O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya medisinasiinstituti


 MAVZUNI NAZARIY ASOSLASH VA ADABIYOTLAR SHARHI



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/14
tarix20.04.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#125710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Samarqand veterinariya medisinasiinstituti iqtisodiyot va agrote

1. MAVZUNI NAZARIY ASOSLASH VA ADABIYOTLAR SHARHI 
Fermer xo‘jaligi ishlab chiqarishini diversifikatsiyalash o‘z mazmun-mohiyatiga 
ko‘ra, bir tomondan, modernizatsiyalashning zaruriy tarkibiy qismi, boshqa 
tomondan, uni taqozo etuvchi sabab hisoblanadi. Shu jihatdan ushbu ikki jarayon 
o‘zaro uzviy bog‘liq.Diversifikatsiyalash ham ko‘p mazmunli va serqirra bo‘lib, uni 
fermer xo‘jaligining ko‘plab soha va jarayonlariga nisbatan qo‘llash mumkin. Fermer 
xo‘jaligi ishlab chiqarishini diversifikatsiyalash deganda, birinchi navbatda, uning 
faoliyat sohasini kengaytirish nazarda tutiladi.Odatda, fermer xo‘jaligining faoliyat 
sohasi u mansub bo‘lgan tarmoq ishlab chiqarishi bilan belgilanadi. 
Fermer xo‘jaligi faoliyatini diversifikatsiyalash, shuningdek, ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlar yoki ko‘rsatilayotgan xizmatlar assortimentini 
ko‘paytirishni nazarda tutadi. Bu o‘rinda fermer xo‘jaligi turli faoliyat sohalari bilan 
shug‘ullanishi shart emas. Odatda, bozor iqtisodiyoti sharoitida yagona, bitta 
mahsulot turini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi barkarorligi xavf-
xatarning yuqori darajasi bilan tavsiflanadi. Chunki, ushbu mahsulot bozoridagi 
kon'yunkturaning salbiy o‘zgarishi fermer xo‘jaligi faoliyatiga jiddiy ta'sir ko‘rsatishi 
mumkin. 
Quyida kurs ishini bajarish davomida foydalanilgan ayrim adabiyotlarga sharh 
berib o’tamiz: 
1. O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. 21.12.1995 
Mehnat kodeksi 16 bob 294-moddadan iborat. Mehnat to’g’risidagi qonun 
hujjatlari ushbu Kodeks, O’zbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis qarorlari, 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi 
qonunlari va Jo’qorg’i Kenges qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Hukumatining 
hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Hukumatining qarorlari, davlat hokimiyatining 
boshqa vakillik va ijroiya organlari o’z vakolatlari doirasida qabul qiladigan 
qarorlardan iboratdir. 
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Fermer, dehqon 
xo’jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya 
qilish, qishloq xo’jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida. 09.10.2017. PF-5199 
3. Mirziyoyev Sh.M. Qishloq xo’jaligi xodimlari kuniga bag’ishlangan tantanali 
marosimdagi nutq. www.president.uz. 09.12.2017 
Prezident mazkur nutqda qishloq xo’jaligi faoliyat turlari boshqaruvi 
samaradorligiga alohida urg’u berib o’tdi. 
Fermerlik harakatini rivojlantirish natijasida mamlakatimizda keyingi yillarda 
160 mingdan ortiq fermer xo’jaliklari shakllanib, ular bugungi kunda 10 dan ortiq 
yo’nalishlarda samarali faoliyat yuritmoqda. 
4. Mirziyoyev Sh.M. Qishloq xo’jaligi xodimlari kuniga bag’ishlangan 
tantanali marosimdagi nutq. www.president.uz. 09.12.2017 
Prezident mazkur nutqda qishloq xo’jaligi faoliyat turlari boshqaruvi 
samaradorligiga alohida urg’u berib o’tdi. 



Fermerlik harakatini rivojlantirish natijasida mamlakatimizda keyingi yillarda 
160 mingdan ortiq fermer xo’jaliklari shakllanib, ular bugungi kunda 10 dan ortiq 
yo’nalishlarda samarali faoliyat yuritmoqda. 
Eng quvonarlisi, 12 mingdan ziyod fermer xo’jaligi rahbarlarini 30 yoshgacha 
bo’lgan yoshlar tashkil etsa, 6 mingdan ortiq fermer xo’jaligiga xotin-qizlarimiz 
rahbarlik qilmoqda. 
Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklari oxirgi ikki yilda 45 foizga ko’payib, bugungi 
kunda ularning soni 75 mingtaga yetdi. Faqat shuning hisobidan joylarda, uzoq-uzoq 
qishloqlarda yuz minglab yangi ish o’rinlari barpo etildi. 
5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. Qishloq va suv xo’jaligi 
davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida. 
17.04.2018. PF-5418-son 
Mamlakatda qishloq va suv xo’jaligini rivojlantirish uchun zarur iqtisodiy va 
tashkiliy-huquqiy asoslar yaratish bo’yicha keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. 
Tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va bozor munosabatlari mexanizmlarini joriy 
qilishda fermer xo’jaliklari uchun qo’shimcha shart-sharoitlar yaratishga alohida 
e’tibor qaratilmoqda. 
Qishloq xo’jaligi tarmog’ining jadal rivojlanishi, o’z navbatida, suv resurslari 
iste’molining ortib borishiga olib keladi, ushbu holat yuzaga kelayotgan chaqiruv va 
xatarlarga nisbatan o’z vaqtida choralar ko’rilmagan taqdirda, mamlakat oziq-ovqat 
xavfsizligini ta’minlashga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. 
6. Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik 
– har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –T.: O’zbekiston, 2017. 
Prezident asarida quyidagilarga e’tibor qaratilgan: 
2017-yilda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, kompaniyalar va boshqa idoralar, 
shuningdek, barcha bo‘g‘indagi hokimliklar quyidagi strategik muhim vazifalarni 
amalga oshirishi shart: 
birinchi – ekin maydonlari va ekinlar tarkibini optimallashtirish, ilg‘or 
agrotexnologiyalarni joriy etish va hosildorlikni oshirish, meva-sabzavot va uzum 
yetishtirishni ko‘paytirish; 
ikkinchi – fermer xo‘jaliklarining moliyaviy-iqtisodiy holatini mustahkamlash. 
Oxirgi 10-yil mobaynida mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i-moylash materiallari va urug‘lik 
narxining o‘sishi bilan paxta xomashyosi va g‘allani xarid qilish narxlari o‘sishi 
o‘rtasida keskin farq borligi kuzatilmoqda; 
uchinchi – o‘tgan yillarda Moliya vazirligi va uning huzuridagi Jamg‘arma 
rahbariyati tomonidan shakllantirilgan, agrotexnika tadbirlarini moliyalashtirishda 
ijobiy natija bermayotgan va mutlaqo chala tizimga barham berish zarur. 
7. Dadaboyev T., Mirzaabdullayeva G. O’zbekiston qishloq xo’jaligi 
iqtisodiyotida 
olib 
borilgan 
islohot 
natijalari//Iqtisodiyot 
va 
innovatsion 
texnologiyalar ilmiy elektron jurnali. -№ 1, 2018 1/2018 (№ 00033) 
www.iqtisodiyot.uz 
Qishloq xo’jaligi mamlakat aholisining oziq-ovqat va iqtisodiyot boshqa 
tarmoqlarining xomashyo mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Shu bois, maqolada ushbu sohaning mamlakatda oshitrilayotgan 



islohotlar natijasida erishilgan natijalar tahlili va uni rivojlantirish bo’yicha taklif 
hamda tavsiyalar bayon etilgan. 
8. Maxsutaliyev A., Xidirov T. Modernizatsiya – barqaror rivojlanish 
omili//Agro ilm - O’zbekiston qishloq xo’jaligi. – Toshkent, 2014. -4 (32)-son. -80-
81-b. 
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini ilg’or texnika va texnologiyalarsiz 
tasavvur qilish qiyin. Masalaning bu jihati naqadar muhim ahamiyat kasb etishini 
inobatga olgan holda sohani texnik-texnologik jihatidan modernizatsiya qilishga katta 
e’tibor qaratilmoqda. Qishloq xo’jalik mahsulotalarini qayta ishlash sohasida 2015 
yilga qadar 500dan ortiq loyiha ishga tushiriladi. 
9. Murtazayev O., Axrorov F.. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti. –T.: ILM-ZIYO, 
2017. 
Mazkur darslikning 4-bobi “Qishloq xo’jaligda mulk va xo’jalik yuritish 
shakllarining samaradorligi” deb atalib, 4.4 – “Fermer xo’jaliklarini rivojlantirish va 
samaradorligini oshirishda erishilgan yutuqlar. Ayrim rivojlangan mamlakatlarda 
fermer xo’jaliklari tajribasi” mavzusida quyidagilar yoritilgan: Fermerlik harakati, 
ularda xo’jalik yuritish samaradorlik darajasi bo’yicha to’plangan ijobiy tajribalar 
bizning mamlakatimizda fermerlik harakatini jadallashtirish, uning tez sur’atlar bilan 
barqaror rivojlanishi va samaradorligini oshirishda ma’lum darajada foydali 
ekanligini e’tiborga olib, Amerika Qo’shma Shtatlari qishloq xo’jaligida fermerlik 
harakati tajribasini o’rganish maqsadga muvofiqdir. 
10. Rashidov J., Shavkarov B. Boshqaruv samaradorligini oshirish. 
//O’zbekiston qishloq xo’jaligi. –Toshkent, 2015. -№1. -3-b. 
Mazkur maqola mualliflari boshqaruv samaradorligini oshirish uchun 
quyidagilarni taklif qilishadi: 
- Boshqaruv xodimlari malakasini zamonaviy bilimlar orqali oshirib 
borish; - Xorij tajribalaridan keng foydalanish; 
- Ilg’or texnologiyalarni, zamonaviy kommunikasiya vositalarini joriy yetish; - 
Ilmiy tadqiqot ishlari va innovasiyalarni joriy etishni rag’batlantirish; 
- Xodimlar tashabbuslarni qo’llab quvvatlash, samarali mehnatni 
rag’batlantirish. 
11. Saidov M.X., Mamatqulov A.V. Fermer xo’jaliklarida strategik boshqaruv 
faoliyatini takomillashtirish//Meva - sabzavotchilik majmuida iqtisodiy munosabatlar 
tizimini va menejmentning axborot – tahlil ta’minotini takomillashtirish. –Toshkent, 
2017. 
Qishloq xo’jalik ishlarini amalga oshirish hududdagi ko’plab omillar 
buyurtmachi tashkilotlar, qayta ishlovchi,moddiy ta’minot korxonalari va hamkor 
tashkilotlarning faoliyatiga ham bog’liqdir. Shu bois ular bilan ham uzoq muddatga 
belgilangan integrasion faoliyat yo’nalishlari oydinlashtirib olinishi, ya’ni hamkorlik 
shartnomalari tuzib olingan bo’lishi zarur. Integrasiyaviy tizimda inson omilining 
faollik darajasi yuqori bo’lishligi uning eng muhim shartlaridan biridir. “Inson omili 
– bu turli holatlarni egallagan klass, qatlam va guruhlarning faoliyat yuritishda o’zaro 
ta’sir etishi bilan jamiyat taraqqiyotini ta’minlaydi”. 




Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin