Ishlab chiqarish ta’limini tashkil qilishning asosiy shakllari Ishlab chiqarish jarayoni ta’limning turli shakllari bilan ta’minlanadi. Ta’limning asosiy shakli dars hisoblanadi. Bu kasb-hunar kollejlaridagi o’quv ishini tashkil etishning nazariy va ishlab chiqarish ta’limidagi asosiy shaklidir (1-rasm).b-hunar ta’limi darsi - o’quvchilarning barcha guruhlarini bir xil sharoitda, yagona didaktik vazifaning bajarilishini ta’minlaydigan tashkiliy shaklidir (masalan, o’quv-ishlab chiqarish ustaxonalari, o’quv- ishlab chiqarish sexlari, o’quv xo’jaliklari va hokazolarda).
Kasb-hunar ta’limi darslariga quyidagiqator didaktik talablar qo’yiladi:
Didaktik maqsadning aniqligi. Darsning didaktik maqsadlari:
a) ta’limiy (kognitiv) – o’quvchilarga nazariy bilimlar beriladi, ko’nikma va malakalar shakllantiriladi;
b) v) rivojlantiruvchi (psixomotorik) – hatti-harakatlar bilan bog’liq ko’nikmalar: material bilan ishlash, asbob-uskunalarni ishlata bilish, olgan bilimlarini amaliyotda qo’llash qobiliyatlari inobatga olinadi;
v) tarbiyaviy (affektiv) - o’zini tutish va xulq bilan bog’liq ko’nikmalar: kasbga qiziqish, masu’liyatni anglagan ravishda faoliyat ko’rsatish.
Didaktik maqsad va vazifalariga erishishda o’qituvchi o’quvchilarga mehnat operatsiyalarini o’rgatishda diqqat e’tiborini mehnat usullarini to’g’ri bajarishlariga qaratiladi.
Ta’lim va tarbiya vazifalarining birligi.Ta’lim tarbiyalovchi bo’lishi kerak. Barkamol avlodni tarbiyalash -bolaga xarakterning butun ijobiy sifatlari kompleksini singdirish demakdir. Kasb-hunar ta’limi darslarida mehnat tarbiyasiga alohida e’tibor beriladi.
o’quv materialini to’g’ri tanlash. O’quv materialini tanlashda darsning maqsadi, o’quvchilar oldingi darslarda olgan bilim va malakalar; fan asoslariga oid bilimlari; ularning jismoniy rivojlanganligi kabi qator omillar hisobga olinadi. O’quv materiali o’quvchilarning oldingi tajribalari va fan asoslari bo’yicha olgan bilimlariga bog’liq holda tanlanadi. O’quv materialining mazmuni darsning maqsadiga muvofiq tanlanadi.