8-Mavzu:Mehnat ta’limini tashkil qilishning didaktik tizimlari
Reja:
Ta'limning didaktik tizimi haqida umumiy tushuncha.
Buyum va operatsiya tizimi.
Operatsiya buyum tizimi va operatsion kompleks tizimi.
Motorli mashq tizimi va konstruktsion texnologik tizim.
Tayanch iboralar: Tizim, didaktik tizim, Buyum tizimi. Operatsiya tizimi. Operatsiya buyum tizimi. Operatsion kompleks tizimi. Motorli mashq tizimi. Konstruktsion texnologik tizim.
O’quvchilarda kasbiy malakasi faqat ayrim mehnat usullarinigina bajarish orqali tarkib toptiriladi. Mehnat operatsiyasi va ayniqsa, mehnat jarayonini o’zlashtirishdagi umumiylik tamoyili hisobga olinsa, gap faqat kasbiy ko’nikmani tarkib toptirish haqida aytish mumkin, chunki kasbiy ko’nikmaning o’zi bu paytda murakkab tuzilishga ega bo’ladi.
Ishlab chiqarish ta’limining buyum (predmet) tizimi.Bu tizim yarim kustar ishlab chiqarish sharoitida vujudga kelgan va tamomila qo’l kuchi va qoloq texnologiyaga asoslangan edi.
Buyum tizimi paydo bo’lgan dastlabki davrda, ya’ni hunarmandlar mehnatining mazmuni etarli darajada obektiv texnik analizdan o’tkazilmagan davrda mazkur tizim stixiyali tarzda qo’llanilar edi, ya’ni ta’lim tahlid qilish (hunar o’rganish) xarakterida bo’lar edi.
Bu tizimga muvoffiq shogird buyumlarini muayyan izchillikda mehnat jarayonlarini murakkablashib borishi tartibida tayyorlash kerak edi. (oddiy operatsiyalash murakkab operatsiyaga).
Bu tizimning ijobiy tomoni shundan iborat ediki shogird buyumni tayyorlash jarayonini boshidan oxirigacha turli hajmida egallab olishi kerak edi. U o’z mehnatini pirovord maqsad ana shu tayyorlangan buyum deb bilardi va unda mehnatga qiziqish uyg’otardi.
Buyum tizimining kamchiligi shundan iborat ediki, hunar o’rganayotgan shogird usullarini va operatsiyalarini o’rganib olish uchun ancha uzoq vaqt talab qilinardi, bu esa o’sib borayotgan ishlab chiqarishga zid bo’lib tushar edi. Shunday qilib hunarmandchilik ishlab chiqarishning muayyan bosqichlari buyum tizimi unversal ishchi (hunarmand) bilan xarakterlanadigan ishlab chiqarish talab va maqsadlariga javob berar edi.
Dostları ilə paylaş: |