3-jadval
“Davra suhbati” metodining tuzilmasi.
“Davra suhbati” metodining kamchiliklari: kо‘p vaqt talab etiladi, ta’lim beruvchining о‘zi ham rivojlangan fikrlash qobiliyatiga ega bо‘lishi talab etiladi va ta’lim oluvchilarning bilim darajasiga mos va qiziqarli bо‘lgan mavzu tanlash talab etiladi.
Ishbop о‘yin” metodi - berilgan topshiriqlarga kо‘ra yoki о‘yin ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan har xil vaziyatdagi boshqaruvchilik qarorlarini qabul qilishni imitatsiya qilish (taqlid, aks ettirish) metodi hisoblanadi.
О‘yin faoliyati biron bir tashkilot vakili sifatida ishtirok etayotgan ishtirokchining hulq-atvori va ijtimoiy vazifalarini imitatsiya qilish orqali beriladi. Bir tomondan о‘yin nazorat qilinsa, ikkinchi tomondan oraliq natijalarga kо‘ra ishtirokchilar о‘z faoliyatlarini о‘zgartirish imkoniyatiga ham ega bо‘ladi. Ishbop о‘yinda rollar va rollarning maqsadi aralashgan holda bо‘ladi. Ishtirokchilarning bir qismi qat’iy belgilangan va о‘yin davomida о‘zgarmas rolni ijro etishlari lozim. Bir qism ishtirokchilar rollarini shaxsiy tajribalari va bilimlari asosida о‘z maqsadlarini belgilaydilar. Ishbop о‘yinda har bir ishtirokchi alohida rolli maqsadni bajarishi kerak. Shuning uchun vazifani bajarish jarayoni individual-guruhli harakterga ega. Har bir ishtirokchi avval о‘zining vazifasi bо‘yicha qaror qabul qiladi, sо‘ngra guruh bilan maslahatlashadi. О‘yin yakunida har bir ishtirokchi va guruh erishgan natijalariga qarab baholanadi. Quyida “Ishbop о‘yin” metodining tuzilmasi keltirilgan (4-jadval).
Ta’lim beruvchi mavzu tanlaydi, maqsad va natijalarni aniqlaydi. Qatnashchilar uchun yо‘riqnomalar va baholash mezonlarini ishlab chiqadi.
Ta’lim oluvchilarni о‘yinning maqsadi, shartlari va natijalarni baholash mezonlari bilan tanishtiradi.
Ta’lim oluvchilarga vazifalarni taqsimlaydi, maslahatlar beradi.
Ta’lim oluvchilar о‘z rollari bо‘yicha tayyorgarlik kо‘radilar.
Ta’lim oluvchilar tasdiqlangan shartlarga binoan о‘yinni amalga oshiradilar. Ta’lim beruvchi о‘yin jarayoniga aralashmasdan kuzatadi.
О‘yin yakunida ta’lim beruvchi muhokamani tashkil etadi. Ekspertlarning xulosalari tinglanadi, fikr-mulohazalar aytiladi.
Ishlab chiqilgan baholash mezonlari asosida natijalar baholanadi.
Har bir rolni ijro etuvchi о‘z vazifasini tо‘g‘ri bajarishi, berilgan vaziyatda о‘zini qanday tutishi kerakligini namoyish eta olishi, muammoli holatlardan chiqib ketish qobiliyatini kо‘rsata olishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |