Dars konspektini tayyorlash. Dars konspekti o’quvchilarga aniq yetkazilishi kerak bo’lgan va esda saqlab qolish qiyin bo’lgan ma`lumotlarning bayoni sifatida tayyorlanib, dars rejasiga qat`iy amal qilagan holda yoziladi.
Dars konspekti ushbu mavzu oldingi sinflarda o’quvchilarga tanishtirilganmi, tanishtirilgan bo’lsa, qanday darajada tanishtirilgan, keyingi sinflarda ham ushbu mavzu tanishtiriladimi, u sinfda nimalarni o’zlashtirish ko’zda tutilgan ekanligini aniqlab so’ngra yoziladi.
Konspekt mavzu mazmunini o’zida to’liq ifodalash bilan har vaqtda sodda va tushunarli bo’lmog’i zarur. Dars konspektini yozishda bir necha adabiyot va metodik qo’llanmalardan foydalanish tavsiya etiladi. Birgina darslikdan foydalanib konspekt yozish hamisha maqsadga muvofiq bo’lavermaydi.
Dars konspektini yozishda turli adabiyotlardagi shartli belgilar va o’lchamlar, chizmalar ilmiy tahlil etish orqali o’quvchilarga tushunarli tarzda bo’lishiga erishmoq kerak.
Amaliy mashg’ulotlar uchun konspekt yozishda dastlabki yo’l-yo’riqlar mazmuni yoritiladi. Bunda bajariladigan ishni tayyorlash texnologiyasi, undagi chizma va tasvirlar hamda asosiy xavfsizlik texnikasi qoidalari to’g’ri va aniq keltirilgan bo’lishi talab etiladi. Datlabki yo’l-yo’riqlar mazmunida yangi malakalar hosil qilishga oid ishlarni bajarishga alohida e`tibor bermoq zarur.
Topshiriqlar. 1. O’qituvchi tomonidan berilgan mavzu bo’yicha dars rejasini ishlab chiqing.
Bunda:
A) bu mavzu dasturning qaysi bo’limiga tegishli ekanligini aniqlang;
B) ushbu bo’lim bo’yicha dasturda oldingi va keyingi sinflarda o’quvchilar qanday bilim va malakalarga ega bo’lishlari kerak ekanligini aniqlang;
V) o’zingizga tegishli sinfda o’quvchilarni qanday bilim va malakalar bilan qurollantirish kerak ekanligini aniqlagan holda dars rejasini tuzing.
2. Dars rejasiga asoslangan holda adabiyot, metodik qo’llanma va darsliklardan foydalanib konspekt yozing.
Amaliy mashg’ulotlar davomida o’qituvchi uchun o’quv rejasi va dasturi berilgan holda o’quv mashg’ulotlariga kirishgacha bo’lgan barcha hujjatlar bilan tanishadilar va ularni ishlab chiqadi. Bu ishlarni amalga oshirish quyidagi sxema tarzida bajariladi.