O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t
Yakka-yakka o’qitish shakli. Buning mazmuni shundaki har bir o’quvchi yoki ko’pchilik o’quvchi uchun ma’lum vaqt ichida bajariladigan individual vazifalar beriladi.Misol uchun: 6-sinfda individual mustaqil ishlar berish mumkin.
o’qitishning aralash shakli. Ayrim o’qituvchilar amaliyotida o’quvchilarni ishlarini tashkil qilishning aralash shaklini ham uchratish mumkin. Masalan: Bitta zvenodan tashqari qolgan o’quvchilar frantal ishlashi. o’qitishni u yoki bu shaklini qo’llash, o’qitish mazmunidan, o’quvchilarni bilim va malaka meyoridan hamda o’qitish metodlarini qaysi biridan foydalanishimizga bog’liq. o’qitishni birinchi bosqichlarida o’qitishning frontal tashkil qilish, undan keyin zveno shakllari, o’quvchilar ma’lum tayyorgarlik olganlaridan so’ng yakka-yakka o’qitish shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Maktab o’quv ustaxonalarida ta’limni amalga oshirishga, kasb tanlashga qaratilgan va hozirgi zamon texnikasi asosida tashkil etilgan bo’lishi, xullas, maktabning o’quv rejasi va dasturlariga asoslangan bo’lishi kerak.
O’rta umumta’lim maktablarida texnik mehnat ta’limiga oid o’quv ustaxonasi mashg’ulotlari, jumladan, metallarga ishlov berish mashg’ulotlari bir xil dasturga asosan haftada 2 soat vaqt ajratilib, 45 minutdan, o’rtada taaffusi bilan, ikki dars qilib, 90 minutli qilib o’tiladi. Agar o’quvchilar soni 25 tadan ortiq bo’lsa, ularni ikki gruppaga ajratib dars o’tiladi. Lekin shuni ham yeslatib o’tish kerakki, agar o’quvchilar soni 25 tadan kam bo’lsa, u holda ularni guruxlarga ajratish yoki ajratmaslik o’quv ustaxonasi sharoitini hisobga olib hal qilinishi lozim.
Kasb-hunar kollejida o’quv ishini to’g’ri tashkil qilish o’quvchilarning dasturda ko’zda tutilgan o’quv materialini tizimli o’rganish va puxta o’zlashtirish hamda tarbiyalashga sharoit yaratadi.
Kasb-hunar kolleji o’quvchilarining o’quv va ishlab chiqarish faoliyati turli tashkiliy shakllarda kechadi. Kasb-hunar ta’limining tashkiliy shakllari deganda o’quv-ishlab chiqarish faoliyati uchun o’quvchilar jamoasini tashkil etish yo’llari, bu faoliyatga rahbarlik qilish shakllari, shuningdek o’quv mashg’ulotlarning tarkibi tushuniladi.
Kasb-hunar ta’limining u yoki bu shaklini tanlashda o’quvchilarni kasbiy bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish jarayonida ularning mutlaq maqsadi va yaqin vazifalari, mazmun hamda metodlari, shuningdek, moddiy sharoitini belgilaydigan asosiy faktor (ko’rsatkich)larini u yoki bu shakllariga bog’liq.