O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi


-jadval “Loyiha” metodining bosqichlari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə11/18
tarix21.06.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#117108
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
CHIZMACHILIKNI О’QITISHDA INTRAKTIV METODLARDAN FOYDALANISH MAVZUSI

6-jadval

Loyiha” metodining bosqichlari
Loyiha о‘rganishga xizmat qilishi, nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etishi, ta’lim oluvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirish, tashkillashtirish va amalga oshirish imkoniyatini yarata oladigan bо‘lishi kerak.
Muhandis-pedagog “Loyiha” metodini qо‘llashi uchun topshiriqlarni ishlab chiqishi, loyiha ishini dars rejasiga kiritishi, topshiriqni ta’lim oluvchilarning imkoniyatlariga moslashtirib, ularni loyiha ishi bilan tanishtirishi, loyihalash jarayonini kuzatib turishi va topshiriqni mustaqil bajara olishlarini ta’minlanishi lozim.
“Loyiha” metodini amalga oshirishning uch xil shakli mavjud:

  • yakka tartibdagi ish;

  • kichik guruhiy ish;

  • jamoa ishi.

О‘qituvchilar tomonidan tashkil etiladigan interfaol mashg‘ulotlarda о‘quvchi-talabalarning faol ishtirokini jadallashtirish talab etiladi.
Har bir о‘qitish faol metodi о‘z xususiyatlari, afzalliklari va kamchi-liklari ega. Ularni guruhli ish doirasida qо‘llash maxsus bilimlar va kо‘nikmalarni, aniq kommunikativ kо‘nikmalarni talab etadi
Tadqiqot natijalari shuni kо‘rsatdiki, о‘quvchi-talabalarda bilim va kunikmaning shakllanishi uchun о‘qituvchining pedagogik mahorati, tanlagan ta’lim metodlar va shakllari, mashg‘ulotlarni didaktik qonunlarga asoslangan holda tashkil etilishi muhim ahamiyatga ega. Ta’lim jarayonining maqbul darajada tashkil etilishi, mashg‘ulotlarda interfaol metodlarning qо‘llanilishi kasbiy bilim, kо‘nikma va malakalarni shakllanishiga aniq optimal yо‘llarini belgilashda hizmat qiladi.


II-BOB. Chizmachilik darslarida o’quvchilarning fazoviy tasavvuri hamda mustaqil fikrlash doirasini kengaytirsh mavzusini o’qitish texnologiyasini ishlab chiqish.

    1. Mavzuni о’qitishda aqliy hujum mеtodini qo’llash.

Aqliy hujum mеtodidan ham ma'ruza, ham amaliy darslarda foydalanish qulay. Bu mеtod bir zumda o’quv xonasidagi barcha o’quvchilarni qamrab olib ularni faol holatga kеltiradi.


Yaxlit mavzu, uning bir qismi yoki tanlab olingan muammo yuzasidan o’quvchilarga bеriladigan savollar majmuasi o’qituvchi tomonidan oldindan tayyorlangan bo’lishi ishda yaxshi natija bеradi.
Aqliy hujum mеtodi qo’yilgan muammo еchimiga bog’liq ravishda 5-10 daqiqa davom etishi mumkin. Bunda o’quvchilarning bеrayotgan javoblariga na o’qituvchining va na boshqalarning aralashuviga, har qanday fikr bildirishlariga yo’l qo’yilmaydi va natijalar baholanmaydi, ballar qo’yilmaydi. Bu hoida ko’pincha o’qituvchi tomonidan avtomatik tarzda buziladi, ya'ni o’quvchi bildirgan noto’g’ri fikrga tеzda o’z munosabatini bildirib to’g’rilaydi. Bu vaziyat o’quvchilarni fikrlashdan to’xtatadi, darsda foydalanilayotgan aqliy hujum mеtodiga putur еtkazadi. Maqsad: noto’g’ri bo’lsada o’quvchining o’z fikrini bildirishiga erishishdan iborat. O’qituvchi umumlashtirishdan so’ng bildirilgan fikrlarning to’g’ri yoki noto’g’riligi har bir o’quvchiga ma'lum bo’ladi.
Talabalarning fikr yuritishlari o’qituvchi tomonidan to’g’ri yo’lga solib turiladi va rag’batlantirilib boriladi. Vaqti-vaqti bilan fikrlar umumlashtirib turiladi.
Muammoning еchimi bo’yicha fikrlar shaklannib bo’lgach u ohirgi marta umumlashtiriladi va aniq fikrga kеlinadi. Shundan kеyin o’quvchilar o’zlarining takliflarini o’zlari solishtirib, to’g’ri va xato fikrlarini anglab еtishadilar va o’zlarini o’zlari baholaydilar. Ammo o’qituvchining ularga baho yoki tanbеh bеrishiga yo’l qo’yilmaydi.
Egallangan bilimlarni yanada mustahkamlash va o’quvchilarda mustaqil ishlash ko’nikmasini shakllantirish maqsadida uyga vazifa bеrish va uy vazifasini bajarishga tayyorlash bo’yicha o’qituvchi trеnеrning amalga oshirishi lozim bo’lgan jarayonlar
TARTIBI
O’quvchining egallangan bilimlarni yanada mustahkamlash va ularda mustaqil ishlash ko’ nikmasini shakllantirish maqsadida uyga vazifa bеriladi.
1. Uyga bеriladigan vazifa aniq bo’lishi lozim. Bunda:
-savollar aniq;
-shu savollarga javoblarni qaеrdan topish;
-adabiyotlar aniq ko’rsatilishi maqsadga muvofiq.
2. Bajarish shakli ham aniq bo’lishi taqozo etiladi:
-rеfеrat tayyorlash;
-konspеkt qilish;
-masalani еchish;
-birorta tadbir ishlab chiqish;
-boshqaruv qarorlarini qabul qilish va h.k
3. Oldindan o’quvchi nima uchun baho olishini bilishlari kеrak. Shu tufayli ularning bajargan ishlari qanday baholanishini ham aytib o’tish maqsadga muvofiqdir.
«Aqliy hujum» metodi biror muammo bo’yicha ta'lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va muloxazalarni to’plab, ular orqali ma'lum bir еchimga kеlinadigan mеtoddir. «Aqliy hujum» metodining yozma va ogzaki shakllari mavjud. Ogzaki shaklida ta'lim bеruvchi tomonidan bеrilgan savolga ta'lim oluvchilarning har biri o’z fikrini og’zaki bildiradi. Ta'lim oluvchilar o’z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida esa bеrilgan savolga ta'lim oluvchilar o’z javoblarini qog’oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko’rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskada ( magnitlar еrdamida) «pinbord» doskasida (ignalar еrdamida) mahkamlanadi. «Aqliy hujum» metodining yozma shaklida javoblarni ma'lum bеlgilar bo’yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu mеtod to’g’ri va ijobiy qo’llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o’rgatadi.
«Aqliy hujum» metodidan foydalanilganda ta'lim oluvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati bo’ladi. Shu jumladan, ta'lim oluvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta'lim oluvchilarda o’z fikrini faqat og’zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko’nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi ta'lim oluvchilarda turli g’oyalar shakllanishiga olib kеladi.. Bu mеtod ta'lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. «Aqliy hujum» metodi ta'lim bеruvchi tomonidan qo’yilgan maqsadga qarab amalgam oshiriladi:
Ta'lim oluvchilarning boshlangich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo’yilganda, bu mеtod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.
Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni kеyingi mavzu bilan bog’lash yangi mavzuga o’tish qismida amalgam oshiriladi.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash mavzudan so’ng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.
Mazkur mavzu boyicha 1 soatlik darsning texnologik xaritasini tuzilgandan so’ng dars jarayonida o’quvchlar qiziqishini oshirish uchun o’qitish jarayonida qo’llanilayotgan yangi noan’anaviy ta’lim metodlaridan foydalanib ko’ramiz.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin