3.1.2-jadval
Kattaqo’rg’on tumani qishloq xo’jaligining asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari
tahlili (2016-2018 yy.)*
O’lchov
Yillar
2018 yilda 2016 yilga
№ Ko’rsatkichlar
nisbatan o'zgarish
birligi
2016
2017
2018
+/-
%
1. Jami daromad mln so’m 647546,0 679923,3 867173,8 219627,8
133,9
2. Jami
xarajatlar
mln so’m 523538,5 550238,9 697117,2 173578,7
133,2
3. Yalpi foyda
mln so’m 124007,5 129684,4 170056,6 46049,1
137,1
4. Rentabellik
darajasi
%
23,7
23,6
24,4
0,7 punkt ko’paygan
*Manba: Kattaqo’rg’on tumani qishloq xo’jaligi bo’limi
ma’lumotlari
3.1.2-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Kattaqo’rg’on tumani qishloq
xo’jaligini 2016-2018 yillar ma’lumotlari asosida o’rganish natijasida jami
daromadlar – 33,9%ga, xarajatlar – 33,2%, yalpi foyda – 37,1%ga ko’payishi,
rentabellik darajasini 0,7 punktga oshishiga ta’sir etganligini ko’rish mumkin.
3.2. Fermer xujaligi faoliyatini diversifikasiyalashning xuquqiy asoslari
“Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida” gi (1998 yil va 2004 yil yangi tahrirda)
qonunlarini qabul qilinishi natijasida tadbirkor va qobiliyatli dehqonlarga 50
yilgacha, 30 yildan kam bo‘lmagan muddatga yerlar biriktirildi, fermer xo‘jaliklari
boshqa xo‘jalik sub'ektlari bilan teng sharoitda faoliyat ko‘rsatishiga erkinlik berildi.
1998 yil 30 aprelda O‘zbekiston Respublikasining “yer kodeksi”, “O‘zbekiston
Respublikasining mulkchilik to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi va shular asosida
agrar tarmoqda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish uchun to‘la huquqiy asos
yaratildi va mulkiy munosabatlar rivojlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning 2017 — 2021-yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
harakatlar strategiyasining 3-3 bandida qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va
jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘yidagilar belgilab berildi
3
:
tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada
mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar
sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish;
paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo‘shagan yerlarga
kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog‘ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi
3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-
modda
17
intensiv bog‘ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada
optimallashtirish;
fermer xo‘jaliklari, eng avvalo, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab
chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari
va xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanayotgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini
rag‘batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor
oziq-ovqat hamda qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha eng zamonaviy
yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi qayta ishlash
korxonalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha
investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish, agrokimyo,
moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini yanada
kengaytirish;
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya
va irrigatsiya ob'ektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish
sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy
agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi
texnikasidan foydalanish;
kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy yer-iqlim va ekologik
sharoitlarga moslashgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini
hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvonot zotlarini yaratish va ishlab chiqarishga
joriy etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish;
global iqlim o‘zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xo‘jaligi
rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta'sirini yumshatish bo‘yicha
tizimli chora-tadbirlar ko‘rish.
Iqtisodiyotni diversifikatsiyalashdan maqsad ishlab chiqarish sub‘ektlarini
ixtisosligiga bog‘liq bo‘lmagan yangi mahsulotlar bozoridagi faoliyatini kengaytirish,
ularni marketing strategiyasini rivojlantirishga yo‘naltirishdir.
Diversifikatsiya ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikka erishish, iqtisodiy
foyda olish, bankrotlikka barham berish va boshqa maqsadlarda amalga oshiriladi.
Ilgari bir sohada ixtisoslashgan sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, moliya va boshqa
sohalardagi firmalarning boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari, xizmat ko‘rsatish
sohalariga, birinchi navbatda, yuqori samara beradigan sohalarga kirib borishi,
ularning
xo‘jalik
faoliyati
sohalari
va
imkoniyatlarini
kengaytirish
diversifikatsiyaning asosiy tamoyilidir.
Diversifikatsiyaning asosiy ikki ko‘rinishi yaxshi rivojlangan
4
. Ular quyidagilar:
1. Ishlab chiqarish diversifikatsiyasi. Bunda diversifikatsiya natijasida
turlituman tovarlar ishlab chiqaradigan, xizmatlar ko‘rsatadigan keng tarmoqli, ammo
hamisha ham texnologik jihatdan o‘zaro bog‘langan majmualar vujudga keladi.
Bunday majmualarga agrosanoat majmuasi, o‘rmon-sanoat majmuasi va boshqa
shunga o‘xshash majmualarni misol keltirish mumkin.
4
Аронов А. М., Петров А. Н. Диверсификация производства: теория и стратегия развития.- СПб.: Лениздат, 2000.
18
2. Kredit diversifikatsiyasi. Bunda kredit sifatida beriladigan capital mablag‘lar
xavf-xatarini kamaytirish va yuqori foyda olish maqsadida turli-tuman ob’ektlar
o‘rtasida taqsimlanadi. Kredit diversifikatsiyasining rivojlanishiga tarmoqlararo
kapital konsentratsiyasi jarayoni va korxonalararo ichki beqarorlikning kuchayishi
sabab bo‘ladi.
Dunyo mamlakatlarida diversifikatsiya jarayoni XX asrning 50-yillari
o‘rtalarida rivojlana boshladi. Dastlab AQSh, Yaponiya va G‘arbiy Evropa
mamlakatlarida diversifikatsiya sanoat, transport, qurilish, moliya sohalarida vujudga
keldi va keyinchalik boshqa mamlakatlarda rivojlandi. Rivojlanishdagi bu
nomutanosiblik diversifikatsiya xarakteriga ta’sir etuvchi omillarni shartli ravishda
ikki guruhga bo‘linishiga olib keldi.
1. O‘ziga xos omillar. O‘ziga xos omillar diversifikatsiyaning, dastavval, AQSh,
Yaponiya, G‘arbiy Evropa mamlakatlarida rivojlana boshlashi va ushbu mamlakatlar
ijtimoiy-iqtisodiy omillari bilan bog‘liq ravishda vujudga kelgan. Bu omillar,
keyinchalik ham boshqa davlatlardagi diversifikatsiyalash jarayonida muhim
ahamiyat kasb eta boshlagan.
2. Umumuy omillar. Bu omillar diversifikatsiyalash jarayoni keyinchalik
rivojlangan davlatlarga tegishli bo‘lgan umumiy omilladir. Ularga ilmiy-texnika
inqilobi, yuqori foyda olish uchun kurash, raqobat kurashi, texnika taraqqiyotidan
qolib ketmaslik va boshqa omillar kiradi.
Diversifikatsiyada firmalar, ayniqsa, monopol firmalarning ko‘p tarmoqlilik
ta’siri oshadi. Ular avvalo ko‘p daromadli, tez rivojlangan sohalar (masalan
elektronika, kimyo) da faoliyat boshlaydi. Kompaniyalar mahsulot ishlab chiqarish
bilan birga shu mahsulotlar uchun zarur bo‘lgan xom-ashyolarni ham o‘zlari
tayyorlashga kirishadilar. Mablag‘lar kam daromadli sohadan tejab ko‘p daromad
keltiradigan tarmoqlarga sarf etiladi. Masalan, AQSh konsernlari xizmat ko‘rsatish,
qurilish ishlari, savdo-sotiq axboroti, jihozlarni ijaraga berish va boshqa ishlar bilan
shug‘ullanadilar.
So‘ngi yillarda respublikamizda barcha sohalar singari qishloq xo‘jaligini ham
diversifikatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga alohida e’tbor
berilmoqda. Respublika agrar tarmog‘ining asosiy ishlab chiqarish sub‘ekti
hisoblangan fermer xo‘jaliklarining bozor iqtisodiyoti sharoitida barqaror
rivojlanishida faqat bir sohada ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanishi etarli
emasligi nazariy va amaliy tomonlama o‘z isbotini topib bormoqda. Faoliyatni
bunday tarzda olib borish ishlab chiqarish rentabelligini oshirish imkoniyatlarini
pasaytiradi. Qo‘shimcha daromadning yo‘qligi yangi faoliyat turlarini tashkil etish,
ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va ko‘zda tutilmagan zararlarni oqilona
bartaraf etish imkoniyatini kamaytiradi. Bu salbiy omillar esa o‘z navbatida, fermer
xo‘jaliklarini iqtisodiyotimizda barqaror va raqobatbardosh sub‘ekt sifatida
shakllantirishga to‘sqinlik qiladi.
Uchinchidan, qishloq xo‘jaligida investitsion muhit yaxshilanadi. Boshqa
faoliyat turlarining moddiy-texnik bazasi va moliyaviy daromad manbayining
mavjudligi investitsion tavakkalchilik darajasini kamaytirishga yordam beradi.
Shuningdek, tashqi investitsiya hisobiga ichki investorlik faoliyatini yuritish imkoni
19
shakllanadi. Bunda ichki investitsion faoliyat sub‘ekti sifatida diversifikatsiyalangan
faoliyat sohalari namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |