. va boshqalar “Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va rivojlantirish masalalari”-Amaliy qo‘llanma.T-2016 y
22 


qo‘yishi, mahsulotlarni tayyorlash, tashish va saqlash, chorvachilik mahsulotlari 
yetishtirish kabi sohalarda o‘z faoliyatini kengaytirishi nazarda tutiladi; 
· qo‘shimcha tarmoq asosiy tarmoq bilan bog‘liq bo‘lmagan sohalarda tashkil 
etilganda – masalan, fermer xo‘jaligi paxta g‘allachilik yo‘nalishida (asosiy tarmoq) 
yuritsa qo‘shimcha tarmoq sifatida aholiga taransport xizmati ko‘rsatish, xo‘jalik 
qoshida kichik tikuv sexlarini tashkil etish kabi sohalarda o‘z faoliyatini kengaytirishi 
nazarda tutiladi. 
23 



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin