Iqtisodiyot nazariyasi ” fanidan kurs ishi mavzu Biznesning raq
2.Milliy tovarlar raqobatbardoshligini oshirishda zamonaviy axborot kommunikatsiyatexnologiyalarining o’rni Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, ayni paytda global iqtisodiyotda kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqarish va ular asosida keng turdagi interfaol xizmatlar ko’rsatishni o’z ichiga olgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasining roli va ahamiyati tobora oshib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda
O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va
texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risida"gi va “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari
sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmonlarning ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yil 1 iyundan boshlab, tadbirkorlik sub’ektlari tovar va xizmatlar eksport qilinganligi uchun eksport shartnomasi tuzmasdan va bank komissiyasi undirilmasdan, Internet tarmog’idagi elektron savdo maydonchalari orqali O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan ro’yxat bo’yicha ayrim tovarlardan tashqari tovarlar va xizmatlar eksportini amalga oshirish
huquqiga egalar. Shu bilan birga tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan elektron tijoratdan foydalanish orqali sotiladigan tovarlar aylanmasi
ularning hajmidan qat’i nazar chakana savdo hisoblanadi.
Shuningdek, AKT sohasida xalqaro konsalting kompaniyalari va ekspertlarini jalb qilish, o’z IT-infratuzilmasini rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, AKTni rivojlantirish
jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga oshirilishi belgilab berilgan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 355-sonli qaroriga asosan 2014 yil I-choragidan boshlab O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va Axborot va jamoat xavfsizligi markazi ekspertlari tomonidan har chorakda davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida AKTni joriy qilish va rivojlantirish holati tahlil qilinib, reytingli baholash ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.
Reytingli baholash vazifalari tashkilotlarda AKTni joriy etish mavjud holatini analiz qilish, to’siqlarni aniqlash, ularni bartaraf etish va faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda amaliy yordam berish, keyinchalik AKTni joriy etish va rivojlantirishga yo’naltirilgan ustuvor takliflarni tayyorlashdan iborat.
Zamonaviy AKTning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ta’siri nihoyatda yuqori bo’lib, eng avvalo, mehnat unumdorligining o’sishi,
raqobatdoshlik ta’minlanishi, yangi ish o’rinlari yaratilishi, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish xarajatlari kamayishida namoyon bo’ladi.
Kompaniyalarning elektron tijorat faoliyatini samarali tashkil etishda noan’anaviy biznes sifatida “Internet marketlar”, ya’ni World Wide Web (WWW) internet savdo tarmoqlari jadal rivojlanib bormoqda.
AKTning rivojlanishi internetning eng muhim tizimi bo’lgan elektron tijoratning paydo bo’lishiga olib keldi. Zamonaviy marketing tushunchasi
Internet marketingining yangi yo’nalishini paydo bo’lishiga asos bo’ldi.
Internet marketingning asosiy xususiyatlaridan biri uning gipermedia tabiatidir, bu axborotni taqdim etish va o’zlashtirishda yuqori samaradorlik
bilan tavsiflanadi, biznes va iste’molchilar o’rtasidagi munosabatlarni yaxshilashda marketing imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi. Internet tarmog’ining roli kommunikativ funktsiyalar bilan chegaralanib qolmaydi,
shuningdek, bitimlar tuzish, xaridlarni amalga oshirish va to’lovlarni amalga oshirish qobiliyatini ham o’z ichiga oladi, bu global elektron bozorning xususiyatlarini taqdim etadi.
Korxonalar ishlab chiqargan mahsulotlarini samarali sotishni tashkil etish uchun rivojlangan davlatlar amaliyotida elektron tijorat (e-Commerce) vositalaridan keng foydalanilmoqda129. Elektron tijoratning ushbu C2C, B2B, B2C va C2B to’rtta modellari rivojlangan davlatlarda keng tarqalgan.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni mahalliy va jahon bozorlariga olib chiqish imkoniyatini hamda
ushbu mahsulotning o’z xaridorini topish, mamlakat eksport salohiyatini oshirishda foydalanish xarajatlarini kamaytirib, samaradorlikning oshishiga olib keladi.
Marketing faoliyatida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari
(AKT)dansamaralifoydalanishkorxonalarningmarketingtexnologiyalarini samarali shakllantirishga, o’z navbatida, an’anaviy hamda eskirgan marketing texnologiyalarini borgan sari amaliyotdan siqib chiqarilishiga olib kelmoqda. Marketing texnologiyalari bo’lmish neyromarketing, kognitiv marketing, sensormarketing, mobilmarketing, internet marketing va kraudcorsing uslublaridan sanoat korxonalarida foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish esa ularni samarali faoliyat yuritishi va raqobatbardoshligini ta’minlash imkonini beradi.
Internet-texnologiya yangi g’oyaga ega tadbirkorlarni sohaga kirishiga imkoniyat yaratib, xaridorlarga kerakli tovarlarni topish, baholash va sotib olishni osonlashtirdi. Ushbu modellar uzoq muddatga mo’jallangan iste’mol mahsulotlari bozorlaridaga inqilobiy o’zgarishlarga mos bo’lib, natijada ushbu holat bozor hukmi ishlab chiqaruvchidan sotuvchiga samarali tarzda o’tishini ta’minlaydi.